Aim.uz
Konstitutsiya shakllari
Konstitutsiya shakli deganda, konstitutsiyaning mohiyatini shakllantirish, ifodalash hamda namoyon etish vositasi tushuniladi. Bu ta'rif, bir tomondan, konstitutsiyaning ichki shaklini, ya'ni mazmunining ichki tashkiliy tuzilishini (strukturasini) aks ettiradi; ikkinchi tomondan, konstitutsiyaning tashqi ifodalanishini anglatadi1[6].
Konstitutsiyalarning ichki tuzilishi (strukturasi) xususida so`z yuritilarkan, albatta kodifikatsiyalangan, oliy yuridik kuchga ega bo`lgan barcha normalarni qamrab olgan yaxlit va yagona yozilgan konstitutsiya nazarda tutiladi. Uning ichki tuzilishi asosan andozaviy ko`rinishga ega: avval Muqaddima, Asosiy qism va xulosadan iborat bo`ladi. Muqaddimada odatda konstitutsiya maqsadlari bayon qilinadi, uning yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari tavsiflab beriladi, ba'zan esa huquqlar va erkinliklar yohud davlat siyosatining rahbariy ibtidolari e'lon qilinadi.
Konstitutsiyaning ushbu qismi siyosiy va g`oyaviy nuqtai nazardan juda muhimdir. Muqaddimadagi qoidalar huquqiy normalar bo`lib hisoblanmasa-da, boshqa qoidalarni sharhlash va qo`llashda normativ ahamiyatiga egadir, ya'ni Muqaddimalar konstitutsiya normalar sharhlanishi lozim bo`lgan yo`nalishlarni ko`rsatib beradi.
Konstitutsiyaning Asosiy qismida inson va fuqarolar huquq va erkinliklar, ijtimoiy tuzum asoslari, davlat organlarining tizimi va statusi (darajasi) davlat timsollari, konstitutsiyaga o`zgarishlar kiritish tartibi tug`risidagi normalar beriladi.
Davlat organlari statusi to`g`risidagi normalar odatda hokimiyatning taqsimlanishi pirinsipiga mos ravishda beriladi; ko`pincha avval parlament to`g`risidagi, undan keyin sud hokimiyati to`g`risidagi va nihoyat mahalliy hokimiyatning tashkil etilishi to`g`risidagi normalar beriladi. Ba'zan esa butunlay boshqacha tartib ham ko`zga tashlanadi. Masalan, Ispaniya Konstitutsiyasida avval boshida davlat boshlig`i to`g`risidagi, so`ngra esa konstitutsiyaviy adliya organlari to`g`risidagi normalar berilgan. Ba'zan normalarning berilish tartibi davlatdagi ba'zi organlarning boshqalariga nisbatan ustuvoroq nufo`zga ega ekanligini ham ko`rsatadi. Masalan, Fransiya konstitutsiyasining Asosiy qismida avvalo Respublika Prezidenti to`g`risidagi, ikkinchi o`rinda xukumat to`g`risidagi normalar berilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mahalliy davlat hokimiyati , Sud hokimiyati to`g`risida normalar berib o`tilgan.
Xulosaviy qoidalarda turli normalar bo`lishi mumkin. Odatda xulosada konstitutsiyaning kuchga kirish tartibi, hokimiyatning yangidan tashkil etilayotgan organlarning tashkil etilish muddatlari, organik va boshqa qonunlar chiqarilish muddatlari ko`rsatiladi.
Vaqtinchalik qoidalarda birdaniga amalga kiritish imkoni bo`lmagan konstitutsiyaviy normalarining amalga kiritilishi muddatlari, eski konstitutsiyaviy normalarning yangilari bilan almashtirish tartiblari va muddatlari ko`rsatiladi.
Konstitutsiyaning qo`shimcha qoidalari asosiy qismga qaraganda boshqacharoq beriladi va ular ko`pincha sharhlash xarakterida bo`ladi. Ba'zi bir istisnolar ham odatda ko`shimcha qoidalar qismidan joy oladi.
Konstitutsiyaning ichki shakli quyidagi elementlarning majmuidan iborat:
1) konstitutsiyani ishlab chiqish tartibi;
2) konstitutsiyani rasmiylashtirish, qabul qilish tartibi;
3) konstitutsiyani tasdiqlash tartibi;
4) konstitutsiyaning ichki tuzilishi.
Konstitutsiyaga hayotga tatbiq etilishi , uning harakatlanishi, amalga oshishi uchun yuqoridagilar hali yetarli emas. Buning uchun konstitutsiyaning tashqi jihatini tashkil etuvchi elementlar, ya'ni tashqi shakli ham zohir bo`lishi lozim. Tashqi shakl konstitutsiyaning amalga oshirilish shaklini ham nazarda tutadi.
Konstitutsiyaning tashqi shakli quyidagi elementlardan (qismlardan) tarkib topadi:
1) konstitutsiyaning nomlanishi;
2) konstitutsiyani kuchga knritish tartibi (shakli);
3) konstitutsiyani amalga oshirish tartibi:
4) konstitutsiyani o`zgartirish (qayta ko`rib chiqish) tartibi;
5) konstitutsiyani muhofaza etish tartibi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi tuzilishi uning mazmuniga to`la muvofiq bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat oddida turgan vazifalarni samarali hal etishga ko`mak beradi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo`lim, 26 bob va 128 -moddadan iborat.
Muqaddima qisqa bo`lib, ko`tarinki ruhda yozilgan. Unda: konstitutsiyani xalq, ya'ni davlat hokimiyatining haqiqiy sohibi qabul qiladi va unda o`z irodasini ifoda etadi. Agar birinchi bo`lim konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari yig`indisidan iborat bo`lsa, ikkinchi bo`lim inson huquqlari to`g`risidagi normalar mavjud.
Respublika Konstitutsiyasining Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari to`g`risidagi bo`limi keng berilishi konstitutsiyaning mohiyatidan kelib chiqadi. “shaxs-jamiyat-davlat” munosabatlarni tartibga solinishi konstitutsiyaning tub mohiyatini tashkil etadi. Bunda shaxs omili birinchi o`rinda qo`yilgan.
Uchinchi bo`limda esa Jamiyat va shaxs munosabatlari tartibga solinib, fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklash, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlashga qaratilgavn normalar mavjud.
To`rtinchi bo`lim ma'muriy hududiy va davlat tuzilishiga bag`ishlangan. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi haqida alohida bob bor.
Beshinchi bo`limda Davlat hokimiyatini tashkil etilishi deb nomlanib, unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidentning huquqiy maqomi, ijro hokimiyatini, mahalliy davlat organlari, sud hokimiyatining huquqiy maqomlari ko`rsatib o`tilgan. Oltinchi bo`lim Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibini o`z ichiga oladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |