1
|
Tashkiliy qism
|
10 minut
|
-o’quvchilar bilan salomlashish
-navbatchilik axboroti tinglanadi
-yangi mavzu boshlashdan oldin o’quvchilar fikrini jamlash
|
Savol-javob
|
Kompyuter sinfi , video- prayektor,Doska , bo’r
|
2
|
Kirish qismi (motivatsiya)
|
15minut
|
-o’tilgan mavzu so’raladi
-yangi mavzuni rejalari tuziladi
|
Amaliy topshiriq
|
Amaliy topshiriq kartochkalari
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
35minut
|
-yangi mavzu rejalari asosida bayon etiladi
-o’quvchilar guruh bo’lib ishlaydilar
-yangi mavzuga o’z fikrlarini bildiradilar
|
Guruh bo’lib ishlaydilar
|
Darslik,slayd , kompyuter , videoprayektor
|
4
|
Mustahkamlash (Qo’llash)
|
15 minut
|
-o’qituvchi o’quvchilarni bilim , ko’nikma , malakalarini sinab ko’radi
-mustaqil topshiriq bajaradi
|
Mustaqil ishlaydilar
|
Amaliy topshiriq kartochkalari
|
5
|
Yakuniy qism
|
5 minut
|
O’qituvchi dars so’ngida darsni yakunlab xulosa qiladilar
|
O’zingizni baholang
|
Amaliy topshiriq savollari
|
O’qituvchi : /_________/ D.R.Otaqulova
MS Accessda ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash
Ma’lumotlar omborida axborotlarning joylashish strukturasi
Ma’lumotlar omborining shu darajada ommaviylashib ketganligining sababi nimada? Bunga quyidagicha javob berish mumkin. Birinchidan, ma’lumotlar omboriga juda katta miqdorda ma’lumotlarni joylashtirish mumkin. Ikkinchidan, ma’lumotlar omboridan axborotlarni juda tez chaqirib olish mumkin. Bir qarashda mutloq qarama-qarshi bo’lgan bu ikki talabni qanday qilib bir vaqtda qanoatlantirish mumkin? Bunga ma’lumotlar omboriga axborotlarni maxsus usulda joylashtirish orqali erishiladi.
Ma’lumotlar omboridan bexabar odam uchun u yerga turli tuman axborotlar joylashtirilgandek ko’rinadi, aslida esa unday emas. Masalan, Toshkent telefon tarmoqlarining ma’lumotlar omborida bir millionga yaqin abonent haqida ma’lumotlar saqlansa-da, lekin har bir abonent haqida bir xil ko’rinishdagi axborotlar saqlanadi. Har bir abonent haqida bilish kerak bo’lgan eng zarur ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
1) Abonentning telefon nomeri;
2) Abonentning familiyasi, ismi va sharifi;
3) Abonentning manzili.
Lekin telefon jismoniy shaxsga emas, balki yuridik shaxsga, korxonaga berilgan bo’lsa, bu ma’lumotlar quyidagicha bo’ladi:
1) Abonentning telefon nomeri;
2) Abonentning (korxonaning) nomi;
3) Abonentning manzili;
4) Abonent (korxona) ning rahbarining ismi-sharifi;
5) Abonentning bankdagi hisob-kitob raqami.
Ko’rib turganingizdek, Toshkentdagi barcha telefon abonentlari turli-tuman bo’lmay, balki ularni bir necha turlarga ajratish mumkin va har bir turdagi abonentlar haqida bir xil ko’rinishda bo’lgan axborotlar saqlanadi.
Demak, jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotlarning jadval ko’rishida saqlash mumkin. Bunda har bir satr alohida abonentga tegishli bo’lsa, har bir ustunda bir xil ma’lumotlar saqlanadi:
N:
|
Ism-Sharif
|
Manzil
|
Telefon
|
1
|
Abdullayeva B.
|
Gulbahor k., 23
|
56-58-58
|
2
|
Anvarov R.
|
Zarqaynar k., 525
|
67-98-43
|
3
|
Isayev Sh.
|
Yunus Obod, 21-105-3
|
22-68-45
|
4
|
Karimov A.
|
Forobiy, 46
|
396-01-81
|
5
|
Muxiddinov S.
|
Tazetdinov, 44
|
398-84-48
|
6
|
Salimov U.
|
Quruvchilar k., 93-52
|
193-58-48
|
7
|
Toshev I.
|
Chilonzor, 8-24-32
|
366-85-12
|
8
|
Usmonov D.
|
Beruniy, 34
|
143-22-14
|
9
|
Xasanova D.
|
Huvaydo, 45
|
149-91-07
|
10
|
Sharipov O.
|
Tinchlik, 34
|
141-48-69
|
11
|
Yunusov B.
|
Tansiqboyev, 45
|
114-48-45
|
Ma’lumotlar omborida har bir satr yozuv deb ataladi va ular tartib bo’yicha raqamlab chiqiladi. Yozuvlar esa o’z navbatida maydonlardan iborat bo’ladi. Maydonlar nomlangan bo’lib, bu nomlar ustun nomi bilan bir xil bo’ladi. Masalan, yettinchi abonentning telefon raqami Telefon(7) maydonida joylashgan bo’lib, uning qiymati "366-85-12" ga teng. Ko’pchilik adabiyotlarda ko’pincha ustunlarning o’zlari ham maydon deb yuritiladi.
Ba’zi bir hollarda ma’lum yozuvlarga izohlar keltirishga to’g’ri keladi. Bu izohlarning hajmi oldindan ma’lum emasligi va ko’pchilik yozuvlar uchun izohlar shart bo’lmaganligi sababli, izoh maydonini yaratish bilan bu masalani hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun alohida izohlar fayli yaratiladi va unda har bir yozuv uchun 64 kilobaytgacha bo’lgan izohlar yaratilishi mumkin. Izohlar uchun ular kiritilgandan keyingina joy ajratiladi va shu sababli izoh faylining hajmi uncha katta bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |