Ma’lumotlar omborida axborotlarni saralash
Axborotlarni saralash amali bilan biz avvalgi bobda elektron jadvallarda saralash amalini o’rganganimizda tanishib chiqqanmiz. Elektron jadvallarda saralash amali bir muncha sodda bo’lib, ko’p hollarda kerakli yozuvlarni ajratib olish imkonini bermaydi. Ma’lumotlar omborida esa mantiqiy: "va", "yoki" amallari yordamida har qanday shartni bajaruvchi yozuvlarni tanlab olish mumkin.
Bu shartlarga misollar keltiramiz.
1) Kodi ma’lum bo’lgan kitobning kimdaligini aniqlash;
2) Biror o’quvchi olgan kitoblar ro’yxati;
3) Biror darslikdan olgan o’quvchilar ro’yxati;
4) Biror darslikni ma’lum vaqt oralig’ida olgan o’quvchilar ro’yxati;
5) 8-sinfda o’qiydigan va informatika kitobi olmagan o’quvchilar ro’yxati;
6) 8-sinfda o’qiydigan algebra yoki geometriya kitobini olgan, lekin informatika kitobini olmagan o’quvchilar ro’yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |