KONSTITUTSIYANING ASOSIY PRINTSIPLARI.
Annatatsiya:O’quvchilar konstitutsiyaning asosiy tamoyillari va uning mohiyati, ushbu tamoyillarning konstitutsiya va boshqa normalarda tutgan o`rni va ahamiyatini tushunib oladilar. O’quvchilarda konstitutsiya bilan bog`liq huquqiy bilimlarni shakllantiriladi.
Kalit so'zlar:Ijtimoiy tuzum,davlat mustaqilligi,umumxalq referendumi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jamiyatimizda qonunchilik
Kirish:Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti printsipi xalqaro hamkorlikning eng muhim masalasidir. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o’zaro munosabatlarning teng huquqlilik, bir-birlarini ichki ishlariga aralashmaslik, boshqa davlatlarga xujum qilmaslik va ularning hududiy butunligiga daxl qilmaslik, shuningdek suvereniteti va milliy mustaqilligini to’la hurmat qilish printsiplariga asoslangan bo’lishi uchun kurashmoqdalar.
Mustaqil O’zbekiston davlati barpo qilingan dastlabki kunlardanoq katta va kichik xalqlarning suveren huquqlariga qatiy va og’ishmay rioya qilish uchun harakat qilmoqda, har bir davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillarini himoya qilmoqda.
Suveren davlatda xalq o’z mamlakatining davlat mustaqilligi va hududiy daxlsizligi huquqi, o’z mamlakatining iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topishini ta’minlash maqsadida qanday ijtimoiy tuzumni va boshqarishning qanday shakli maqsadga muvofiq va zarur deb topsa, o’shanday tuzumni o’rnatish va o’shanday shaklni tanlash huquqiga ega bo’ladi.
1991 yilning 31 avgustida o’zbek xalqining azaliy orzusi, ya’ni o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi royobga chiqishi natijasida O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
O’zbekiston tinch parlament yo’li bilan o’zining haqiqiy milliy davlatchiligiga erishdi. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi"gi konstitutsiyaviy qonunda, "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti"da, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida"gi Qarorida hamda biroz oldin 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da mamlakatimiz ko’p millatli aholining hoxish-irodasi mustahkamlab qo’yildi va bu umumxalq referendumi tomonidan tasdiqlandi. Deklaratsiyada O’zbekistonning davlat mustaqilligi va suveren demokratik respublika ekanligi rasmiylashtirildi. Deklaratsiyaning qolgan moddalarida O’zbekistonning davlat hududi va chegarasi dahlsizligi, davlat hokimiyati O’zbekistonning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo’linmas qismlari ustidan amalga oshirilishi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqliligi mustahkamlangan (2-4 moddalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |