AMALIY ISH №20
Mavzu: Elektr yuritmalarni tok bo`yicha avtomat boshqarish sxemasi bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Elektr yuritmalarni avtomat ravishda boshqarish usullarini va ularning sxemalarini o’rganish.
Elektr yuritmalarni tok bo’yicha avtomat boshqarish sxemalarini o’rganish.
Elektr yuritmalarni reostatli ishga tushirish jarayonida iste’mol toki belgilangan
qiymatlar oralig’ida o’zgaradi. Tok qiymatlarining o’zgarishiga yuritgichni avtomat ravishda boshqarishni moslash mumkin. Buning uchun boshqarish tizimida tok relelari qo’llaniladi, ular yordamida pog’onalar qarshiliklari belgilangan tartibda ulanadi yoki uziladi. Tok relelari elektr yuritmaning kuch zanjiriga bevosita, transformator yoki shuntlar orqali ulanishi mumkin. Avtomat boshqarishning bu usulini quyidagi sxemalar misolida o’rganiladi.
Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish
21-rasm. Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish sxemasi
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayoni amalga oshirish uchun QF avtomati ulanib, sxemani ishga tayyorlanadi. Ishga tushirish knopkasi SVS ulanganda, KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontakti bilan yuritgichning yakorini R1 va R2 reostat pog’onalari orqali tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SVS knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi.
Tarmoqqa ulangan yuritgich bilan birga uning zanjiridagi KA1 tok relesi ham ishga tushadi va KM1 zanjiridagi kontaktini uzadi. Yuritgichning tezligi oshib boradi, undagi E.Yu.K ham ortadi va tok kamayadi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA1 tok relesining yakori ortga qaytadi va KA1 kontakti ulanadi, buning natijasida KM1 kontaktori ishga tushadi. U o’zining kontaktlari bilan R1 qarshilikni shuntlaydi, KA2 tok relesini va KM2 kontaktor zanjirlarini ulaydi. KA2 tok relesi ishga tushib, KM2 kontaktor zanjiridagi kontaktni uzadi. Yuritgich zanjirida qarshilik kamaygani uchun uning tezligi yana ham osha boshlaydi, E.Yu.K ham ortib boradi va tok kamayadi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA2 tok relesining yakori ortga qaytadi va KA2 kontakti ulanadi. Buning natijasida KM2 kontaktori ishga tushadi. U o’zining kontakti bilan R2 qarshiligini shuntlaydi. Yuritgichning zanjirida qo’shimcha qarshilik qolmagani uchun tezligi yana ham oshadi va u tabiiy mexanik tavsifida ishlay boshlaydi.Ketma-ket qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish
22-rasm. Ketma-ket qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichini tok bo’yicha avtomat boshqarish sxemasi.
Bu elektr yuritmaning boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun QF avtomati ulanib, sxema ishga tayyorlanadi.
Ishga tushirish knopkasi SVS ulanganda, KM kontaktori ishga tushadi. U o’zining asosiy kontakti bilan yuritgichning yakorini R1 va R2 reostat pog’onalari orqali tarmoqqa ulaydi, yordamchi kontaktlari bilan esa SVS knopkasini shuntlaydi va KM1 kontaktori zanjirini ulaydi.
Tarmoqqa ulangan yuritgich bilan birga uning zanjiridagi KA tok relesi ham ishga tushadi va boshqarish zanjiridagi kontaktini uzadi. Kontaktor KM1 ishga tushmaydi, chunki R qarshilikning qiymati shunday tanlanganki, undan oqayotgan tok kontaktorni ishga tushirishga yetmaydi, lekin ishga tushganda ushlab turishga yetadi.
Yuritgichning tezligi oshib borib, undagi E.Yu.K ham orta boradi va tok kamayadi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA tok relesining yakori ortga qaytadi va KA kontakti ulanadi, buning natijasida KM1 kontaktori ishga tushadi (chunki tok uning ishlashi uchun yetarli bo’ladi). U o’zining kontaktlari bilan R1 qarshiligini shuntlaydi va KM2 kontaktori zanjirini ulaydi. Zanjirda qarshilik kamayib, tok oshgani uchun KA tok relesi yana ishga tushadi va boshqarish zanjiridagi kontaktni uzadi. Yuqorida aytilganga ko’ra, KM2 kontaktori ishlamay turadi. SHu bilan birga yuritgichning tezligi oshib boradi, E.Yu.K orta boradi, tok kamaya boshlaydi. Tok ma’lum qiymatga kamayganda KA tok relesining yakori yana ortga qaytadi va uning KA kontakti ulanadi. Buning natijasida KM2 kontaktori ishga tushadi va o’zining kontakti bilan R2 qarshiligini shuntlaydi. Yuritgichning zanjirida qo’shimcha qarshilik qolmagani uchun tezligi yana ham oshadi va u tabiiy tavsifda ishlay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |