1.25-rasm. Moslikda obyektlarning turlicha joylashganligi qarama-qarshilikka olib keladi: a-doimiylik, b-noqulaylik.
Shu tariqa xohlagan moslik qarori keltirilishi kerak. Dizaynerlikda samaradorli natijaga erishish uchun nazariy bilimga ega bo‘lish kerak.
Moslik orasida 2 tushuncha yotadi: birlik va kontrastlik.
Birlik.
Bu tushuncha o‘z ichiga ko‘p talablarni qamrab oladi, bular o‘z navbatida aniq maqsadga erishtiradi. Birlik bu usul emas, balki dizaynerlikdagi talabni, maqsadni belgilab beradi, natijada yo logotip, yo web-sahifa bo‘lsin bularni bir butunlikda ko‘rishadi. Amaliyotda esa bu narsa vositalardan keskin ravishda kamroq foydalanish kerakligini anglatadi. Ishni oddiy bo‘lishidan qo‘rqmang! Har doim sizning dizayningizdan osonroq dizayn bo‘lmasligiga intiling. Agar bitta shrift garniturasini ishlatish mumkin bo‘lsa – bitta garniturani ishlatib, butun dizayni bitta figuraga joylashtirish imkoni bo‘lsa, joylashtiring.
Ilova.
Birlik tamoyiliga asosan web-dizaynerlar amal qilmaydi. Siz GIF animatsiyalarini ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, ular katta sarlavha va yorqin ranglar asosida yaratilgan. Ularning yaratuvchilari esa o‘zlarini professional dizayner deb tanishishi va o‘z xizmatlari uchun haq so‘rashlari umuman noo‘rinli hisoblanadi. Ularning xatolarini takrorlamasdan oddiy qilishga odatlaning.
Moslikda birlikka etishishining asosiy komponenti bu tenglikdir. Tenglik bu siz yaratgan narsa odamlarda “bu yerda nimadir etishmayapdi” degan hissiyotni tug‘dirmaydi. Tenglik mosligi obyektni tenglik bilan joylashtirish evaziga emas, balki uning o‘lchamlariga, rangiga, shakliga ham bog‘liqdir. Masalan, web-sahifani bitta tomonidan sizda katta matn bloki bo‘lsa boshqa tomondan esa uni illyustratsiya yoki qoramtir fonni joylashtirish mumkin.
Tenglik ikkita asosiy ko‘rinishda bo‘ladi: formal va noformal.
Formal tenglik – optik markaz mosligi atrofida yani ko‘zlaydi.
1.26-rasm. Formal tenglikka simmetriya orqali erishiladi.
Formal tenglik – bir moslikda garmoniyaga erishishning oddiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Lekin u simmetriyani nazarda tutadi, simmetriya esa zamonaviy dizaynerlikda ko‘p qo‘llash samarali emas. Simmetriyani qo‘llab yaxshi natijaga erishish lozim. Klassik san’at, xususan, arxetektura klassisizmi o‘z negizi asosida formal tenglik tamoyiliga tayanadi ya'ni: oltin kesim nisbatiga, shakllarning aniqligiga, absolyut simmetriyaga.
Formal tenglikning quyidagi sifat belgilarini ko‘rsatib o‘tishi mumkin:
konvervatizm;
doimiylik;
chidamlilik;
qadr-qimmat.
Biroq xozir tenglikning ikkinchi turi, ya’ni noformal ko‘p qo‘llanilmoqda. U formal kabi aniqliklarga ega emas, shuning uchun asosan did va intuitsiyaga bog‘liq. Noformal tenglikka ko‘p yo‘llar bilan erishiladi, ammo uning mazmuni bir narsaga tayanadi: hamma narsa qilish mumkin, faqat simmetriyani qo‘llash mumkin emas. Ya’ni web-sahifada yoki reklama doskasida siz katta o‘lchamli figurani joylashtirgan bo‘lsangiz va u boshqalarga nisbatan kattaroq bo‘lsa, boshqa figuralarning rangini o‘zgartirish hisobiga uni rangini kamaytirish mumkin. Shuningdek teskarisi, katta matnning blokli o‘lchamini kamaytirish lozim (1.27-rasm).
Dizayn haqida aniq qoidalar va aksiomalar asosida ilmiy yondashib o‘tamiz. Berilgan ma’lumotlarni o‘rganib siz darrov dizayner bo‘lib qolmaysiz. Biz sizlarni asosiy narsani tushunib etishingizni hohlaymiz: nimadir yaxshi qilingan bo‘lsa, bu narsa obyektiv sabablarga ko‘ra shunday bo‘lgan. Yaratuvchi bunga o‘zining maxorati yoki nazariy bilimlari asosida erishganmi, yo‘qmi bu alohida boshqa savol.
Biz sizlarga dizayner bo‘lish uchun badiiy mahorat kerakmasligini tushuntirmoqchimiz. Ammo buning uchun aniq qoidalarni tushunish kerak, bu qoidalar asosida inson nima yaxshi va nima yomonligini tushunadi.
Biz o‘lcham, shakl, rang, matn tuzilishi, joylashtirish va shrift kabi tushunchalar haqida gaplashamiz. Shuningdek, moslik haqida aytib o‘tamiz. Tanlash va tanlamaslik nima asosida amalga oshirishni tushunishga harakat qilamiz. Siz variantlar ko‘p emasligiga ishonch hosil qilasiz. Biz yangi dizaynerlarning shuningdek, o‘zini haqiqiy dizayner deb hisoblaydiganlarning xatoliklarini o‘rganib chiqamiz. Ammo buning barchasi dizaynga engil qarash hisoblanadi. Agar bu sizni qiziqtirsa bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘p adabiyotlar mavjud.
B
|
iz dizayn haqida gaplashamiz. Dizayn haqida aniq qoidalar va aksiomalar asosida ilmiy yondashamiz. Bu bobni o‘rganib siz darhol dizayner bo‘lib qolmaysiz. Biz sizlar asosiy narsani: nimadir yaxshi qilingan bo‘lsa, bu narsa obyektiv sabablarga ko‘ra shunday bo‘lgan yaratuvchi bunga o‘zining mahorati yoki nazariy bilimlari asosida erishganmi, yo‘qmi bu alohida boshqa savol.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |