«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S. T. Kubayev, U. I. Murtazayeva kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


Base-F standartining uch xil varianti mavjud



Download 4,8 Mb.
bet50/68
Sana23.04.2022
Hajmi4,8 Mb.
#576182
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Bog'liq
2 5242208013711836164

10Base-F standartining uch xil varianti mavjud:
a) FOIRL (Fiber Optic Inter-Repeater Link) standarti - bu variantda konsentratorlar orasidagi masofa ko’pi bilan 1 km, tarmoqning umumiy uzunligi, ya’ni diametri esa 2500 m bo’lishi mumkin. Ixtiyoriy olingan stansiyalar orasida 4-tagacha konsentrator ulanishi mumkin, ya’ni «4-tagacha xablar» qoidasi amal qilishi kerak.
b) 10Base-FL standarti – bu xil tarmoqlarning FOIRL standarti tarmoqlaridan farqi shuki, stansiya bilan konsentrator orasidagi konsentrator bilan konsentrator orasidagi) masofa ko’pi ilan 2 km gacha bo’lishligidir.
v) 10Base-FB standarti - bu standart esa konsentratorlarni ulash uchun ishlatiladi. Stansiyalar undan foydalana olmaydi. Bunda bitta segmentning uzunligi 2 km gacha bo’lishi, segmentlar soni esa 6-tagacha bo’lishi (ya’ni 5-tagacha konsentratorlar ulanishi) mumkin, hamda tarmoqning umumiy uzunligi 2740 m bo’lishi mumkin.
IEEE 802.11 standartining oilalari
Hozirgi kunda IEEE 802.11 standartining ko’pgina oilalari mavjud.
1. 802.11 – dastlabki asosiy standart. Radiokanal bo’yicha 1 va 2 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.
2. 802.11a – katta tezlikli WLAN standarti. 5 GGs chastotali radiodiapazonda 54 Mbit/s tezlikli kanal xosil qila oladi.
3. 802.11b – eng keng tarqalgan standart. 2,4 GGs diapazonida radiokanal bo’ylab 11 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.
4. 802.11s – simsiz tarmoq ko’priklarining (most) ishlashini belgilab beruvchi standart. Ushbu spesifikatsiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan kirishga ijozat nuqtalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
5. 802.11d – standart simsiz tarmoq uskunalari va kanalning fizik
parametrlariga (nurlanish quvvati va chastota diapazoni) turli mamlakatlarning me’riy-huquqiy talablarini belgilab beradi.
6.802.11e – ushbu standartning yaratilishi multimedia vositalaridan foydalanish talabi bilan bog’liq. U audio va videotrafiklarga nufuzni berish mexanizmini belgilab beradi. So’ralgan ma’lumot sifatini talab qilish har bir IEEE WLAN radiointerfeyslari uchun zaruriy.
7. 802.11f – autentifikasiya bilan bog’liq bo’lgan ushbu standart mijozning tarmoq segmentlari bo’ylab siljib yurishida turli aloqa nuqtalarining o’zaro bog’lanish mexanizmini belgilab beradi. Standartning boshqacha nomi Inter Access Point Protocol va u bir xil saviyaga ega bo’lgan kirishga ijozat nuqtalari orasidagi bog’lanish mexanizmini belgilab beradi.
8. 802.11g – 2,4 GGs chastotasida signalni modulyasiyalovchi qo’shimcha texnikani o’rnatadi va shu chastotada radiokanal bo’ylab 54 Mbit/s tezlikka ega ma’lumot uzatishga mo’ljallangan.
9. 802.11h – ushbu standartning ishlab chiqilishi 802.11a standartining Yevropada qo’llanilish muammolaridan kelib chiqqan. Chunki, Yevropada ba’zi yo’ldoshli aloqa tizimlari 5 GGs diapazonida faoliyat yuritadi. O’zaro xalaqitlarni kamaytirish uchun 802.11h standartida ma’lumotlarni uzatish chastotasini tanlash va nurlanish quvvatini boshqaruvchi “kvaziintellektual” mexanizm yaratilgan. Ushbu standart 5 GGs chastota spektrini boshqarishni belgilab beradi va Yevropa hamda Osiyo uchun mo’ljallangan.
10. 802.11i (WPA2) – ushbu spesifikasiyaning yaratilishidan asosiy maqsad, simsiz tarmoqlarning xavfsizligini oshirishdir. Bunda, bir qator ximoya funksiyalari qo’llanilgan bo’lib, simsiz tarmoq orqali axborot almashinuvi vaqtida AES texnologiyasi yordamida 128, 192 va 256 bit uzunlikli kalitlar yordamida shifrlash algoritmi qo’llanilgan. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan barcha uskunalarning 802.11i standarti bilan, jumladan Intel Centrinoning ham moslashganligi hisobga olingan. Bu standart 802.1X, TKIP va AES protokollarini qo’llab-quvvatlaydi.
11. 802.11j – standart Yaponiya uchun mo’ljallangan bo’lib, 802.11a ni 4,9 GGs chastotada ishlaydigan qo’shimcha kanal bilan kengaytiradi.
12. 802.11n – istiqbolli standart bo’lib, hozirgi kunda ishlab chiqish jarayonida xamda radiokanalning o’tkazuvchanlik kengligini 100 Mbit/s gacha yetkazishga mo’ljallangan.
13. 802.11r – ushbu standart universal va moslashgan rouming tizimini yaratishga qaratilgan xamda mijozlarning bir tarmoq xududidan ikkinchisiga o’tish imkonini yaratadi.



Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish