Xulq atvor iqtisodiyoti Mavzu: Adolat, raqobat va hamkorlik nazariyasi



Download 300,11 Kb.
bet1/2
Sana15.07.2022
Hajmi300,11 Kb.
#802118
  1   2
Bog'liq
adolat raqobat


Xulq atvor iqtisodiyoti
Mavzu: Adolat, raqobat va hamkorlik nazariyasi
Shavkatov Dilshod MEK-87 A
REJA:
1.Adolat tushunchasi
2.Sof raqobat
3.Hamkorlik nazarayasi
Adolat – ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol oʻynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini oʻzida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi oʻzaro tengligini nazarda tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda boʻlishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar gʻamini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-shini taqozo etadi, unda har bir odam oʻz mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat oʻz faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.
  • Adolat so'zi lotin tilidan olingan iustitia "adolatli" degan ma'noni anglatadi va bu so'zdan kelib chiqadi ius.
  • Adolat turlari
  • Adolatni tatbiq etishning to'rtta yondashuvi yoki usullari mavjud:
  • Tarqatuvchi adolat
  • Bu boylik yoki resurslarni teng ravishda barcha fuqarolarga foyda keltiradigan tarzda taqsimlashga asoslanadi.
  • Bu Aristotel tafakkuridan kelib chiqadigan va amalda ziddiyatli bo'lgan adolatni amalga oshirishning bir usuli, chunki ushbu taqsimot barcha ishtirok etganlar uchun foydali bo'lishi uchun ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan mezonlar bo'yicha yakdillik yo'q.

Qayta tiklanadigan adolat
Ushbu turdagi adolat jinoyatchini jazolashdan ko'ra, jabrlanuvchining farovonligini ta'minlashga qaratilgan. Shu ma'noda, moddiy yoki ramziy ma'noda etkazilgan zararni tiklashni qidirmoqdamiz.
Ushbu yondashuvga ko'ra, jabrlanuvchi va jinoyatchi adolatni qidirishda ishtirok etishi kerak. Buning uchun jinoyatchi unga etkazilgan zararni tushunishi va tan olishi kerak.
Qayta tiklanadigan adolatning namunasi jabrlanuvchi va huquqbuzarni yarashtirish dasturlari (Jabrlanuvchi-jinoyatchini yarashtirish dasturlari), ishtirok etgan tomonlar uchrashadigan AQSh va Kanadadagi jamoalarda tashkil etilgan bo'lib, nima bo'lganligi va ularga qanday ta'sir qilganligi haqida gaplashib, etkazilgan zararni qanday tiklash to'g'risida kelishib oldilar.
Protsessual adolat
Ushbu turdagi adolat barcha odamlar tomonidan bir xilda hurmat qilinishi kerak bo'lgan me'yorlar va qoidalarni belgilaydi va fuqarolarning aybi bo'lgan taqdirda har xil turdagi jazolarni belgilaydi.
Ushbu turdagi odil sudlovni amalga oshirish uchun xolis mezonga ega bo'lish kerak, shu sababli jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekspertning, ya'ni advokatning vakili kerak.
Protsessual odil sudlovni amalga oshirish sudlarda va shu maqsadda davlat tomonidan tuzilgan organlarda amalga oshiriladi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.

Download 300,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish