O’zbekiston she’ri
-boshlovchi
Ozodlik tongining oltin shu’lasin
Nurlarin elimga sochib tur bugun.
Mustaqillik – shoirlarning so’zboshi
Ko’ngillarga ilhom bag’ishlar bugun,
Tanlading tinchlik va ozodlik yo’lin
Erkin el bo’lib qol , xalqim jahonim.
Oydin kelajakka qadaming shaxdam
Gullaver ,ona yurt – O’zbekistonim!
Do’stga quchoq ochgan, do’stga kon makon
Mehnatda zabardast , mardlarga makon,
Erkinlikni sevgan , ozodlikka kon
Quyoshli yurt mening O’zbekistonim!!
Betakrorimsan O’zbekiston!
Faxr ila boqaman go’zal yurtimga
Vatanim yagona , Vatanim bitta
O’zbekiston muqaddas , yurtim yagona
Bag’ri issiq hamxona , mehribon ona.
Ozodsan ,obodsan, bog’im , bo’stonim
Betakrorimsan, Yagonamsan
Ona Vatanim – O’zbekistonim!
Tinglovchi – Yer yuzidagi hamma mamlakatlarning o’z Konstitutsiyasi bor. Madhiya Gerb, Bayroq mamlakatning ramzi bo’lsa ,Konstitutsiya shu mamlakatning mazmunidir . Unda davlatning yo’nalishi bugungi va ertasi bayon qilingan.
-boshlovchi
Vatan bu butun olam , tabiat Vatan – bu charaqlagan quyosh ,bog’u-bo’stonlar, chamanzorlar, shirin mevalari, shirmoy nonlari bilan dunyoda yagona bo’lgan O’zbekistonimizdir!
Quvnoq o’g’il qizlarmiz
Yerdag iyulduzlarmiz,
Kelajakni ko’zlaymiz
Biz Vatann iertasi
Temurning avlodimiz
To’maris zuriyodi
Tinchlikdir murodimiz
Biz Vatann iertasi
Serquyosh o’lka
Tinglovchi –
Do’stlar mening yurtimni
O’zbekiston deydilar
Dong’u tutgan dunyoni
Bog’u–bo’ston deydilar
Do'stlaringiz bilan baham: |