Protsessorning bir sikli davomida bir yoki undan kam buyruqlar
Protsessorlarning bir sikli davomida bir necha buyruqlar
An’anaviy bir turdagi qurilmalar
Bir necha qurilmalar
CISC arxitekturasiga asoslangan protsessorlar.
16 razryadli i8086 - i80286 protsessorlar: O`tgan asrning 50 yillarida ma`lum bir bino hududdini egallaydigan kompyutrlar bilan ishlanar edi. Keyinchalik ularni miniatyuralashtirish (kichraytirish) erasi boshlandi va buning natijasida dastlabki mikroprotsessorlar paydo bo`la boshladi. Bu komyuterlar bazasi ma`lum xona o`lchamiga emas hattoki ischi stoligacha kichiklashdi. Bu protsessorlanik asosiy xarakteristik chiziqlaridan biri bu – ular 8 bitli bo`lgan.
8086 Toshlar rivojlanishining keyingi bosqichi 1978 yilda boshlandi. Aynan shu davrda Intel o`zining birinchi 16 razryadli protsessorini “8086” markirovkasi bilan chiqardi. O`z davrida bu protsessor yomon ko`rsatkichlarga ega bo`lmagan: takt chastotasi 5MHz (keyinchalik 8 va 10 MHz ga ko`tarilgan), ishlab chiqaruvchanligi 0.33 MIPS, 3 mkm li texnologiya, 29 mingta kristall tranzistor, 1 Mb operativ xotira, 6 baytli konveyer. Va eng katta yutuq tizilmaning 16 bitlik operandligi edi. Bu protsessor jamoatchilik e`tiborini qozondi
8088 Bir yildan so`ng bozorga Intel 8088 protsessori chiqdi. Yadro o`zgarmagan, takt chastotasi qisman oshgan edi (taxminan 10 MHz bo`lgan) va ma`lumotlar shinasi ham o`zgartirilgan:ya`ni 8 bitli bo`lgan. Bunga asosiy sabab tosh va tizimning umumiy narxini arzonlashtirish edi. Bilamizki, shina razryadini kamaytirish uning yaxshilanishiga olib kelmaydi. Shu sababli ham 8086 kuchliroq ishonchga ega bo`ldi, uning takt chastotasi 8088 protsessorga nisbatan 20- 60 % ga tezroq ishlar edi. Bu protsessorlarning funksional farqi shinalarning faqat bir xil razryadliligiga moslashgan ya`ni faqatgina 8 va 16 razryadli tashqi qurilmalar bilan mos tushadi. Bu protsessorlar bilan boshqa protsessorlarni bog`lash imkoni mavjud. Buyruq bilan o`rtacha hisobda 12 takt ishlashi bilan amalgam oshiriladi. Bu toshlar IBM XT (keyinchalik yana IBM Turbo- XT) mashinalarida zamonaviy kompyuterlarimizning temir miyasi sifatida foydalanilgan. i80286 1982- yilda Intel o`zining x86 oilasiga tegishlil bo`lgan Intel i80286 protsessorini taqdim etdi. U yana insonlarda “ikkitalik” nomi bilan yuritiladi.Bu protsessor bilan Intel 286 toshli massa bilan himoyalangan rejimni tajribada qo`llab ko`di. Uning xarakteristikasi 134000 tranzistor (1,5 mkmli texnologiya), 16 Mb gacha fizik xotira, virtual xotirasi 1 Gbayt, 16 bitli ma`lumotlar shinasi, buyruqlar 6 baytda ifodalanadi, takt chastotasi 10 MHz. Uning ikkita ijobiy tarafi bu himoyalangan rejim va virtual xotiraning 1 Gbaytgacha ekanligi. 80- yillar boshlarigacha 286 protsessli imkoniyat bo`lmagan edi. Intel faqat qulaylik bermadi balki dasturlar olamiga DOS operatsion tizimi bilan ishlash imkonini berdi. Bir yomon tarafi agarda virtual xotira 1Gbayt bo`lsa unga qo`shimcha xotira qo`shish uchun shaxsiy kompyuter vintining o`lchami 100 metrdan oshib ketardi. Himoyalangan rejimni ishga tushirish uchun maxsus qurilma kiritish kerak edi, va orqaga qaytish uchun reset tugmasidan foydalanilarni. Dastur modelining asosiy ko`rsatkichlari 8086 ning asosi saqlanib qolindi, faqat himoyalangan rejim va qurilmada ishlash uchun va operativ xotira bilan dasturiy mahsulotni bog`lab turuvchi kiritish chiqarish qurilmalaridan foydalanish uchun yangi qo`shimcha qurilmalar kiritildi. Bu arxitekturaning yana bir afzalligi 80286 protsessori 12,5 MHz chastotga ega bo`lgan va u 5 MHz li 8086 protsessoriga qaraganda 6 marta tezroq ishlagan. Bu esa o`z navbatida juda mashhur bo`ldi va Intel uy shaxsiy kompyuterlarining yaratilishiga turtki yaratdi.