Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. O‘zbek tilida so‘z turkumlarini modellashtirish.
3. O‘zbek tilidagi gaplarning modellari.
Glossariy
Analiz (tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishi) va sintez (kompyuterda matnning grammatik shakllanti- rilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) - kompyuter lingvistikasining tayanch tushun- chalari. Morfologik analiz morfemalarga ajratish hamda grammatik maiumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi. Morfologik sintez esa matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoki uning so‘nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga havola qi- lishda) so‘zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini umumlashtirish- dan iborat. Morfologik analiz va sintez jarayoni kompyuterda kodlash-dekod- lash tamoyili asosida ishlaydi. Morfologik analizning mantiqiy davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
Freym - bilimlar strukturasiga oid tayanch tushunchalardan biri. Freym - (inglizcha «frame» - «karkas», «ramka», «skelet» ma’nolarini anglatadi) sun’iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda ko‘p kuzatiladigan, tipik) vaziyatlarni gavdalantirishning bir usuli sanaladi. Ya’ni freymga modellashtirilayotgan hodisa, vaziyat va jarayonlarni umumlashtirilgan holda joylashtirish mumkin. Freym - mavhum obraz modeli bo‘lib, muayyan obyekt, voqea-hodisa, vaziyat va jara- yonlarning formal tavsifi demakdir (masalan, restoranga borish, shifokor qabu- lida bo‘lish, ma’ruzalarga qatnashish, tug‘ilgan kun, futbol o‘yini kabi tipik vaziyat- lar). Dastlab «freym» termini XX asrning 70-yillarida Marvin Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o‘z ichiga oluvchi bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan. Shundan so‘ng freym semantikasi konsepsiyasi (frame semantics) amerikalik tilshunos Charlz Fillmor tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsi- yaga ko‘ra, so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar, matn ma’nosi sahnalar bilan uyg‘unlashtirilgan, shartlangan bo‘ladi. Bir freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.
Freymlar sun’iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym- rollar, freym-ssenariylar, freym-vaziyatlar. Freymlar tizimi birlashib, semantik tar- moqni hosil qiladi. Freym kompyuter xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar om- boriga tayanib olamni maxsus shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki bir necha elementlarning majmui hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos belgilar ma’nosi qayd etilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |