nazorat qilinadi. Konvertorni uporasi yordamida 0-360
0
ga burilishi mumkin.
Konvertorni skrap (temir-tersak), cho’yan, flyus bilan to’ldirish konvertorni yuqori
qismidagi bo’g’izidan, po'lat va shlakni quyib olish uchun yon tomonidagi novdan
bajariladi. Shixta tarkibi suyuq oq cho’yan, po'lat temir-tersagi, ohaktosh, temir
rudasi, boksit, dala shpati bo'lishi mumkin. Konvertorga quyilayotgan cho’yanni
temperaturasi 1250-1400
0
C. Kislorod konvertorlarida temperatura katta bo'lgani
uchun 20-30 % temir ruda va skrapdan foydalanish mumkin. Jarayon boshida
konvertorni gorizantal holatga keltirilib shixtaga solinadi (25-30 % suyuq cho’yan
og’irligiga nisbatan metall chiqindilari). So’ng oq cho’yan quyiladi va konvertorni
vertikal holatga keltirilib kislorod bera boshlanadi, ish bilan birga shlak hosil
qiluvchi komponentlar ham solinadi (ohak, bosit, temir rudasi). Furma yuzi bilan
metall yuza oralig’i 0,3-0,8 m uzoqlikda bo'lishi kerak.
Kislorod katta bosimda bo'lganigi uchun konvertordagi suyuq metall
aralashtirilib, sirkulyatsiyalanadi. Bu ximiyaviy jarayonni borishini yaxshilaydi.
Furma ostida temperatura 2200-2400
0
C ga yetadi. Kislorodni berish konvertordagi
suyuq metalda uglerodni miqdori normal miqdorga kelguncha beriladi va
to’xtatiladi. Bunday jarayonda oksidlanish reaksiyalaridan ko'p miqdorda issiqlik
ajraladi.Oksidsizlanish jarayoni oxirida temir ham kislorod bilan ozroq to’yinib
qoladi. Shuning uchun oksidsizlantirish jarayoni bajariladi. Buning uchun jarayon
oxirida pechga Mn, Si, Al solinadi va temir tarkibidagi kislorod bilan birikib MnО,
SiО
2
, Al
2
О
3
birikmalari hosil bo'ladi va ular shlakka o’tadi. Temir esa metallga
o'tadi. Hosil bo'lgan po'latni qabul qilish uchun uni 40
0
ga buriladi va kovshga quyib
olinadi. Shlakni qabul qilish uchun konvertorni 50-55
0
burilib kovshga qabul qilinib
olinadi.Konvertorlarda past legirlangan (legirlovchi elementlar miqdori 2-5 %)
po'latlar olish mumkin. Bunda legirlovchi elementlar elektr pechlarida eritib olinadi,
so’ng konvertorga quyiladi. Jarayon uzoqligi pechni hajmiga ko’ra 30-60 minut, 300
tonna hajmli konvertorlarni ish unumi 400-500 t/s. Marten va elektr pechlarini ish
unumi esa 80 t/s, olingan po'latni sifati yaxshi.
Kislorod konvertorlarini yana bir afzallik tarafi yonilg’i ishlatilmasligidir,
chunki elementlarni oksidlanishi issiqlik chiqarilishi bilan boradi. Hozirda
olinadigan po'latlarni 50-55 % i kislorodli konvertorlarda olinadi. Konvertorlarda
olinadigan po'latlarni afzalligi: ish unumi yuqori, uskunalarning konstruksiyasi
sodda, boshqarish qulay, yonilqi ishlatilmasligi, po'latni tannarxi arzon. Kamchiligi:
quyilgan cho’yandan 90-94 % gacha po'lat olinadi, vaqt juda qisqa bo'lganligi uchun
po'lat tarkibini aniq nazorat qilish qiyin. Po'latdan shlak to’la ajralib ulgurmaydi.
Metall chiqinlilaridan ko'plab ishlatib bo'lmaydi, chunki suyuq cho’yan sovib
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: