Buyruqlar sintaksisi
GL buyruqlarining belgilanishi gl.h faylida joylashgan, uni qo‘shish uchun quyidagini yozish zarur bo‘ladi:
#include
GLU kutubxonasi bilan ishlash uchun glu.h faylini qo‘shish zarur. Ushbu kutubxona versiyalari qoida sifatida dasturlash tizimlari distributivlariga avtomatik o‘rnatiladi, masalan, Microsoft Visual C++, DevC++ yoki Borland C++ .
Standart kutubxonalardan farqli ravishda, GLUT paketini alohida o‘rnatish va qo‘shish zarur. OpenGL bilan ishlash uchun dasturlash muhitini sozlash to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot ilova C da berilgan.
GL kutubxonasining barcha buyruqlari (prosedura va funksiyalar) gl old qo‘shimchasi bilan boshlanadi, barcha o‘zgarmaslar - GL_ old qo‘shimchasi bilan boshlanadi. GLU va GLUT kutubxonalarining tegishli buyruqlari va o‘zgarmaslari glu (GLU_) va glut (GLUT_) old qo‘shimchalariga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, buyruqlar nomiga parametrlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan suffikslar ham kiradi. OpenGL da buyruqlarning to‘liq nomi quyidagi ko‘rinishga ega:
type glCommand_name[1 2 3 4][b s i f d ub us ui][v] (type1 arg1,…,typeN argN)
Nomlar bir qancha qismlardan tashkil topadi:
gl bu funksiya ko‘rsatilgan kutubxona nomi: OpenGL ning bazaviy funksiyalari uchun, GL, GLU, GLUT, GLAUX kutubxona funksiyalari, bular mos ravishda gl, glu, glut, aux.
Command_name buyruqlar nomi (proseduralar yoki funksiyalar)
[1 2 3 4] buyruqlar argumentlari soni
[b s i f d ub us ui] argument turi: b – GLbyte (C\C++ da char singari), i – GLint (butun), f – GLfloat (kasrli), s – GLshort (qisqa butun). d – GLdouble (ikkili aniqlikdagi kasrli), ub – GLubyte (belgisiz bayt), us – GLushort (belgisiz qisqa butun), ui – GLuint (belgisiz butun).
[v] ushbu belgining mavjudligi funksiya parametrlari sifatida belgilar massiviga yo‘nalish ishlatilishini ko‘rsatadi.
Kvadrat qavs ichidagi belgilar ba’zi nomlarda ishlatilmaydi. Masalan, glVertex2i() buyrug‘i GL kutubxonasida ko‘rsatilgan va parametrlari sifatida ikkita butun sonni ishlatadi, glColor3fv() buyrug‘i esa uchta haqiqiy sondan iborat massivga ko‘rsatkich parametr sifatida ishlatiladi.
Ilovaga misol
OpenGL dan foydalanib dastur tuzishda, dastlab tasvirni ko‘rsatuvchi oyna aniqlab olinadi. Shundan so‘ng OpenGL konteksi (mijoz) yaratiladi va shu oyna bilan bog‘lanadi. Keyigi qadamlarda dasturchi erkin holda OpenGL API buyruqlari va operatsiyalaridan foydalanishi mumkin.
Quyida GLUT kutubxonasidan foydalanib yozilgan kichik bir dastur matni keltirilgan.
Ushbu dastur oyna markazida qizil rangli kvadrat chizadi. Shu kichik dastur orqali ham OpenGL yordamida dastur tuzishning mohiyatini tushinib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |