holatga o’tish temperaturasi (Т
sh
) deyiladi. Тemperatura Т dan kichik bo’lsa,
boshlang’ich tartibdagi segmentlar temperaturasi kamayadi va mo’rtlik
temperaturasi (Т
m
) ga yetganda polimer materiali yemiriladi, bu qattiq jismning
mo’rt yemirilishiga o’xshash bo’ladi. Тemperatura Т
sh
dan katta bo’lsa, tartibli
segmentlarning ham harakati oshadi, mikromolekulalarning tartiblanishi ham ortadi.
Polimerlarning kuch ta’sirida elastik deformatsiyalanishi uning yuqori elastik holati
deyiladi. Тemperatura oquvchanlik chegarasiga yetganda tashqi kuch ta’siri olinsa,
deformatsiya qaytish xususiyatini butunlay yo’qotadi. Bunday holatni polimerning
yuqori oquvchanlik holati deb ataladi. Polimerlarning Т
sh
, Т
kr
, Т
oq
temperaturalarini
aniqlashda termomexanik usul qo’llaniladi. Shishasimon strukturaga ega bo’lgan
polimerlar
ma’lum
temperatura
oralig’ida
yemirilmasdan
kuchli
deformatsiyalanadi. Bunday deformatsiya yuqori elastiklikka ega bo’lgani uchun
majburiy elastik deb ataladi. Polimer materiallari uchun yemirilish sodir bo’ladigan
kuchlanish qiymati kuch ta’sir etish vaqtiga bog’liq bo’ladi. Kuch qo’yilgan vaqtdan
boshlab, yemirilish sodir bo’lgungacha ketgan vaqt polimerning ishlash muddati
deyiladi. Polimer materiallarning muhim xususiyatlaridan biri relaksatsiyalanishidir.
Agar polimer cho’zib deformatsiyalangan va shu holda mahkamlab qo’yilgan
bo’lsa, strukturadagi segmentlarning qayta taqsimlanishi natijasida yuqori elastik
deformatsiya ro‘y beradi. Bunday hol o‘z navbatida avvalgi kuchlanish darajasini
pasaytiradi, relaksatsiya hodisasi ro‘y beradi. Materialning doimiy kuch ta’sirida
o’z-o’zidan cho’zilishi ham relaksatsion xususiyatga ega. Materialning ishlash
sharoitlarini belgilashda shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Polimerlarni qayta
ishlash yoki ishlatishda elastiklikni oshirish maqsadida ularga plastifikatorlar
qo‘shiladi. Plastifikatorlarning vazifasi molekulalarning elastikligini oshirishdan
iborat. Poliefirlar, efirlar, xlor birikmalari plastifikatorlar sifatida qo’llaniladi.
Plastifikatorlar polimer tarkibiga eritma tariqasida kiritiladi. Тashqi ta’sir natijasida
polimer molekulalarining parchalanishi ro‘y beradi. Bu jarayon zanjir reaksiyadir.
Destruksiya natijasida yemirilish sodir bo’ladi. Stabilizatorlar parchalanishdagi
zanjir reaksiyaning borishiga to‘sqinlik qiladi. Stabilizatorlar oksidlanishini oldini
oladigan, temperatura ta’sirida parchalanishni to‘xtadigan birikmalar (ingibitorlar),
yorug‘lik nuri ta’sirida parchalanishni oldini oladigan birikmalar, radiatsion nur
ta’sirida parchalanishni to‘xtatadigan birikmalar va hokazo. Stabilizatorlar
polimerni olish jarayonida yoki qayta ishlashda, odatda juda kam miqdorda (0,01-2
%) qo‘shiladi. Stabilizatorlar sifatida aminlar, finol hosilalari, juda maydalangan
metallar qo‘shilishi mumkin. Polimer materiallarining rangini o’zgartirish
maqsadida har xil buyoq moddalar (pegmentlar) qo’llaniladi. Lekin bunday
buyoqlar polimer bilan yaxshi aralashishi va temperatura, nur, havo va boshqa tashqi
ta’sirlarga chidab, o’z tasirini uzoq saqlay olishi kerak. Bo’yoqlar organik va organik
bo’lmagan birikmalar bo’lishi mumkin. Masalan, shu maqsadlarda metall oksidlari
(TiO
2
, Fe
2
O
3
), metall tuzlari hamda qurumdan foydalaniladi. Polimer materiallarda
to’rsimon strukturani hosil qilish uchun ham qo’shimchalarlar kiritiladi. Masalan,
kauchukka shunday struktura hosil qilish uchun oltingugurt, selen, fenol qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: