“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 6-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
org
159
bo‘linayotganini aytish tabiat muxofazasi masalasi
davlat darajasidagi vazifa
ekanligini ta‘kidlashi kerak.
Jonajon o‘lka tabiati – daryolar, tog‘lar, o‘rmonlar to‘g‘risidagi matnlarni
o‘rganib turib, mamlakat hamda jumhuriyatning xalq xo‘jaligi uchun ularning
ahamiyatini ta‘kidlab o‘tish zarur. Bunday ma‘lumotlar vatanparvarlik
hissini vatan
bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o‘quvchilar tarbiyasida muxim omil xisoblanadi.
Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllanishi murakkab fikrlash jarayoning
natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib o‘qituvchi yorqin misollarda tabiat sirlarini
ochib rejali ravishda asta – sekin tabiat bilan tanishtirib borish shu ish uchun
poydevor yaratadi.
Bolalarni atrof muxit va odamlar hayoti bilan tanishtira borib o‘qituvchi aniq
misollarda tabiat hodisalari sabablarini tushuuntirib berishi kerak va o‘quvchilarning
bu hodisalar o‘rtasidagi oddiy bog‘lanishlarni tushunib olishlariga intilishlari kerak.
Natijada o‘quvchilar tabiat bir butunlik unda jism va hodisalar
bir biri bilan uzviy
aloqada bir-biriga bog‘liq ekanligini tushunib olishga imkon beradigan bilimlarni
to‘playdilar.
Biroq kichik yoshdagi maxsus maktab o‘quvchilari uchun faqat eng aniq ko‘zga
tashlanadigan aloqalar tushunarli bo‘ladi.
Chunonchi 1-2-sinf o‘quvchilari tabiatdagi mavsumy o‘zgarishlarni tabiatni
kuzatib kuzdagi va qishdagi hodisalar sovish, baxordagi esa ilish bilan bog‘liqligini
payqaydiganlar. 3-4- sinflarda kuzatishlar natijasida endi tabiatning ayrim elementlari
o‘rtasida oddiy bog‘lanishlar borligini aniqlaydilar. Bolalar nima uchun kun bilan tun
yil fasllarining almashinishi va hokazolarni bilib oladilar. Inson xo‘jalik
faoliyati
bilan tanishtirish o‘quvchilarga xar xil tabiy zonalarda vatanimiz tabiati xilma-
xiligining odamlar mehnat faoliyatining qiziqarli manzarasini ochib beradi.
Tabiatshunoslik darslarida moddiy dunyoqarash asoslari o‘qituvchi tomonidan
rejali ravishda uzoq vaqt davomida olib boriladigan ishlar jarayonida shakllanadi.
Tabiatshunoslikni o‘rgana boshlashdanoq o‘quvchilarda o‘simlik va hayvonot
dunyosi to‘g‘risida moddiy tushunchalarni
shakllantirib borish, amaliy ishlarni