29 Mavzu: Yuk iluvchining ish boshlashdan oldin bajaradigan vazifalari.
Bolg‘alash usulida yasalgan va muxrlangan yuk ilgaklari O‘zbekiston Respublikasida amaldagi GOST talablari va boshqa normative hujjatlarga binoan tayyorlanishi kerak. Bolg‘alash usulida yasalgan va muxrlangan yuk ilgaklar o‘lchamlari va asosiy parametrlari yuk ilgakning turiga va ko‘tarish kranlarining uzatmalari turiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasida amaldagi GOST talabiga mos bo‘lishi.
GOST 15150 talablaridan kelib chiqib iqlim sharoitini inobatga olib umumiy qo‘llanishga mo‘ljallangan yuk kranlariga bir shoxli ilgaklar uchun saqlovchi qulflar (portlash xavfi bo‘lgan muhitda ishlash uchun mo‘ljallangan yuk ko‘taradigan kranlar bundan istisno) GOST 12840 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yuk ko‘tarish qobiliyati 3 t dan yuqori bo‘lgan ilgaklar tebranish imkonini beruvchi podshipniklarida o‘rnatilishi kerak, maxsus ishlarga mo‘ljallangan kran ilgaklari bundan istisno.
Yuk ko‘tarish qobiliyati 5 t va undan yuqori bo‘lgan, bolg‘alash usulida yasalgan va muxrlangan yuk ilgaklar mahkamlanishi, traversdagi plastinkasimon ilgaklar vilkasi gaykalari o‘z-o‘zidan buralish va yechilish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.
Kran va elektr tallarning yuk ilgaklarida yuk ilish moslamasining o‘z-o‘zidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan saqlovchi qulflar bilan ta’minlanishi kerak. Eritilgan po‘lat yoki suyuq shlak tashuvchi yuk ko‘tarish kranlarining yuk ilish kryuklari bunday qulf moslamasini o‘rnatmasligi mumkin.
Bolg‘alash usulida yasalgan va muxrlangan yuk ilgaklarida GOST 2105 va GOST 12840 ga muvofiq belgilar o‘rnatiladi. Plastinkasimon ilgaklarga GOST 6619 talablari bo‘yicha belgilar o‘rnatiladi.
Maxsus ishlarga mo‘ljallangan yuk ilgaklari, yuk ilgakini
|
tayyorlovchi korxona nomi, ilgak raqami, yuk ko‘tarish qobiliyati va qaysi
materialdan tayyorlanganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritilgan passport bilan ta’minlanishi kerak.
Yuklani tashish uchun mljallangan kanatli greyferlar GOST 24599 talablariga muvofiq tayyorlanishi kerak. Greyferning konstruksiyasi o‘z-o‘zidan ochilishiga va kanatlarni bloklar jilg‘alaridan chiqib ketish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.
Greyferning yuk ko‘tarish qobiliyati, uni ma’lum turdagi (markali, navli) yukni tushirib boshqasiga ortish uchun qo‘llashdan oldin greyfer egasi tomonidan o‘tkaziladigan sinovga oid yukni hovuchlab olishdan so‘ng, materialni tortish usuli bilan aniqlanadi.
Greyfer, uni ishlab chiqargan korxona, tartib raqami, hajmi, o‘z massasi, tashish uchun mo‘ljallangan material turi va hovuchlab olingan materialning eng katta miqdori og‘irligii ko‘rsatilgan peshtaxtacha bilan ta’minlanishi kerak.
Krandan alohida tayyorlangan greyferlar ma’lumotlar yozilgan taxtachadan tashqari pasport bilan ta’minlanishi kerak.
Kanatlarga bevosita osib qo‘yilgan va kranning bir qismi bo‘lgan (metalloprokat, yog‘och, truba va boshqalar uchun ushlash bilan boshqariladigan travers, vila, sprederlar) boshqa yuk ilish organlariga talablar ushbu kranlarga oid texnik shartlarda bayon etilishi kerak.
Kranlarning xavfsizlik qurilma va ularning tuzilishi ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Mashina uzatmali yuk ko‘tarish kranlari avtomatik to‘xtashi uchun moslamalar (oxirgi o‘chirgich) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
a) yuk ilish organini ko‘tarish mexanizmining oxirgi yuqori va pastgi xolatlarida. Agar ekspluatatsiya shartlari bo‘yicha yukni pasportda ko‘rsatilgan satxdan pastga tushirish talab etilmasa, pastgi yuk ilish organining oxirgi o‘chirg‘ichi o‘rnatilmasligi mumkin;
b) quloch o‘zgarish mexanizmi strelaning so‘nggi holatida;
v) yuk ko‘tarish kranlarining rels yo‘lida xarakatlanuvchi mexanizmlari va ularning yuk ko‘tarish aravachalari (temir yo‘l kranlaridan tashqari) tezligi oxirgi holatga kelishdan oldin 30 m/min (0,5 m/s) dan oshish imkoniga ega bo‘lsa. Minora kranining xarakatlanuvchi mexanizmlari, oralig‘i (prolet) 16 m dan ko‘p bo‘lgan chorpoya va ko‘priksimon yuk tushirgich – ko‘targichlar xarakatlanish tezligi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar oxirgi o‘chirgich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
g) bitta kran yo‘lida ishlaydigan ko‘priksimon, chorpoya, konsolli va portal kranlar xarakatlanish mexanizmlari yoki ularning yuk aravachalari.
Ko‘rsatilgan moslamalar boshqa mexanizmlarning siljishini chegaralash zaruriyati kerak bo‘lganda o‘rnatilishi kerak, masalan burilish menizmlari, yuk ko‘tarish mashinasining teleskopik qismini xarakatlanish ismi, yuk ilish organlarining mexanizmlari, kabinani ko‘tarishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |