i80386 . 1985 –yilda birinchi to`liq holdagi 32- razryadli protsessor sifatida ishlab chiqarilgan. Tavsifi: 275000 ta transistor, takt chastotasi 16 dan 32 MHz gacha. Uning oldingilaridan asosiy farqi 32 bitli ma`lumotlart va manzilli shinalaridir. Shuningdek uning xotira segmentatsiyasi ham o`zgartirilgan, 1 ta segmenr uchun 64 Kb baryer (zona, o`ra) ajratilgan. Himoyalangan rejim uchun 4 Gbaytgacha o`zgartirilgan. Virtual xotira navbatdagi kattalashtirishga ega bo`lindi: 386 ta tosh uning virtual xotirasini 64 terabaytgacha oshirish imkonini berdi. Ichki komandalar navbatliligi 16 baytgacha ortdi. i80386 protsessori o`zining to`liq rivojlangan sifat ko`rsatkichlari bilan masalan, i80386SX protsessorlari oldingilariga nisbatan 16 razryadli ma`lumotlar shinasi va 24 razryadli manzillar shinaliligi uning keng tarqalishiga omil bo`ldi. Aynan birinchi rusum ishlab chiqarilganidan keyin i80386 protsessori 386DX nomini oldi. 1990- yilda Intel386SL protssessori chiqdi. Bu mobil kompyuterlar bozoriga ham kirib bora oldi.
i80486 Bu protsessor 32 bitli to`liq holdagi Intelning 32 bitli toshlarning ikkinchi avlodi hisoblanadi. Texnik tavsifi: 1.25 mln transistor, 25 dan 50 MHz gacha bo`lgan chastota, 8Kbaytli birinchi darajali kesh, 512 Kbaytgacha bo`lgan ikkinchi darajali kesh, 32- razryadli manzillar shinasi, 32- razryadi ma`lumotlar shinasi (20-50 MHz), 486 rusumli bu toshga juda ko`plab yangiliklar kiritilgan bo`lib, ularning texnologiyasida hozirgi kunda ham foydalanish mumkin. Intel keyinchalik shu modeldagi bir necha xil modifikatsiyalarga ega bo`lgan toshlar ishlab chiqara boshladi: P4Intel486DX – to`liq varianti (protsessor+ona plata), keshga to`g`ri yozish. Intel486SL enchanced (1992- yil) – energiyani kam sarflaydigan qurilmalar kiritilgan. P24 Intel486 DX2 (1992 yil) – ikkilik takt chstotasi qo`llanilgan. P23T Intel486 SX (yoki DX) (1992 yil) OverDrive – uning asosiy farqi Pentium sinfi arxitekturasi, hech bo`lmaganda tizim shinasi 486. 1994- yilda (Pentium sifining birinchi namoyishi bo`lganidan so`ng) 486 modifikatsiyali ya`ni Intel 486 DX4 toshning so`ngi rusumi chiqdi. Kod nomi P24C, texnik tavsifi: 1,6 mln transistor, takt chastotasi 75 MHzdan 100 MHzgacha. Birinchi darajali kesh: 16 Kbayt, ikkinchi darajadagi kesh (512 Kbaytgacha) bilan ta`minlangan 32 razryadli protsessor, 32 razryadli ma`lumotlar shinasi (25- 33 MHz), 32 razryadli manzillar shinasi. Shu bilan 486 markali toshlar tarixi tugadi va Intel o`zining yangi avlod toshlari: Pentium markasini ishlab chiqara boshladi.
Intel Pentium (P5)
1993- yida ham Intel o`zining 32 rzryadli protsessorlari-Intel Pentiumni ishlab chiqarishda davom etdi. Uning texnik xarakteristikasi: 3.1 mln ta transistor, 0.8 mkli texnologiya, takt chatotasi 60- 66 MHz, birinchi darajadagi kesh 16 Kbayt, ona platadagi ikkinchi darajali kesh 1 Mbaytgacha, ma`lumotlar shinasi 64- razryadli (60- 66 MHz), 32 razryadli manzillar shinasi, Eng muhim yangiliklarda bir bu – superskalyarligidir. Protsessor miyasi bir takt davomida konveyrdagi 2 ta qurilmadan foydalanishi mumkin. Pentiumning birinchi avlodi (kod nomi P5) katta yutuqga erishmadi: 486 bilan tenglashtirsak uning narxi juda ham qimmat edi hamda protsessor ishlab chiqarishda qo`pol xatolkilarga yo`l qo`yilgan edi.
Bundan tashqari quyidagi protsessorlar ham mavjud:
AMD dan 32 razryadli protsessorlar
AMD K5
AMD K6 (AMD K6 MMX)
AMD K6-2
AMD K6-3
AMD (Sharptooth)
AMD Athlon (K7)
AMD va Intelning 64 razryadli texnologiyasi
Yuqoridagi munozara 64 bit protsessorlari paydo bo’lganidan beri davom etib kelmoqda. Dastlab 64 bit protsessorlarga talab kam edi, chunki bu turdagi protsessorlar uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar (programmalar) deyarli yo’q edi, lekin hozir vaziyat o’zgargan.
To’g'ridan to’g'ri masalaga o’tishdan oldin, men 32 bit yoki 64 bit nima ekanligi haqida bir-ikki umumiy ma’lumotlarni berib o’tmoqchiman. Bit – bu kompyuter ilmida ikkilik sanoq tizimidagi 0 yoki 1 raqamini bildiradi. Kompyutertlar ma’lumotlarni saqlashda va amallarni bajarishda ikkilik sanoq tizimidan foydalanishadi.
32 yoki 64 bit deganda yana biz protsessorning tizim shinalarni (data bus) kengligini nazarda tutamiz. Dehqonchasiga aytadigan bo’lsam, tizim shinasi bu protsessorga ma’lumot borib kelishini amalga oshiradigan kanaldir. 64 bit protsessorlarning tizim shinasi 64 bit kenglikka , 32 bit protsessorlarning tizim shinasi esa 32 bit kenglikka ega. Demak, 64 bit protsessorning tizim shinasi 32 bit protsessorning tizim shinasiga qaraganda ko’proq ma’lumotni qatnay oladi va ko’proq amallar bajara oladi. Bundan xulosa qilsak bo’ladiki, 64 bit protsessorlar ancha tezkor va bu jangda g’olib deb e’lon qilinishiga loyiq. Ammo, tanlashga shoshmang. Bu protsessorlardan qay biri bizning maqsadimiz va talabimizga javob beradi?
Agar oddiy uy sharoitida yoki ofisda foydalanish uchun mazkur protsessorlarni qiyoslaydigan bo’lsak, katta o’zgarish sezmaymiz: hujjatlarimiz ochilishi, internetda ma’lumot olish yoki kompyuterning ishga tayyor bo’lishi tezligida deyarli farq bo’lmaydi. Lekin, 64 bit protsessorlarning ustunligi katta matematik hisoblashlarni amalga oshiradigan ilmiy tashkilotlar, universitetlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyatida seziladi. Shuningdek, agar siz videomontaj yoki animatsiya ishlari bilan shug’ullansangiz 64 bit protsessorlar qo’l kelishi mumkin. Boshqa tarafdan, agar siz yuqoridagidek katta hisoblashlarni talab qiladigan ishlarni amalga oshirmasangiz, 32 bit protsessorlarni tanlashni maslahat beraman va bu protsessorlar narxida ham farq borligini hisobga olish lozim.
Yana bir e’tiborga molik taraflardan biri – hozirgi kunda keng tarqalayotgan ikki va ko’p yadroli protsessorlar ishlash tezligi va xususiyatlari bilan 64 bit protsessorlarga o’xshab ketadi. Sodda qilib aytadigan bo’lsam, 64 bit protsessorlar darajasida ishlash uchun bizga ikki va undan ortiq yadroli protsessorlar kerak bo’ladi.
64 bit protsessorlarni tanlaydigan bo’lsangiz, siz kompyuteringizga ko’proq operativ xotira (RAM yoki DDR moduli) o’rnatishingiz kerak bo’ladi. 64 bit protsessorlarning haqiqiy afzalligini ko’rish uchun kompyuteringizda kamida 2 GB operativ xotira mavjud bo’lishi lozim. 512 mb yoki 1Gb operativ xotiraga ega kompyuterlarda 32 yoki 64 bit protsessorlar ishlash tezligida farq sezilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |