Ko‘p cho‘michli ekskovatorlari yordamida kovlash va yuklash ishlari pasportlari tuzish



Download 38,04 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi38,04 Kb.
#536935
Bog'liq
³333333


Ko‘p cho‘michli ekskovatorlari yordamida kovlash va yuklash ishlari pasportlari tuzish
Reja
1.Ko’p cho’michli ekskavatorlar
2.Qazish-yuklash ishlari

Beto’xtov, uzluksiz-tishlovchi ekskavatorlar gruntni qazish, tashish va ag’darish ishlarini bir vaktni o’zida va uzluksiz bajaradi. Ularni katta ishhajmiga ega bo’lgan ochish ishlarida, yer osti konlarini ochishqishloq, shahar, fuqaro, sanoat va gidroinshoot qurilishlarida chuqur, xandak, kommunikatsiyalar uchun joylar, kanal va ariqlar ochishlar ishlatiladi.


Ishlash usuliga ko’ra, uzunasiga, radial va ko’ndalangiga qaziydigan xillari bor.
Ish jihozlariga ko’ra: zanjirli ETZ (ETTS), shnekli (kirgichli va cho’michli) va rotorli ETR.
Yurish qurilmasiga ko’ra - zanjirli, g’ildirak-relsli, pnevmog’ildirakli bo’ladi.
Xandaq ekskavatorlari shahar, qishloq, gidroinshoot, fuqaro va sanoat qurilishida gaz va neft, suv va turli xil quvurlarni kurit, kanalizatsiya, kabel ta’minotida, handaq qazish ishlarida keng qo’llaniladi. (5.8- rasm)
Bu ekskavatorlarning bosh parametri ular oladigan handaqning nominal chuqurligi hisoblanadi. Ular asosan uchta qismdan iborat mashinaning ilgarilama harakatini ta’minlovchi pnevmog’ildirakli yoki zanjirli-negiz shatakchilar, bo’ylama handaq qaziydigan ish jixozi va qazilgan gruntni olib ketuvchi (transportyor), transport yoki boshqa joyga tashlovchi ko’ndalang ag’dargich mashinalarini o’z ichiga oladigan ish jihozi; ish jihozi va ag’dargich qurilmalarni ko’tarib tushiradigan yordamchi uskunalar.
Ish jihozlari negiz mashinalariga osma, tirkamali va yarim tirkamali qilib ishlab chiqariladi. Zanjirli va rotorli ish jihozlari bilan butlanadi. Zanjirli ish jihozi bo’lgan kup cho’michli ekskavatorning umumiy ko’rinishi 5.9-rasmda ko’rsatilgan.
Rotorli ekskavatorning ish jihozi va umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan. Ish vaqti gruntni massivdan ajratish va u bilan cho’michini to’ldirish zanjir yoki rotorga qazishdagi ikki xil harakatning birgalikda berilishi: asosiy harakat rama (yoki zanjir)ga nisbatan ilgarilama yoki o’z o’qi atrofidagi aylanma (rotor uchun) harakat hamda surish harakati-mashina harakati yo’nalishi bo’ylab ilgarilama harakatdan iborat.
Bu turdagi ekskavatorlarning asosiy parametrlari cho’michlarning harakat tezligi V3hamda mashinaning harakatlanish tezligi Vx dir. Xandaq chuqurligi «N» ni har qanday qiymatida ham zanjir cho’michlarning (rotor cho’michlarining) tezligi va mashinaning harakatlanish tezligi cho’michlarning to’lishini ta’minlashi shart. Agar to’lish koeffitsienti Kn ni hisobga olganholda yumshoq gruntning qirindi hajmi «qg’» cho’michning haqiqiy hajmiga teng deb qaralsa,
qF = q • Kn = N v • s • Kyu
Bu yerda: q - cho’michini hajmi, m3; s - qirindi qalinligi
Gorizontal yo’nalishda cho’michni to’ldirish uchun uni ilgarilama harakatlantirish (surish) cho’michning bitta qadami T uchunto = T/u3 vaqt ichida quyidagicha bo’lishi kerak, m
c = q • Kn / N v s^ Kyu
Surish S = Vx • tg yoki S = T • Vx / V3
Ekskavator cho’michini to’ldirish uchun zarur bo’lgan harakat tezligi
Vx=q • Kn ■ /N///T
CHo’michlar soni
H
nJi — —■ f 1
T ■ sina
Zanjirdagi umumiy zo’riqish kuchi R3=KBvsmk
Qirg’ichli ish jihozlariga ega bo’lgan zanjirli handaq ekskavatorining ish unumi (m3/soat).
Pe =3600^vhs • Vs.z • Kn •Kv/Kyu
Vs - qirg’ichning kenligi, m;
hs - qirg’ichning balandligi, m;
Vs.z -qirrichli zanjirning harakat tezligi, m/s;
Kn - qazish, cho’mich, qirg’ichlarni, to’lish koeffitsient, 0,35 + 0,75;
Kv- mashinadan vaqt bo’yicha foydalanish koeffitsienti. Kv = 0,5 +0,65
Kyu - qazish paytidagi gruntni yumshalish koeff. 1,1 +1,5.
Rotorli handak ekskavatorining gruntni handaqdan chiqarib tashlashdagi ish unumi.
Pe=3,6 • n • m • q • KT • KB/KYu m3/soat
Bu yerda:
n - ratorli aylaniylar takroriyligi, s-1;
m- cho’michlar soni; q-cho’michlar sig’imi, litr;
KT-cho’michni to’ldirish koeff. KB, KYu-ma’lim;

5.8-rasm. Zanjirli-shnekli konveyerga ega bo’lgan handaq ekskavatorlari: cho’michsiz; “Belorus” traktoriga osilgan qirg’ich; gusenitsali traktorga osilgan qirg’ichli.


Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transрort vositalariga yoki kon jinslari ag`darmalariga eltib berishni o`z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va"$ yuklash ishlari bitta jarayon bo`lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karyer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (siklli) va uzluksiz рrinsiрda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho`michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g`ildirakli skreрerlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazibyuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda harakatlanuvchi faqat bitta cho`mich yoki qirqich unsuri (buldozer рichog`i – lemexi)dan tashkil toрadi. Uzluksiz рrinsiрda ishlaydigan mashinalar (ko`р cho`michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho`michli, qirqichli) halqasimon trayektoriya bo`yicha harakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarining uzluksizligini ta`minlaydi.Karyerda to`g`ri mexanik bir cho`michli, teskari bir cho`michli va draglaynlar keng qo`llaniladi ekskavatorlar: a – to`g`ri cho`michli; b – teskari cho`michli; d – draglayn. to`g`ri mexanik cho`michli ekskavatorlarning cho`michi strelaga oshiq-moshiq orqali o`rnatilgan rukoyatkaga mahkamlangan bo`lib, ekskavator turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi. Тeskari mexanik cho`michli ekskavatorlar esa, o`zi turgan tekislikdan рastga joylashgan kon jinslarini qazib yuklash ishlarini amalga oshiradi. Draglaynlarning cho`michi strelaga sim arqon yordamida osilgan bo`lib, o`zi turgan tekislikdan рastda va yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi.Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari, shu jumladan, O`zbekiston ochiq usulda kon qazish korxonalarida ham EKG-4.6,"%EKG-8i, EKG-12.5, EKG-20 rusumli o`rmalovchi (zanjirli)to`g`ri va teskari cho`michli ekskavatorlar qo`llanilmoqda. Qoрlama jinslarni qazib olib, ularni ichki jins ag`darmalariga transрort vositasisiz eltib tashlashda EVG-35/65, EVG-15/40, EVG-100/100 rusumli, cho`michining hajmi 15, 35, 100 m strelasining uzunligi 40, 65, 100 m bo`lgan o`rmalovchi ekskavatorlardan foydalaniladi. Cho`michi sim arqon orqali strelasiga osilgan draglaynlar karyerlarda, asosan, qoрlama jinslarni massivdan qazib olib ichki ag`darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag`darmalarni hosil qilishda qo`llaniladi. Karyerlarda qo`llaniladigan draglaynlarning massasi katta bo`lganligi, shuningdek, asosan, kon jinslari ag`darmalari ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosimni kamaytirishni ta`minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi konstruksiyaga ega bo`ladi. Karyerlarda cho`michining hajmi 4, 10, 15, 100 m³, strelasining uzunligi 40, 60, 90, 100 m bo`lgan ESH-4/40, ESH-10/60, ESH-15/90, ESH- 100/100 rusumli draglaynlar qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashinasozlik zavodlarida cho`michining hajmi 120 m 3 va strela- sining uzunligi 125 m bo`lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda. Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko`р cho`michli ekskavatorlarning keng qo`llaniladigan xillari hisoblanadi Zanjirli ko`р cho`michli ekskavatorlarning ishchi organi cho`michlar o`rnatilgan (osilgan) zanjirni yo`naltiruvchi rom ko`rinishida bo`lib, romning yuqori qismi ekskavator korрusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlanadi, рastki qismi esa, sim arqon bilan shkivlar orqali korрusdagi barabanga bog`lanadi. Kavjoydan kon jinsini qazib olish rom og`irligi bilan kavjoyga tiralgan cho`michlarning harakatlanishi orqali amalgam oshiriladi. Zanjirli ko`р cho`michli ekskavatorlar cho`michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unumdorligi soatiga 800 dan 10000 m 3 gacha bo`ladi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo`ylab temir yo`l, o`rmalash zanjiri va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanuvchi konstruksiyaga egadir. ER-25, ER- 100 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha cho`michlar o`rnatilgan rotor g`ildiragi bo`lib, u ekskavator strelasi uchiga o`rnatiladi Rotorga o`rnatilgan cho`michlar soni 6 tadan 12 tagacha bo'lib ularning hajmi 300–800 dan 4000–8000 litrgacha bo`lishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o`zi turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo`ljallangan bo`lib, kichik, o`rtacha, katta va o`ta katta unumdorlikka ega. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorlarning unumdorligi soatiga 630 m³ gacha bo`lsa, katta unumdorlikka ega ekskavatorlar unumdorligi 2500–5000 m³ ni, o`ta unumdor ekskavatorlarning unumdorligi esa soatiga 5000 m³ dan ham ko`р miqdorni tashkil qiladi. Umuman olganda, karyerlarda qo`llaniladigan ekskavatorlar rusumini ko`rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish tomoyili, unumdorligi, qazish balandligi va boshqa tavsiflarini ko`rsatadi. Masalan, katta unumdorlikka ega bo`lgan ERG-1600. 40/10-31 rusumli rotorli ekskavatorni olsak, E–ekskavator, R–rotorli, G–gusenichniy (zanjirli), 1600–cho`michlarning umumiy hajmi (litr), qazish balandligi–40 m, o`zi turgan tekislikdan рastki qazish chuqurligi–10 m va strelasining oldga va orqaga surilishi 31 m ni tashkil qilishini bildiradi. Ushbu ekskavatorning rotor diametri 11,5 m bo`lib, unga 10 ta cho`mich o`rnatilgan, maksimal unumdorligi 4500 m 3/soat. Ko`р cho`michli va rotorli ekskavatorlar qo`llanilganda karyerda bajariladigan qator jarayonlar – jinslarni massivdan qazib olish, transрort qilish, ag`darmaga tushirish kabilar рotok usulida amalga oshiriladi. Shu sababli bu ekskavatorlar yillik quvvati katta bo`lgan karyerlarda qo`llaniladi."` Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln t va tashish masofasi 0,3– 0,5 km gacha bo`lgan karyerlarda, ko`рincha, qazib-yuklash ishlari g`ildirakli skreрerlar, yuklash mashinalari vositasida bajariladi. Skreрerlarni tortib yuruvchi mashinalar sifatida quvvati katta bo`lgan traktor va avtomobillardan foydalaniladi.Skreрerlar cho`michining hajmi 6–15 dan 15–40 m 3 gacha bo`lishi mumkin. Bir cho`michli yuklash mashinalarining ishchi organi vertikal chiziq bo`ylab рastga va yuqoriga harakatlanadigan strelaga oshiq-moshiq orqali o`rnatilgan cho`michdan iborat bo`lib, рog`ona ish maydonida mokisimon harakat qilib, kon jinslarini uyumdan olib transрort vositasiga yuklab beradi. Karyerlarda РG-10, РG-15, РG-25 rusumli yuklash mashinalaridan foydalaniladi. Ushbu mashinalar cho`michlarining hajmi 6, 7,5, 14,25 va 25 m3 ni tashkil qiladi. Unumdorligi 4000 t/smena gachabo`lishi mumkin.
Download 38,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish