- Bu usulda butun shaxta maydoni og‘ish (ko‘tarilish) bo‘yicha bitta gorizont deb qabul qilinadi. Gorizontning umumiy qiya balandligi bo‘yicha og‘ish (ko‘tarilish) yo‘nalishda uzun stolbalar hosil qilish qirquvchi lahimlar o‘tish orqali amalga oshiriladi (11.3-rasm).
- Gorizontlar bo‘yicha shaxta maydoni og‘ish (ko‘tarilish) yo‘nalishida uzun stolbalar qirquvchi lahimlar o‘tish orqali hosil qilinadi. Stolbalar odatda teskari yo‘nalishda qazib olinadi.
- Gorizontlar bo‘yicha tayyorlash usuli quyidagi sharoitlardan qo‘llaniladi: qalinligi 3,5-4m va va og‘ish burchagi 10-120 bo‘lgan qatlamlarda; qatlamning gazdorlik darajasi qancha katta bo‘lsa, bu usulni qo‘llanish zarurati ham oshib boradi; atrof kon jinslarining suvdorlik darajasi ko‘p bo‘lmay, uning miqdori turg‘un bo‘lgnda.
Gorizontni ko‘tarilish (og‘ish) yo‘nalishi bo‘yicha qazish stolbalariga bo‘lish mexanizatsiyalashgan ko‘mir qazish komplekslaridan keng foydalanish va ularning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Ko‘mir komplekslarini qo‘llash lava (kavjoy) – uzunligi katta va o‘zgarmas bo‘lishini talab etadi. Chunki uzun lavalarda kavjoy mexanizmlarini montaj va demontaj qilish ishlari kamayadi, bu esa, o‘z navbatda komplekslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. - Gorizontni ko‘tarilish (og‘ish) yo‘nalishi bo‘yicha qazish stolbalariga bo‘lish mexanizatsiyalashgan ko‘mir qazish komplekslaridan keng foydalanish va ularning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Ko‘mir komplekslarini qo‘llash lava (kavjoy) – uzunligi katta va o‘zgarmas bo‘lishini talab etadi. Chunki uzun lavalarda kavjoy mexanizmlarini montaj va demontaj qilish ishlari kamayadi, bu esa, o‘z navbatda komplekslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
- Er osti usulida ko‘mir qazish chuqurligini tobora oshib borishi ham shaxta maydonini gorizontlar bo‘yicha tayyorlash usulida keng foydalanishni taqozo etadi.
- Agar qatlam shaxta maydoni gorizont chegaralarida turli usullarda qismlarga ajratilgan bo‘lsa, bunday tayyorlash usulini aralash (kombinatsiyalashgan) usul deyiladi (11.3-rasm (g)).
- Bu usulda, masalan, bremsberg maydonini pollarga, uklon maydonini esa – qazish stolbalarga bo‘linadi.
- SHaxta maydonini aralash tayyorlash usuli qatlamning geologik yotish sharoitlari o‘zgaruvchan (og‘ish chizig‘i bo‘yicha og‘ish burchagi o‘zgaruvchan, gazdorlik darajasi ko‘payib borishi, qazish ishlariga geologik buzilishlarning ta’sir etishi vash u kabilar) bo‘lganda, shuningdek, shaxtadan qazib olinadigan ko‘mir hajmini ko‘paytirish (rekonstruksiya qilish asosida) zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |