27 Mavzu: Yuk ko‘tarish kranlarining boshqaruvchi va yuk iluvchilari uchun ish yuritishda xavfsizlik ko‘rsatmasi.
28 Mavzu: Xavfsizlik qurilmalari va ularni tuzilishi.
Kranlarning xavfsizlik qurilma va ularning tuzilishi ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Mashina uzatmali yuk ko‘tarish kranlari avtomatik to‘xtashi uchun moslamalar (oxirgi o‘chirgich) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
a) yuk ilish organini ko‘tarish mexanizmining oxirgi yuqori va pastgi
xolatlarida. Agar ekspluatatsiya shartlari bo‘yicha yukni pasportda
ko‘rsatilgan satxdan pastga tushirish talab etilmasa, pastgi yuk ilish
organining oxirgi o‘chirg‘ichi o‘rnatilmasligi mumkin;
b) quloch o‘zgarish mexanizmi strelaning so‘nggi holatida;
v) yuk ko‘tarish kranlarining rels yo‘lida xarakatlanuvchi mexanizmlari va ularning yuk ko‘tarish aravachalari (temir yo‘l kranlaridan tashqari) tezligi oxirgi holatga kelishdan oldin 30 m/min (0,5 m/s) dan oshish imkoniga ega bo‘lsa. Minora kranining xarakatlanuvchi mexanizmlari, oralig‘i (prolet) 16 m dan ko‘p bo‘lgan chorpoya va ko‘priksimon yuk tushirgich – ko‘targichlar xarakatlanish tezligi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar oxirgi o‘chirgich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
g) bitta kran yo‘lida ishlaydigan ko‘priksimon, chorpoya, konsolli va portal kranlar xarakatlanish mexanizmlari yoki ularning yuk aravachalari. Ko‘rsatilgan moslamalar boshqa mexanizmlarning siljishini chegaralash zaruriyati kerak bo‘lganda o‘rnatilishi kerak, masalan burilish menizmlari, yuk ko‘tarish mashinasining teleskopik qismini xarakatlanish ismi, yuk ilish organlarining mexanizmlari, kabinani ko‘tarishda.
Yuk ko‘tarish kranlarida o‘rnatiladigan oxirgi o‘chirgichlar, qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanish imkoniyati ta’minlangan xolda o‘rnatilishi kerak.
Bir yo‘nalishda keyinchalik xarakatga ruxsat etiladi: boshqarish elektr sxemasidada ruxsat etilgan eng past tezlik bilan to‘xtash joyiga yoki so‘ngi to‘xtatish moslamasi (tupikovoy upor) ga yaqinlashadigan ko‘priksimon kranning harakatlanish mexanizmi uchun; quloch (strela)li kranda qulochni transport holatiga (yuksiz) tushirish mexanizmi uchun.
Elektrtal ko‘tarish mexanizmining oxirgi o‘chirgichlari shunday
joylashgan bo‘lishi kerakki, bunda yuk ko‘tarish mexanizmi yuksiz
ko‘tarilayotganda to‘xtagandan keyin, yuk ilish organi bilan elektrtal tirgi
orasidagi masofa (tirqish) 50 mm dan kam bo‘lmasligi, qolgan barcha yuk
ko‘tarish kranlarida esa 20 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Yukni 40 m/min
dan ortiq tezlik bilan ko‘tarishda, kranda asosiy o‘chirgichdan oldin ishga
tushuvchi va sxemani past tezlik xolatiga o‘tkazuvchi qo‘shimcha cheklov
qo‘shimcha moslama o‘rnatilishi kerak.
Greyfer lebedkasi alohida yuritmali greyferli kranlarda
ko‘tarishning oxirgi o‘chirgich yoqilish sxemasi shunday bajarilgan bo‘lishi
kerakki, ko‘tarish mexanizmi dvigateli va greyfer qisqa tutashuv dvigateli,
oxirgi teppa xolatga yetganda, bir vaqtda o‘chirilishi amalga oshirishi kerak.
Siljish mexanizmining oxirgi o‘chirgichi, shunday joylashgan
bo‘lishi kerakki, uning dvigatelining o‘chirilishi tirgakkacha bo‘lgan,
mexanizmlar to‘xtash yo‘lining yarmidan kam bo‘lmagan yo‘lini tashkil etgan
masofagacha amalga oshishi kerak, minorali, portal, chorpoya va ko‘priksimon
yuktushirgich va yuk ortgichlar to‘la to‘xtash yo‘lidan kam bo‘lmasligi kerak.
Bitta yo‘lakda xarakatlanuvchi ko‘priksimon va konsol kranlarini
harakatlanishini cheklovchi moslamalari o‘zaro o‘rnatilgan xolda,
ko‘rsatilgan masofa 500 mm ga kamaytirilishi mumkin. Tormozlanish yo‘li
kranni ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqilgan pasportida
ko‘rsatilishi kerak.
Ko‘priksimon turdagi kranlarda, ularning galereyasiga chiqish
vaqtida krandagi kuchlanishni avtomatik tarzda o‘chiradigan moslama bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak. Binolar ichida ishlaydigan kranlarda, 42 Vdan
ko‘p bo‘lmagan trolleyli simlar o‘chirilmasligi mumkin.
Kirish galereya ko‘prigi orqali mo‘ljallangan ko‘priksimon kranlarda ,
bunday blokirovka galereyaga kiradigan eshikda o‘rnatilgan yuo‘lishi kerak.
To‘xtash maydonchasidan boshqariladigan yuk ko‘tarish
mashinasining boshqarish kabinasiga kirish eshigida, ushbu kranni
eshiklari ochiq xolatida xarakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun elektr
blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Agar kabina tamburli bo‘lsa, bunday blokirovka tambur eshikga
qo‘yiladi.
O‘zi yurar quloch (strela)li, temir yo‘l, minorali va portal kranlar (konsol kranlaridan tashqari) ularni yuk ko‘tarish vaqtida va qulochning o‘zgarishi vatida ularni yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiq massali yukni ko‘tarishda ag‘darilib ketishini oldini olish maqsadida yuk ko‘tarish qobiliyatini chegaralovchi avtomatik o‘chiriladigan mexanizm bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Yuk ko‘tarish payti - 20 tonnagacha minora va portal kranlariga - 15%.
Qolgan boshqa kranlar -10 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |