Konchilik ele k tr mexanikasi



Download 3,57 Mb.
bet8/26
Sana20.06.2022
Hajmi3,57 Mb.
#683422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Амалий иш эл маш 2021 учун (1)

Yechish. Yuklamaning nominal toki:
Inom = Pnom/Unom= 10000/110 = 91 A,
qo‘zg‘atish toki Iqo’z.nom = 4,55 A . Generatorning EYuKi:
E = Unom + InomRya = 110 + 91 • 0,05 = 114,55 V.
Motoming elektromagnit momenti:
M = 9,55E Inom/nnom = 68,2 N • m


AMALIY ISH №7
Mavzu: Ketma-ket quzg’atishli o’zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.


Ishning maqsadi: Ketma-ket quzg’atishli o’zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash printsipini urganish.
O’zgarmas tok mashinalari, o’zgarmas tok manbalari (generator) rejimida xamda, o’zgartkich texnikasi jadal rivojlanishi bilan asinxron mashinalarining boshqarilish xususiyatlari ortishi sababli, avvvalgi vaqtlarda qulay boshqarilish xususiyatlari bilan ajralib turgan motor rejimida ishlatilib, amaliyot uchun muxim bo’lgan quyidagi afzalliklarga ega:
a) aylanish chastotasining oson usulda keng diapazonda ravon o’zgartirilishi;
b) nisbatan kichik tok miqdori yordamida katta ishga tushirish momentini hosil qilinishi;
v) o’ta yuklama bilan ishlash qobiliyatining nisbatan kattaligi;
g) har xil bikirlikka xos (aylanish chastotasi kam yoki ko’p o’zgaradigan) mexanik tavsiflarni olish imkoniyati mavjudligi.
O’zgarmas tok mashinalarining tuzilishi
O’zgarmas tok motor (O’TM)lari elektr transportida, avtomatik rostlash tizimlari, jo’valash dastgohlari, yuk ko’tarish kranlari, ekskavatorlar, metallarga ishlov berish dastgohlari, to’qimachilik sanoatida ishlatiladi. O’T generatorlari esa O’T energiya manbai sifatida (katta quvvatli O’TM larni O’T energiyasi bilan ta’minlashda) ishlatiladi.
O ’T mashinalari shcho’tka-kollektor apparatlarining ishi bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklari mavjud, ya’ni katta yuklamada cho’tkalar bilan kollektor orasida yuzaga keladigan uchqunlanish mashina ishiga salbiy ta’sir ko’rsatib ishonchlilik darajasini pasaytiradi. SHu sababli O’T mashinalarini port-ashga xavfli bo’lgan muhitlarda ishlatib bo’lmaydi. Kollektor O’T mashinasining konstruktsiyasini murakkablashtiradi, ekspluatatsiya jarayonida uni muntazam nazorat qilib turish talab qilinadi. O’TM qisqa tutashgan rotorli asinxron motorga nisbatan 2,53 marta qimmat va uni ishlatish uchun O’T energiya manbasi yoki o’zgaruvchan tokni to’g’rilagich qurilmasi zarur bo’ladi.
Lekin, so’nggi yillarda O’TM ni reostatsiz ishga tushirishga imkon be-radigan O’T ni rostlashning tejamli metodi ishlab chiqilganligi; O’T yurit-masi chastota vositasida rostlanadigan yuritmaga nisbatan arzonligi; kol-lektorsiz O’T mashinalari ham ixtiro qilinib amalda qo’llanila boshlan-ganligi kollektor bilan bog’liq bo’lgan jiddiy kamchilikka nisbatan barham berilib ishonchlilik daraja yaxshilanmoqda.
O’T mashinasining qo’zg’almas qismini – stator, aylanuvchi qismini esa – yakorь deyiladi. Stator – sifatli po’latdan tayyorlanadigan stanina va uning ichki yuzasiga joylashtirib mahkamlangan bosh hamda qo’shimcha qutblardan iborat. Stanina va qutblar o’zagi mashina magnit sistemasining tarkibiy qismiga kiradi.
O ’T mashinalari qo’zg’atilish usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: mustaqil, ketma-ket, parallel, aralash qo’zg’atishli va doimiy magnitli.
O’T mashinasining mustaqil qo’zg’atishli turida qo’zg’atish chulg’amiga tash-qi O’T manbasidan tok berib asosiy maydon hosil qilinadi; parallel qo’zg’atishlida mashinaning asosiy magnit maydoni qutb o’zagidagi qoldiq magnit oqimi ta’sirida, ya’ni o’z-o’zini qo’zg’atish hodisasi tufayli hosil bo’ladi; ketma-ket qo’zg’atishli turida mashinaning asosiy maydoni yuklama ulangandan keyingina hosil bo’ladi, chunki
qo’zg’atish chulg’ami yakorь chulg’amiga ketma-ket ulangan bo’ladi; aralash qo’z-g’atishli turida, yuksiz ishlash rejimda mashina-ning asosiy magnit maydo-nini parallel qo’zg’atishli chulg’am hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa qo’zg’atish maydonini parallel va ketma-ket qo’zg’atish chulg’amlarining natijaviy maydoni tuf-ayli hosil bo’ladi.




Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish