Mikroprotsessor
Mikroprotsessor programmalarning ishlashini taʼminlaydi va kompьyuter boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning tezligini taʼminlaydi. IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari oʼrnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlarning Intel-8088, 80286, 80386SX, 80386, 80486 , Pentium kabi turlari mavjud.
Dastlabki kompyuterlar Intel-8088 asosida qurilgan boʼlib, ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel-80286, 80386 mikroprotsessorlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqarmoqda. Firmaning Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprotsessori oʼrnatilgan kopmyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Rgoning amallarni bajarish chastotasi 150 Mgts ( Rentumda 133 Mgts) boʼlib, u Pentiumga nisbatan ishlash tezligi 40% ga koʼproќdir. Bugungi kunga kelib esa bu mikroprotsessorlarning tezligi 4 Ggts ga yetdi
1991 yildan boshlab IBM, Motorola, Fire Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprotsessorini ishlab chiqarishga kirishdi va bu borada muvaffaqiyatga erishdi. Shunday boʼlsada, Pentium narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni oʼziga koʼproq jalb qilmoqda.
Notebooklap ham 3 Ggtsli Pentium mikroprotsessorlari asosida ishlamoqda.
Pentium mikroprotsessoridan murakkab ћisoblar va tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq. Oddiy ishlar uchun esa mikroprotseesorlarning dastlabki turlaridan foydalanish mumkin.
Operativ xotira
Operativ xotira oʼzida komьpyuterda ishlayotgan programma va maʼlumotlarni saqlaydi. Maʼlumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga koʼchiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter oʼchirilishi bilan operativ xotiradagi maʼlumotlar oʼchiriladi. (6-rasm)
Qattiq disk
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va maʼlumotlarni doimiy saќlash uchun qoʼllaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, tahrirlagichlar, programmalash sistemalari, amaliy programmalar, maʼlumotlar va hokazolar. (7a va 7v – rasm).
Yopiq qattiq disk Ochiq qattiq disk
• Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompьyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va ћokazolar) turli ќurilmalar ishi¬ni boshќaradi.
• Kiritish — chiќarish porti orќali protsessor tashќi ќurilmalar bilan maʼlumot almashadi.
• Ichki ќurilmalar bilan maʼlumot almashuvi uchun maxsus portlar, ћamda umumiy portlar mavjud.
• Umumiy portlarga printer, sichќoncha ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil boʼladi: parallel — LPT1 — LPT4 bi¬lan belgilanadi va ketma — ket — SOM1 — COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish — chikishni ketma — ket portga nisbatan tezroќ bajaradi.
Disketalar
Disketalar maʼlumotlarni bir kompьyuterdan ikkinchisiga oʼtkazish va maʼlumotlarni saќlash uchun ishlatiladi. (8-rasm)
3.5 dyuymli (89 mm) disketalar hajmi 0.72, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar koʻproq tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |