Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar



Download 1,99 Mb.
Sana26.04.2022
Hajmi1,99 Mb.
#584100
Bog'liq
5.амалий.


5. Амалий машгулот. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni tanlash va parametrlarini hisoblash.

Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar


Beto‘xtov, uzluksiz-ishlovchi ekskavatorlar gruntni qazish, tashish va ag‘darish (cho‘michni bo‘shatish) ishlarini bir vaqtni o‘zida va uzluksiz bajaradi. Ularni katta ish hajmiga ega bo‘lgan ochish ishlarida, yer osti konlarini topish qishloq, shahar, fuqaro, sanoat va gidroinshoot qurilishlarida chuqur, kotlovan va transheya, kommunikatsiyalar uchun joylar, kanal va ariqlar ochishda, qiyaliklarni tekislash va shunga o‘shash yer qazish ishlarida ishlatiladi.
Uzluksiz harakatlanuvchi ekskavatorlar ishlash usuliga ko‘ra, uzunasiga, radial va ko‘ndalangiga qaziydigan; ish jihozlariga ko‘ra: zanjirli (qirg‘ichli va cho‘michli) (3.28-rasm), shnekli va rotorli; yurish qurilmasiga ko‘ra - zanjirli, g‘ildirak-relsli, pnevmog‘ildirakli bo‘ladi.
Ayrim hollarda qazish jihozlari avtomobil va traktorlarga ham o‘rnatilishi mumkin (3.28 va 3.29-rasmlar).

3.28-rasm. Ko‘ndalangiga kovlaydigan zanjirli va uzluksiz kovlaydigan rotorli ekskavatorlarning konstruktiv sxemalari: a...г, ж, з – burilmaydigan zanjirli; д, e, и, к – buriladigan zanjirli;
л – strelasi chiqariladigan rotorli; n − strelasi chiqarilmaydigan rotorli; 1 – cho‘michli rama;
2 – cho‘michli ramaning tekislaydigan burilish zvenosi; 3 – cho‘mich; 4 – zanjir; 5 – qabul novi.

3.29 –rasm. Uzunasiga kovlovchi transheyali ekskavatorlarning tuzilish sxemasi:
a... з –cho‘michli; e, и – qirg‘ichli.
Zanjirli cho‘michli katta bo‘lmagan ekskavatorlarning modellari g‘isht zavodlarining karerlarida va xom ashyo omborlarida ishlatiladi. Zanjirli tayanchlar bilan teleskopik sistema orqali bog‘langan ekskaatorlar (3.29-rasm, г) meliorativ
kanallarni tozalashda qo‘llaniladi. Zanjirli cho‘michlarga ega bo‘lgan ekskavatorlar vertikal cho‘mich ramasi yordamida (3.29-rasm, д) na faqat transheya, hatto vertikal devorli chuqurlar qazishi mumkin (3.30-rasm).

3.30-rasm. Kurak-qirg‘ichli bir zanjirli ekskavator:
a-umumiy ko‘rinishi; b-ish organi; v-gruntni ko‘chirish sxeasi; 1-ko‘taruvchi gidravlik
mexanizm; 2-harakatga keltiruvchi val; 3-ish organining qo‘shimcha ramasi; 4-qiya egilgan rama; 5-tozalovchi boshmoq; 6-vtulka-rolikli zanjir; 7-vintli konveyer shneki;
8-reduktor; 9-gidromexanik yurishni kamaytirgich; 10-bazaviy traktor; 11-ag‘dargich; 12,14-yetaklovchi va yetaklanadigan yulduzchalar; 13-rolik; 15-vintli tortuvchi qurilma; 16-almashinuvchi kurak qirg‘ichlar; 17,18, 19-almashinuvchi keskichlar.
Transheya ekskavatorlari shahar, qishloq, gidroinshoot, fuqaro va sanoat qurilishida gaz va neft, suv va turli xil quvurlarni qurish, kanalizatsiya, kabel ta’minoti, transheya qazish ishlarida keng qo‘llaniladi (3.31- rasm).

3.31-rasm. Zanjirli-shnekli konveerga ega bo‘lgan transheya ekskavatorlari:
a –cho‘michsiz; б – “Belorus” traktoriga osilgan qirg‘ich; в –gusenitsali traktorga osilgan qirg‘ichli.
Ular ko‘p cho‘michli yoki cho‘michsiz (qirg‘ichli) ish jihoziga ega bo‘lgan, o‘zining ilgarilama harakati davomida o‘zidan keyin aniq chuqurlikka, kenglik va shaklga ega bo‘lgan transheya hosil qiladiganva chiqqan gruntni bir vaqtning o‘zida transheya o‘qiga parallel qilib tashlab ketadigan o‘zi yurar, uzluksiz harakatga ega bo‘lgan yer qazish mashinalaridan iborat (3.31-rasm).
Shuningdek, ikki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar mavjud (3.32rasm).

3.32-rasm. Transheyali ikki zanjirli ekskavator sxemasi:
1-gidrosilindr; 2-richag-pishang; 3-lentali konveeyr; 4-yetaklovchi yulduzchalar;
5-plastinali zanjir; 7-qiya egilgan rama; 8- tortuvchi yulduzcha: 9-oraliq roliklar;
10-cho‘mich yoki qirg‘ichlar; 11- tashuvchi qopqoqlar; 12-qiyalik hosil qiluvchi; 13-lentali konveyer; 14-balansirli richag.
Bu ekskavatorlarning bosh parametri ular oladigan transheyaning nominal chuqurligi hisoblanadi. Ular asosan uchta qismdan iborat mashinaning ilgarilama harakatini ta’minlovchi pnevmog‘ildirakli yoki zanjirli-negiz shatakchilar, bo‘ylama transheya qaziydigan ish jihozi va qazilgan gruntni olib ketuvchi (transportyor), transport yoki boshqa joyga tashlovchi ko‘ndalang ag‘dargich mashinalarini o‘z ichiga oladigan ish jihozi; ish jihozi va ag‘dargich qurilmalarni ko‘tarib tushiradigan yordamchi uskunalar.
Ish jihozlari negiz mashinalariga osma, tirkamali va yarim tirkamali qilib ishlab chiqariladi. Zanjirli va rotorli ish jihozlari bilan butlanadi. Zanjirli ish jihozi bo‘lgan ko‘p cho‘michli ekskavatorning umumiy ko‘rinishi 3.31-rasmda ko‘rsatilgan.
Rotorli ekskavatorning ish jihozi va umumiy ko‘rinishi 3.33-rasmda ko‘rsatilgan. Ish vaqti gruntni massivdan ajratish va u bilan cho‘michini to‘ldirish zanjir yoki rotorga qazishdagi ikki xil harakatning birgalikda berilishi: asosiy harakat rama (yoki zanjir)ga nisbatan ilgarilama yoki o‘z o‘qi atrofidagi aylanma (rotor uchun) harakat hamda surish harakati-mashina harakati yo‘nalishi bo‘ylab ilgarilama harakatdan iborat (3.33-rasm).

3.33-rasm. Rotorli transheyali ekskavatorning sxemasi:
1-gusenitsali shatak; 2-gidrosilindr; 3-juft gidrosilindr; 4-plastinali zanjir; 5-zanjir; 6-halqali gardish; 7-lentali konveyer; 8-rolik; 10-tozalovchi boshmoq; 11- cho‘mich; 12-bikir rotor.
Bu turdagi ekskavatorlarning asosiy parametrlari cho‘michlarning harakat tezligi (qazish tezligi) hamda mashinaning harakatlanish tezligi dir.
Transheya chuqurligi ni har qanday qiymatida ham zanjir cho‘michlarning (rotor cho‘michlarining) tezligi va mashinaning harakatlanish tezligi cho‘michlarning to‘lishini ta’minlashi shart. Agar to‘lish koeffitsienti ni hisobga olgan holda yumshoq gruntning qirindi hajmi cho‘michning haqiqiy hajmiga teng deb qaralsa,
,
bu yerda: − cho‘michini hajmi, ; s − qirindi qalinligi, mm; – cho‘michning kengligi, mm.
Gorizontal yo‘nalishda cho‘michni to‘ldirish uchun uni ilgarilama harakatlantirish (surish) cho‘michning bitta qadami uchun vaqt ichida quyidagicha bo‘lishi kerak, m
,
Surish
yoki .
Ekskavator cho‘michini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan harakat tezligi
.
Cho‘michlar soni
,
Zanjirdagi umumiy zo‘riqish kuchi
.
Odatda ekskavatorlarning cho‘mich ramasi burchak hosil
qilib o‘rnatiladi. Burchak undan katta bo‘lganda cho‘michdagi grunt uning orqa devori orqali to‘kilishi mumkin.
Qirg‘ichli ish jihozlariga ega bo‘lgan zanjirli transheya ekskavatorining ish unumi ( ):

– qirg‘ichning kengligi, m;
– qirg‘ichning balandligi, m;
− qirg‘ichli zanjirning harakat tezligi, m/s;
– qazish sig‘imlarini to‘ldirish koeffitsienti ;
mashinadan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti
;
− qazish paytidagi gruntni yumshalish koeffitsienti
.
Rotorli transheya ekskavatorining gruntni transheyadan chiqarib tashlashdagi ish unumi ;
,
Bu yerda:
– rotorning aylanishlar takroriyligi, s-1; − cho‘michlar soni; qcho‘michning sig‘imi, litr; −cho‘michni to‘ldirish koeffitsienti ; –gruntni yumshalish koeffitsienti .
Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish