AMALIY ISH №1
Mavzu: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlashini o’rganish.
Ishning maqsadi: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Transformatorlarni asosiy va qushimcha qismlari bilan tanishish.
E lektromagnit induktsiyasi hodisasi transformatorlar nazariyasining asosini tashkil qiladi. Faradey buni quyidagicha ta’riflagan. «Vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o’tayotgan o’tkazgichda hosil bo’lgan EYuK ning qiymati magnit induktsiya V ga, o’tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to’g’ri proportsional bo’ladi, ya’ni Ye Vlv». Va buning aksi - elektromagnit induktsiyasi qo’zg’olmas o’tkazgich va harakatdagi magnit maydoni (o’zgaruvchan magnit maydoni) bo’lganda ham sodir bo’lishi mumkin. Bu hodisani Maksvell ta’riflagan - «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o’tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o’zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni ye – dFdt».
1-rasmda oddiy bir fazali ikki chulg’amli kuchlanishni pasaytiruvchi transformator magnit o’tkazgich va uning o’zaklariga joylashtirilgan o’ramlar soni w1 bo’lgan YuK (birlamchi) va o’ramlar soni w2 bo’lgan PK chulg’amlarni tasvirlash oson bo’lishi uchun ular har xil o’zakda joylashtirilgan holda ko’rsa-tilgan. Real transformatorlarda magnit bog’lanishni yaxshi ta’minlash uchun PK va YuK chulg’amlar bitta o’zakda joylashtiriladi.
Ikkilamchi chulg’ami yuklamadan uzilgan transformator birlamchi chulg’ami o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, birlamchi chulg’amdan yuksiz ishlash toki I1 I0 oqib o’tadi. Uning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r I0 shu chulg’amda magnit yurituvchi kuch (MYuK) I0.rw1 ni vujudga keltirib, u esa o’z navbatida, asosiy (F) va tarqoq (Fσ1) magnit oqimni hosil qiladi (Fσ1 to’la magnit oqimning taxminan 0,1 0,25 foizini tashkil qiladi).
MASALA
Bir fazali transformator magnit o‘tkazgichining ko'ndalang aktiv kesimining yuzi 20 sm2 va nominal rejimda magnit induksiyasi Bmax = 1,2Tl. Chulg‘am o‘ramlarining soni W1 = 400 va W2= 50, chastota / = 50 Gs. Transformator bir o‘ramining EYuKi, birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaming EYuKi hamda transformatsiya koeffitsienti aniqlansin.
Yechish. Magnit o‘tkazgichdagi magnit oqimning maksimal qiymatii Фmax = BS = 1,2 • 20 • 10-4 = 2,4 • 10-3 Vb. Ikkala chulg‘amning har bir o‘ramidagi EYuKning ta’sir etuvchi qiymati bir xil E0= 4,44 f Фmax = 4,44 • 50 • 2,4 10-3 = 0,53 V . Chulg‘am qismalaridagi EYuK o‘ramlar soniga proporsional, ya’ni El = w1·E0=212 V va E2= w2E0 = 265 V . Transformatsiya koeffitsienti k = wl/w2 = E1/E2 = 0,8
Do'stlaringiz bilan baham: |