Osmoni keng beg’ubor ,
Shifo baxshdir navosi
Dimog’larni сhog’ etar ,
Uning shodon navosi
-boshlovchi
Bog’larida mevalar
Sharbat bo’lib pishadi,
Uzum olma behilar
Yo’lingizga tushadi.
Shunga ko’ra deydilar,
Serquyosh O’zbekiston
Baxtiyor bu zamonda
Yashnagan bog’u –bo’ston.
-boshlovchi
1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston ozod mustaqi Respublika deb e’lon qilindi .O’zbekiston davlat o’z Konstitutsiyasida , momo yeriga chegarasiga , davlatni boshqarish organlariga, davlat tiliga ,davlat ramzlari bayrog’i- gerb, madhiyasiga va boshqa ko’plab boyliklariga ega bo’ldi
Tinglovchi –
O’zbekiston Respuplikasi qonun bilan tasdiqlangandan o’z davlat va madhiyasiga ega
O’zbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi 5- modda
-boshlovchi
Bayroq –
Mustaqil yurt deb atalar
Yer yuzining bayrog’I
Bizda juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i
-boshlovchi
O’zbekiston Respuplikasining davlat bayrog’i , Oliy Kengashining 7-sessiyasida 1991 yil 18 –noyabrda tasdiqlangan
|
Bayrog’imizda moviy rang
Samodan berar darak
Oq rangida doimo
Yaxshilikdir mushtarak
-boshlovchi
Yashil rangi hayotdir ,
Ham yashnagan tabiat
Qip-qizil chizig’ida
Yashnagay yaxshi niyat
-boshlovchi
Osmon to’la yulduzlar
Bayrog’imizda belgi ,
Oy istiqlol nishoni
Mustaqillika belgi
-boshlovchi
O’zbekiston Respuplikasining davlat gerbi ,O’zbekiston Respuplikasi Oliy Kengashining 10 –sessiyasida 1992 yil 2-iyul kuni tasdiqlandi .
|
Tamg’ang borki ,ona yurt
O’zliging bor o’zing bor.
O’z tilingda yangragan
Dunyo tinglar so’zing bor
Gerbimizda tog’lar bor
Daryolar bor ,bog’lar bor
O’ng tamoni bug’doyzorlar
So’l tamoni paxtazor.
Chambarakka o’ralgan
Vodiy uzra quyosh bor
Hurligimizning ramzi
Xumo dega qushi bor
Bayrog’I bor Gerbi bor
Erk sevar O’zbekiston.
-boshlovchi
O’zbekiston Davlat Madhiyasi 1992 yil 10- dekabr da qabul qilingan Madhiya lotincha “Gimnn” so’zidan kelib chiqib ,tantana, ashullasi ma’nosini bildiradi. Respuplikamiz madhiyasining so’zlarini O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan , musiqasini O’zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov bastalagan .
|
-boshlovchi
Har sahar yangragan
Ulug’ madhiyam
Har satri hikmatga
To’liq madhiyam
Eng go’zal qo’shig’I
Ozod elimning
Muqaddas Madhiyam
Qutlug’ Madhiyam
-boshlovchi
O’zbekiston Respuplikasi Oliy majlisi oily davlat vakillik organi bo’lib , qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. ( O’zbekiston Respuplikasi Kostitutsiyasi 76 – modda)
-boshlovchi
O’zbekiston Respuplikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasi dadavlat ijro etuvchi homiyat boshlig’idir (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89 -modda)
-boshlovchi
O’zbekistonda davlat rahbari Prezident hisoblanadi 1990 yil 24 martda joriy etilgan va mustaqillikka erishgananimizdan so’ng 1991 yil 29 dekabrda Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti deb saylandi Hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov shunday so’zlarni aytadi.
-boshlovchi
Bolalarimiz bizdan ko’ra aqlli sog’lom va baxtli bo’lishi kerak
-boshlovchi
Bolalar bizning kelajagimiz!
-boshlovchi
Sog’lom avlod ,sog’lom kelajak
-boshlovchi
Y
urak gulzor bog’ bo’lsin,
Ko’kragimiz tog’ bo’lsin,
Istiqbolg aboshlagan
Yurtboshimiz sog’ bo’lsin
-boshlovchi
O’saversin bo’yimiz ,
Tinchlik orzu o’yimiz,
Bu dunyoda bor bo’lsin
O’zbekiston uyimiz
Hurmatli mehmonlar bugun biz “Bola huquqlari ” to’g’risidagi Konvensiya haqida ham so’z yuritamiz .
-Qani bolajonlar “Bola Huquqlari” to’g’risidagi Konvensiya haqida nimalarni tayyorladingiz ?
-boshlovchi
Bola to’g’risidagi Konvensiya budavlat tamonidan belgilangan va qo’riqlanadigan jamiyatda bolalarning o’zaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun -qoidalar me’yorlar majmuyi.
-boshlovchi
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti tamonidan 1980 yil -20 noyabrda qabul qilingan
-boshlovchi
2005 -yil BMTga a’zobo’lgan 194 ta dunyo davlatining 192 tasi tamonidan Konvensiya ratifikatsiya qilingan.
-boshlovchi
Konvensiyada 54 ta modda bo’lib 1- moddadan 41- moddagacha bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
-boshlovchi
41 - modda—Yurtimizda jismonan so’g’lom, komil insonni voyaga yetkazish maqsadida Asosiy qonunimizning 41—moddasida ushbu qoida belgilab qo’yilgan , -Har kim bilim olish huquqiga ega .Bepul umumiy ta’lim olish davlat tamonidan kafolatlanadi.
-boshlovchi
Qo’shiq
Vatan
Tonggi oppoq tilakdayin azizdirsan
Go’dakning sof kulgusidek lazizdirsan
Jannatmakon , onam kabi muqaddas
Umidlarim ro’yobisan o’zingsan Vatan.
-boshlovchi
She’rim senga Vatanim
Maqtaganda bulbul
Sayrab chamanni
Men nechun maqtamay
Ona Vatanim.
Mustaqil Vatanning
Men o’g’li erkin
Sevaman dunyoning
Lazzatin ko’rkin
-boshlovchi
Rahmat sizlarga , sizlar Konstitutsiya haqida va “Bola huquqlari” to’g’risidagi konvensiya haqida juda ko’p narsalarni bilar ekansiz O’z huquqlari to’g’risida bilgan inson hech qachon to’siqlarga uchramay , dadil qadam sari olg’a intilaveradi
Hurmatli mehmonlar, ustozlar mana bugungi tadbirimiz 8 –dekabr kuniga bag’ishlanib, biz o’z Konstitutsiyamizni chuqurroq bilishga intildik va sizlarga taqdim etdik.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |