Qavatli tayyorlash usuli. Agar shaxta maydoni yoki gorizontni og‘ish bo‘yicha cho‘ziqlik yo‘nalishiga nisbatan uzun uchastkalarga ajratilsa, bunday uchastkalarni qavat deb yuritiladi va shaxta maydonini qazishga tayyorlash qavatli usulda amalga oshiriladi.

Qavat – bu og‘ish bo‘yicha tashish va shamollatish shtreklari, cho‘ziqlik bo‘yicha shaxta maydoni chegaralari bilan chegaralangan shaxta maydonining bir qismi.
Qavatli chegaralovchi shtreklar qavat shtreklari deb ataladi. Gorizontdagi barcha qavatlarga bitta bremsberg yoki uklon xizmat ko‘rsatadi, shu sababli ularni kapital bremsberg yoki uklon deb yuritiladi.
O‘ta qiya va tik qatlamlarda har bir qavat o‘ziga hizmat qiluvchi kvershlaglar bilan chegaralanadi, ya’ni pastdan tashish va yuqoridan shamollatish kvershlaglari bilan chegaralanadi.
11.3-rasm. Shaxta maydonini qavatlarga (a), pollarga (b), qazish stolbalariga (v) va aralash usulda tayyorlash (g): 1 va 2 –bosh va yordamchi stvollar; 3-bosh tashish shtreki; 4-bremsberg; 5-uklon; 6-qazish maydoni; 7-qazish stolbasi; I – IV – qavat va pollarni qazib olish tartibi

Qatlamning og‘ish chizig‘i bo‘yicha qavatning yuqori va pastki chegaralari orasidagi masofa uning vertikal balandligi deyiladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.

Ko‘p hollarda qavat qanoti cho‘ziqlik bo‘yicha kichikroq qismlarga bo‘linadi va ular orqali uchastka (oraliq) bremsbergi yoki sirpanmalar (skatlar) o‘tiladi.
Bitta bremsberg yoki sirpanma hizmat ko‘rsatadigan qavat qismi qazish maydoni deb ataladi. Ushbu lahimlarning o‘tilgan joyiga nisbatan qazish maydoni bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘lishi mumkin.