Konstitutsiyaning asosiy printsiplari



Download 36 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2022
Hajmi36 Kb.
#419575
1   2   3
Bog'liq
Konstitutsiyaning asosiy printsiplari

Asosiy qism:Konstitutsiya va qonunning ustunligi printsipi
Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo’lib, u O’zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy printsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi printsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo’lishi talab etiladi".
Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: "Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi". O’zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar" (15-modda).
Konstitutsiya va qonunlar to’g’risida so’z ketar ekan, avvalo ularni bir-biridan farqini ajratib olish kerak. Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, u boshqa joriy qonunlardan shu bilan farq qiladiki, unda eng asosiy, eng barqaror ijtimoiy munosabatlar, uzoq davrlarga mo’ljallangan asosiy qoidalar mustahkamlangan va bu qoidalar bevosita amal qilib, boshqa qonun chiqarish hujjatlarida ochib beriladi va konkretlashtiriladi. SHu sababli Konstitutsiya garchi muhim bo’lsada, lekin Asosiy Qonun doirasiga sig’maydigan bir qancha qoidalarni o’z ichiga olmaydi. Konstitutsiyada mavjud bo’lgan qoidalar negizida va ularni rivojlantira borib, zaruriyatga qarab boshqa qonunlar va o’zgacha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bunda barcha joriy qonunlarning huquqiy asosi, bosh manbai Konstitutsiya bo’lib qoladi. Konstitutsiya esa oliy yuridik kuchga ega bo’lib, boshqa barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar unga muvofiq kelishi lozim.
Konstitutsiyaning Asosiy Qonun sifatidagi ahamiyati, obro’-e’tibori, barqarorligi, uning oddiy qonunlardan farqi shu bilan belgilanadi. Bir so’z bilan aytganda, Konstitutsiyani qonunlar qonuni deyish mumkin. SHu bois O’zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiyaning eng yuqori kuchga egaligi, hamma qonunlardan ustun turishi alohida e’tirof etilgan. Bunda faqat Konstitutsiyaninggina emas, balki uning asosida qabul qilinadigan qonunlarning ustunligi o’rnatiladi.
Yuqoridagi printsip jamiyatimizda qonunchilik va huquqiy-tartibot tantanasini anglatadi. Qonunchilik-bu qonunlarning realligidan, jamiyatda chinakam demokratik muhit va haqiqiy huquqiy rejim o’rnatilganligidan dalolat beradi. Qonunchilik bu davlat tomonidan qonunlar tizimini jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ravishda takomillashtirib borish va davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarga qat’iy rioya etish va ularni og’ishmay amalga oshirishda namoyon bo’ladigan davlat va jamiyat hayotining printsipidir. Qonunchilik printsipi qonunlarning hamma uchun istisnosiz majburiyligini, hammaning qonun oldida tengligini, qonunlarning hamma yerda bir xilda joriy qilinishini ham anglatadi.
Xulosa:Qonunchilik bilan huquqiy-tartibot bir-biridan farq qiladi. Qonunchilikning mazmuni huquqiy me’yorlarga qat’iy va og’ishmay rioya etishlarida ifodalansa, huquqiy-tartibot esa jamiyat a’zolarining yurish-turishlari, ularning sub’ektiv huquq va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy-tartibot huquqiy munosabatlar doirasida shu munosabatlarning ishtirokchilari o’z sub’ektiv huquqlarini amalga oshirishlari va huquqiy burchlarini bajarishlari natijasida vujudga keladi. Demak, qonunchilikni amalga oshirish huquqiy-tartibotni ta’minlash vositalaridan biri bo’lsa, huquqiy-tartibotni mustahkamlash esa, o’z navbatida qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bois ular bir-biridan ajralmas bo’lishi lozim.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish