Ko’rildi” O’. I. B. D. O’:/ / Baqoyev b amaliy dars rejasi №10


Relyasion ma’lumotlar ombori



Download 382,02 Kb.
bet3/23
Sana30.12.2021
Hajmi382,02 Kb.
#90687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
konspekt 2020

Relyasion ma’lumotlar ombori

Ma’lumot omborining afzalliklaridan yana biri bir necha ma’lumotlar omborini bir-biri bilan bog’lab, ma’lumotlar jamg’armasini yarata olishdir. Elektron jadvallar bilan tanishganimizda ularning ham alohidi-alohida sahifalarga joylashgan bir necha jadvallardan iborat bo’lishi va biron sahifadan turib, boshqa sahifada joylashgan katakchalardagi ma’lumotlardan foydalana olishimiz mumkinligi bilan ham tanishganmiz. Elektron jadvallarda bunday bog’lanishlar odatda, kamdan-kam uchrasa, ma’lumotlar jamg’armasida omborlar orasidagi bog’lanishlar juda keng qo’llaniladi.

Masalan, xodimlarning oylik maoshini hisoblash uchun tuzilgan ma’lumotlar ombori xodimlarning ismi sharifi va mansabini xodimlar bo’limi ma’lumotlari omboridan oladi. Ish haqi tarqatilgach, ish haqining umumiy miqdori g’aznaning kirim-chiqimlari saqlanadigan ma’lumotlar omboriga jo’natiladi. Bu yerdagi bog’lanishlar doimiy bo’lib, ma’lumotlar omboridagi axborotlarning ko’p qismi boshqa omborlardan olinadi.

Bunday bog’lanishlarning tabiati bilan yaqinroq tanishish uchun "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratamiz. Masalani soddalashtirish uchun kutubxonadan faqat o’quvchilargina foydalanadi va kutubxonada faqat darsliklar bor deb faraz qilamiz. Kutubxona faoliyatining asosiy maqsadi o’quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashdan iborat. Buning uchun kutubxonada nechta turdagi darsliklar va har bir darslikdan qancha borligi, maktabdagi o’quv sinflari ro’yhati va o’quvchilarning bu sinflar bo’yicha taqsimlanganligi haqidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning "kutubxona" ma’lumotlar omboridagi boshqa axborotlardan farqi shundaki, ular boshqa axborot omborlarida yaratiladi va biz yaratayotgan ma’lumotlar omborida tayyor axborotlar sifatida foydalanilishi mumkin.

Haqiqatdan ham, kutubxonada mavjud bo’lgan darsliklar ro’yxati, soni va narxlari buxgalteriya ma’lumotlari omborida "moddiy boyliklarning harakati" sifatida mavjud. O’quvchilar ro’yxati esa o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining ma’lumotlar omboridan olinishi mumkin. O’quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori qanday axborotlardan iborat bo’ladi? Shu haqida fikr yuritaylik.

O’quvchilar to’g’risidagi kerakli ma’lumotlar ularning ismi-sharifi, tug’ilgan sanasi, turar joyi manzili, telefoni, ota-onasi, o’qiydigan sinfi, fanlardan olgan bilimlarining choraklar bo’yicha bahosi va boshqa ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Bu ma’lumotlardan faqat bir qismi "kutubxona" ma’lumotlar omborida foydalanish uchun ajratib olinadi. Masalan, o’quvchining uy manzili yoki informatika fanidan olgan baholari haqidagi ma’lumotlar kutubxona uchun kerak emas, lekin uning ismi-sharifi, sinfi haqidagi ma’lumotlar kutubxonachi uchun zarur.

Demak, "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratayotganimizda o’quv jarayoni ma’lumotlar omboridagi axborotlardan bir qismidan foydalanamiz. Xuddi shunga o’xshash, kutubxonada mavjud darsliklar haqida ma’lumotlar yig’ayotganimizda buxgalteriya ma’lumotlar omboridagi axborotlarning bir qismi bizga kerak bo’lmaydi. Masalan, darsliklarning qaysi tashkilot tomonidan yetkazib berilganligi va bu tashkilotga qachon pul o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar kutubxona uchun zarur emas.

Agar biz yuqoridagi ma’lumotlar omborlaridan o’zimizga kerak ma’lumotlarni ajratib olib, ular asosida yangi ma’lumotlar omborlarini tuzadigan bo’lsak, u holda ba’zi bir muammolar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, biror sinfga yangi o’quvchi kelsa va u haqidagi ma’lumotlar o’quv jarayoni axborotlari omboriga kiritilgani bilan kutubxona bu o’zgarishlardan bexabar qoladi. Yoki maktabga yangi darsliklar keltirilsa va ular haqidagi ma’lumotlar buxgalteriya ma’lumotlar omboriga kirilsa ham, bu "kutubxona" ma’lumotlar omborida aks etmaydi. Shu sababli, bu ma’lumotlarni "kutubxona" ma’lumotlar omboriga qaytadan kiritishga to’g’ri keladi, bu esa xatolar o’tib ketishi natijasida turli omborlarda turli axborotlar saqlanishiga olib keladi.

Demak, biz "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratayotganimizda boshqa ma’lumotlar omborlaridan foydalanishimiz va ish jarayonida ular bilan doimo bog’lanib turishimiz kerak bo’ladi. Boshqa ma’lumotlar omborlari bilan birgalikda ishlaydigan, ya’ni bir necha ma’lumotlar omboridan iborat bo’lgan va bu omborlar o’zaro chambarchas bog’langan bo’lsa, bunday ma’lumotlar ombori relyasion ma’lumotlar ombori deb ataladi. Relyasion (relation) so’zi ingliz tilidan tarjima qilinganda, munosabat, bog’lanish degan ma’nolarni bildiradi.


Ismi-sharifi

Sinf

Kod

Abdullayev A.

8-a

1121

Baxromov Sh.

8-a

1127

Davronov H.

8-b

1168

Davronova Z.

8-b

1170

Muhiddinov M.

8-b

1176

Naimov K.

8-a

1129

Noilov H.

6-d

875

Saidahmedov S.

7-a

960

Sirojov S.

5-a

666

To'laganov B.

6-d

891

Ma’lumotlar omborlari orasidagi bog’lanishlarni o’rganib chiqamiz. Bog’lanishlarning o’zi 4 turda bo’lishi mumkin:

a) birga-bir;

b) birga-ko’p;

s) ko’pga-bir;

d) ko’pga-ko’p;

Birga-bir bog’lanish eng ko’p uchraydigan bog’lanish bo’lib, unga misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin. Jadvaldagi har bir o’quvchi uchun uning sinfini bir qiymatli qilib aniqlash mumkin (o’quvchi aniq bir sinfda o’qiydi). Shunga o’xshash, har bir o’quvchi uchun uning manzili, bo’yining uzunligi, og’irligi, tug’ilgan sanasi yagonadir. Bularning hammasi birga-bir bog’lanishga misol bo’la oladi.




Download 382,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish