O‘QUV MATERIALLAR
|
5
|
|
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
|
5
|
|
1-MA’RUZA “Kompyuter lingvistikasi” faniga kirish
|
5
|
|
2-MA’RUZA Kompyuter lingvistikasining boshqa fanlar bilan aloqasi
|
11
|
|
3-MA’RUZA Kompyuter lingvistikasining asosiy yo’nalishlari
|
19
|
|
4-MA’RUZA Lingvistik bilimlar bazasi
|
23
|
|
5-MA’RUZA Morfologik tahlilning avtomatik tizimi
|
28
|
|
6-MA’RUZA Sintaktik tahlilning avtomatik tizimi
|
36
|
|
7-MA’RUZA Kompyuter leksikografiyasi
|
45
|
|
8-MA’RUZA Kompyuter lingvodidaktikasi
|
53
|
|
9-10-MA’RUZA Mashina tarjimasi
|
61
|
|
11-MA’RUZA O‘zbek tilining axborot uslubi
|
73
|
|
12-MA’RUZA Matnlarni avtomatik tahrirlash
|
78
|
|
13-14-MA’RUZA Kompyuter lingvistikasida metodlar
|
86
|
|
15-MA’RUZA Kompyuterda matnlarni qayta ishlash tizimlari
|
91
|
|
16-MA’RUZA Qidiruv va ekspert tizimi haqida tushuncha
|
100
|
|
17-18-MA’RUZA Korpus lingvistikasi
|
111
|
|
AMALIY MASHG'ULOTLAR
|
115
|
|
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
|
153
|
|
GLOSSARIY
|
156
|
|
ILOVALAR
|
161
|
|
FAN DASTURI
|
161
|
|
ISHCHI FAN DASTURI
|
168
|
|
TARQATMA MATERIALLAR
|
180
|
|
TESTLAR
|
184
|
|
BAHOLASH
|
196
|
1-MA’RUZA
KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANIGA KIRISH
Reja:
1. “Kompyuter lingvistikasi” fanining mundarijasi, maqsadi, vazifasi.
2. Tilning ijtimoiy va informativ funksiyasi.
3. “Kompyuter lingvistikasi” fanining asosiy masalalari.
Tayanch tushunchalar: tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuterdan unumli foydalanish, tillarga o‘qitish, bilimlarini baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, kompyuter vositasida hal qilish yo‘llarini o‘rganish, matematik mantiq asoslari, tabiiy tillarning matematik modeli, o‘zbek tilining matematik modeli, o‘zbek tilining kompyuter uslubi.
Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX (1816-yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo‘nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning «chorrahasida» (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: biokimyo, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o‘zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo‘ladi.
Kompyuter lingvistikasi ikki rivojlanish bosqichini o‘z ichiga oladi:
1. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |