Chastotali lug‘atlar - matnda so‘zlarning ishlatilish chastotasi (qay darajada ishlatilishi, tez-tez ishlatilishi)dan kelib chiqqan holda tayyorlanadigan so‘zliklar. Chastotali lug‘atlar statistik leksikografiyaning rivoji natijasida yuzaga kelgan. Bunday lug‘atlar, ayniqsa, til o‘qitish jarayonida leksik minimumlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. So‘zlarning chastotasini aniqlash linvostatistik tahlillar yordamida amalga oshiriladi. Chastotali lug‘atlar kompyuterning lingvistik informatsion bazasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |