Poliamidli tolalar. Poliamid moddalaridan olinadigan tolalar luiruhiga kapron, anid, enantlar kiradi. Bulardan keng qo‘llaniladigani kaprondir. Kapron olishdagi xomashyo benzol,fenol yoki siklogeksanni kimyo zavodlarida qayta ishlab kaprolaktam olinadi. Sintetik tolalar zavodida kaprolaktam sintez reaksiyasi orqali polikaprolaktam (poliamid) degan yuqori molekulali moddaga aylantiriladi. Tolani shakllantirish uchun u eritma holatiga keltiriladi. Shakllantirish quruq usulda o‘tkaziladi. Yangi olingan tola cho‘ziladi, eshiladi, issiq suv bilan yuviladi, quritiladi. Anid va enant tolalarini ishlab chiqarish jarayonlari kapronnikidan uncha farq qilmaydi.
Poliamid tolalar silindr shaklida bo‘lib, tovlanuvchanligi katta bo‘ladi. Mustahkamligi, qayishqoqligi va ishqalanishga chidamliligi yuqori. Salbiy ko‘rsatkichlarga kapronning past gigroskopligi va issiqqa chidamasligi kiradi. Kapron gazlamalar, paypoqlar, trikotaj matolari va buyumlari, iplar, lentalar, baliq ovlash to‘rlari va hokazolar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Poliefirli tolalar. Poliefirli tolalar guruhiga lavsan kiradi. U neftni qayta ishlash jarayonida chiqqan mahsulotlardan ishlab chiqariladi. Lavsan olinish jarayoni, tuzilishi va xossalari jihatidan kapronga o‘xshaydi. U mustahkam, qayishqoq, sovuqqa, kuyaga, ishqalanishga chidamli. Gigroskopikligi past bo‘lganligi sababli ho‘l holatda xususiyatlari o‘zgarmaydi va gazlamalar to‘qishda shtapel tola tarzidagi lavsanga tabiiy tolalar yoki viskoza aralashtiriladi. Ayniqsa, unga junga aralashtirib ishlatish kengqo‘llanilmoqda.
Sof lavsandan g‘altak ip, to‘r, texnik gazlamalar, sun'iy mo‘yna, gilam va shunga o‘xshash materiallami tayyorlash uchun ishlatiladi. Issiqqa chidamliligi kaprondan ustun turadi. Lekin 145°C dan ortiq haroratda va ho‘llab dazmollanganda kirishishi va rangi aynishi, gazlamalarda ketmas yaltiroq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
Poliakrilnitrilli tolalar.' Nitron toshko‘mir, neft yoki gazni qayta ishlash mahsulotlaridan olinadi. Nitron tolasi kapron va lavsanga qaraganda mayinroq va tovlanuvchanroq, mustahkamligi kamroq, ishqalanishga chidamliligi va gigroskopligi past tola. Shuning bilan birga uning qimmatli xossalari ham bor; issiqni yaxshi saqlaydi, qayishqoqligi yaxshi, mog‘or, kuya ta'siriga chidamli.
Ustki trikotaj buyumlar tayyorlashda sof holda, ko‘ylaklik. kostyumlik va paltolik gazlamalar to‘qishda jun, paxta, viskoza tolalarga aralashtirib ishlatiladi. Polivinilxloridli tolalar. Etiler yoki asetilendan ishlab chiqariladigan tola "Xlorin" — qayishqoq, suv, kislota va ishqorlar ta'siriga chidamli, issiqni yaxshi saqlaydi. Asosiy kamchiliklari — past miqdordagi gigroskopikligi va issiqqa chidamsizligi. 60°C haroratda butunlay kirishadi, 90°C haroratda esa mustahkamligi kamayadi. Ishqalanganda elektr zaryadlari yig‘iladi. Tolaning bu xususiyati tibbiyotda qullaniladi. Xlorin relefli ipak gazlamalar, gilam, sun'iy mo‘yna, texnik gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi.
Polivinil spirtidan olinuvchi tolalar. Bu tolalar jumlasiga vinol, vinilon va boshqa tolalar kiradi.
Vinol tolasi barcha sintetik tolalar ichida eng arzoni deb hisoblanadi. Uning gigroskopligi 5—8 foiz, nisbiy uzish kuchi 30—40 sN/teks, uzayishi 30—35 foiz, ho‘l holatda uning mustahkamligi 15—25 foizgacha pasayadi. 200°C da issiqdan kirisha boshlaydi. Yorug‘lik ta'siriga yaxshi chidaydi. Ishqalanishga chidamliligi paxtaga nisbatan ikki barobar ustun turadi. Alangaga tutilganda issiqdan ohista yonadi Vinol sof holda ham, paxta, jun, viskoza tolalarga aralashtirilgan holda ham maishiy gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |