4 -MAVZU
|
Ko’p oralikli statik aniq balkalar uchun qavatlararo sxemalarini qurish. Ko’p oraliqli balkalarni qo’zg’almas yuklar ta’siriga hisoblash.
|
Ma’ruza mashg’ulotini olib borish texnologiyasi
(mashg’ulot modeli)
O’quv soati -2soat
|
Talabalar soni:
|
O’quv mashg’uloti shakli
|
Ma’ruza mashg’uloti
|
Ma’ruza mashg’uloti rejasi:
|
Ko’p oraliqli statik aniq balkalarning ta’rifi.
Qavatlar sxemasi.
Asosiy, 2 - darajali va osma balkalar.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ko’p oraliqli statik aniq balkalar bilan tanishtirish. Qavatlar sxemasini qurish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyatining natijalari:
|
1. Ko’p oraliqli statik aniq balkalar bilan tanishtirish
|
Ko’p oraliqli statik aniq balkalarni bilib oladilar
|
2. Qavatlar sxemasini qurish tartibi bilan tanishidilar.
|
Qavatlar sxemasi to’g’risida tushuncha hosil qiladilar.
|
3. Qo’p oraliqli balkalarni analitik usulda hisoblash uchun hisoblash tartibini belgilash uchun asosiy 2 chi darajali va osma balkalarga ta’riflar beriladi.
|
Qo’p oraliqli balkalarni analitik usulda hisoblash bilan tanishadilar.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, doska
|
O’qitish usullari
|
“Aqliy hujum”, ma’ruza
|
O’qitish shakllari
|
Frontal
|
O’qitish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki savollar
|
Ko’p oralikli statik aniq balkalar uchun qavatlararo sxemalarini qurish. Ko’p oraliqli balkalarni qo’zg’almas yuklar ta’siriga hisoblash mavzusining
texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari
|
O’qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi
Faoliyatining mazmuni
|
1-bosqich
Kirish
(10 min)
|
1.1.Ma’ruza mashg’uloti mavzusi, rejasi bilan tanishtiradi
1.2.”Aqliy hujum” o’tkazib, mavzuga oid bo’lgan asosiy tushunchalarning esga tushiradi (1-ilova)
|
Tinglaydilar
Tinglaydilar, javob beradilar.
|
2-bosqich
Asosiy
bo’lim
(60 min)
|
2.1. Mavzu mazmunini ochib beradi (2-ilova)
|
YOzadilar va eshitadilar.
|
3-bosqich
YAkunlovchi
(10 min)
|
3.1.Ma’ruza bo’yicha yakunlovchi xulosa chiqaradi
3.2.Takrorlash uchun savollar beradi.
(3-ilova)
|
Bajaradilar
YOzib oladilar
|
1-ilova
Qavatlar sxemasi, asosiy 2 chi darajali va osma balkalar, eguvchi moment, ko’ndalang kuch epyuralari. 2-ilova
Ko’p oraliqli statik aniq balkalarni hisoblash.
Bir necha oddiy balkalarning bir-biriga sharnirlar yordamida tutashtirib, ko’p oraliqli statik aniq va geometrik o’zgarmas sistema hosil qilish mumkin.
Ko’p oraliqli sharnirli balkalar yondosh oraliqlarni yopishda qo’llaniladi. Bunday oraliqlarni yopishda ketma-ket joylashgan bir oraliqli balkalardan foydalansa bo’lmaydimi, degan savol to’g’ilishi tabiiy. To’g’ri, nazariy va amaliy jihatdan foydalansa bo’ladi. Ammo iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. CHunki bir hil yuk ta’sirida bir oraliqli balkalarda ko’p oraliqli balkalarga nisbatan ko’prok zo’riqish hosil bo’ladi, demak ko’proq material sarf bo’ladi, konstruktsiya vazminlashadi. Ko’p oraliqli sharnirli balkalar statik aniq bo’lganliklari sababli haroratning o’zgarishi yoki tayanchlarning cho’kishi natijasida qo’shimcha zo’riqishlar paydo bo’lmaydi. Bu esa uning afzallik tomonlari hisoblanadi.
Ko’p oraliqli balkalarda sharnirlar bo’lmasa, sistema statik noaniq uzluksiz balkalarga aylanib qoladi. Ularni bir –biridan farqlab turadigan element sharnirlardir.
SHarnirlar sonini shunday aniqlash kerakki, hosil bo’lgan sistema statik aniq, geometrik o’zgarmas bo’lsin.
SH=Cm-3
Sm-tayanch sterjenlari soni, 3-statika tenglamalar soni.
SHarnirlarni to’g’ri joylashtirishning 3 xil usuli bor:
S Harnirlarni ikkinchi oraliqdan boshlab juft joylashtirish;
2)SHarnirlarni ikkinchi oraliqdan boshlab yakka tartibda joylashtirish.
3 )Aralash usul.
Geometrik o’zgarmas oddiy balkalar bir-biri bilan sharnirlar yordamida ulangan. SHarnirlar balkalarning gorizontal yo’nalishda qo’zg’alishiga yo’l bermaydi. Balkalarning vertikal yo’nalishdagi qo’zg’almasligi tayanch sterjenlari orqali ta’minlaiadi. SHularga asoslanib, berilgan ko’p oraliqli balka geometrik o’zgarmas sistema ekan, degan hulosaga kelamiz.
Qavatlar sxemasi ikki hil balkalardan tashqil topadi: asosiy va ikkinchi darajali balkalar.
Asosiy balkalar o’ziga qo’yilgan yuklardan tashqari ikkinchi darajali balkalarga qo’yilgan yuklarni ham (to’laligicha yoki qisman) qabul qiladi. Asosiy balkalarga tayanib turuvchi balkalar ikkinchi darajali (osma) balkalar deyiladi. Ikkinchi darajali balka sinsa, asosiy balkaning ishiga putur etmaydi. Asosiy balka sinsa, osma balka ham qulab tushadi.
Qavatlar sxemasida asosiy balka birinchi qavatda joylashadi (3.5- rasm, b da chapdan birinchi balka). Osma balkalar asosiy balkaning ustiga joylashadi (3.5- rasm, b da chapdan ikkinchi va uchinchi balkalar). Bu erda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, o’rtadagi balka chapdagi balkaga nisbatan ikkinchi darajali, o’ngdagi balkaga nisbatan asosiy balka hisoblanadi.
KO’P ORALIQLI STATIK ANIQ, SHARNIRLI
BALKALARNI ANALITIK USULDA HISOBLASH
Ko’p oraliqli sharnirli balkalarning hisobi ularning eguvchi momentlar va ko’ndalang kuchlar epyuralarini qurishdan iboratdir.
Bizga materiallar qarshiligi kursidan epyuralarni qurishdan maqsad balkaning ko’ndalang kesim o’lchamlarini aniqlashdan iborat ekanligi ma’lum. Epyuralarni qurish ham materiallar qarshiligi kursida bayon etilgan qoidalar asosida bajariladi.
Ko’p oraliqli balkalarning hisobi qavatlar sxemasini qurishdan boshlanadi. Mustaqil ravishda avval ikkinchi darajali (osma) balkalar, so’ngra asosiy balka hisoblanadi. Osma balkalar bir nechta bo’lsa, hisob eng ustki qavatdagi balkadan boshlanadi. Buning sababi shuki, ustki qavatdagi yukning ta’siri pastki qavatdagi, balkalarga ham ta’sir etadi. Buni hisobga olish uchun ustki balkaning tayanch reaktsiyasini pastki balkaga teskari yo’nalishida qo’yiladi va pastki balkani hisoblashda uni tashqi kuchlardan biri deb qaraladi.
Hisob ohirida alohida qurilgan epyuralar bir o’q ustida joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |