Yechish. Transformatordagi isroflami hisobga olmay, ikkinchi chulg‘amdagi tokni topish mumkin I2 = k I1= 20 А . Berilgan tok zichligiYmax = 2 A/mm2 ni hisobga olib chulg'amlar mis simining kesim yuzini aniqlaymiz: Smis= I2/jmax = 10 mm2. Avtotransformatoming ikkilamchi chulg‘amidagi tok I2= I1 + I3, ya’ni chulg‘amlaming umumiy qismidagi tok I3= 10 A, chulg‘amlaming ko‘ndalang kesim yuzi Smis = 10/jmax = 5 mm2. Shunday qilib, misning aktiv kesim yuzi ikki baravar, ya’ni 1(1-1/k) ga kamayadi. Foydalanish koeffitsienti qancha kam bo‘lsa, shuncha mis iqtisod bo‘ladi va avtotransformatoming o‘lchamlari kichrayadi.
AMALIY ISH №4
Mavzu: Transformatorlarning parallel ishlash shartlari bilan tanishish.
.
Ishning maqsadi: Transformatorlarning parallel ishlash shartlarini o’rganish.
Ikki (yoki undan ko’p) transformatorlarning birlamchi chulg’amlari bitta elektr tarmog’idan (manbaidan) energiya bilan ta’minlanib, ikkilamchi chul-g’amlari esa umumiy iste’molchiga (yoki tarmoqqa) ulangan holdagi ishini transformatorlarning parallel ishlashi deyiladi.
Transformatorlarni parallel ishlatish iste’molchilarni elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlashda katta amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, parallel ishlayotgan transformatorlardan birortasida avariya holati sodir bo’lsa yoki ta’mirlash uchun uni manbadan ajratganda ham energiya ta’minoti uzilmaydi, chunki bu holda iste’molchilar elektr energiyani parallel ishla-yotgan boshqa transformator(lar)dan oladi.
Podstantsiyaning umumiy yuklamasi oshganda parallel ishlayotgan trans-formatorlarning soni oshirilib, yuklama kamayganda esa transformator-larning bir qismi tarmoqdan ajratib qo’yiladi. Transformatorlar yukla-masining shu tarzda optimallanishi, ularning energetik ko’rsatkichlari (FIK va cos)ni yaxshilaydi.
Transformatorlarni parallel ishlashga ulash shartlari. Transfor-matorlarni parallel ishlashga ulashda ularning chulg’amlarida tenglashti-ruvchi toklarning vujudga kelmasligi va umumiy yuklama parallel ulangan transformatorlarning quvvatiga mos holda taqsimlanishi zarur bo’ladi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi talab qilinadi:
1) parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishlari o’zaro teng (U1.N(I)= U1.N(II)= …) va ikkilamchi nominal kuchlanishlari ham teng bo’lishi, ya’ni liniyaviy transformatsiyalash koeffitsientlari (kℓ) bir xil bo’lishi lozim:
kl.I kl.II kl.III ... (6.5)
2) parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo’lishi kerak, ya’ni
uqt. I uqt. II uqt. III ... (6.6)
3) transformatorlar chulg’amlarining ulanishi bitta guruhga taalluqli bo’lishi lozim.
I kkita bir fazali kuch transformatorlarini parallel ishlashga ulash
sxemasi 6.5,a-rasmda va parallel ishlashga ulangan ikkita uch fazali kuch transformatorining sxemasi 6.5,b-rasmda ko’rsatilgan.
Transformatsiyalash koeffitsientlari kl, ularning o’rta-cha arifmetik qiymatlaridan farqi 0,5 foizgacha, qisqa tutashuv kuchlanishlari uqt esa
(10) foizgacha farqli bo’lgan hollarda ham transformatorlarni parallel ishlatish mumkinligi standartda belgilangan. Undan tashqari parallel ish-laydigan transformatorlar nominal quvvatlarining farqi uch martadan osh-masligi kerak, chunki transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi uqt uning nominal quvvati va kuchlanishi oshgan sari oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |