Rang. To‘la kontrastga ranglar farqi bilan yetib bo‘lmaydi. Ammo to‘ldirish sifatida, bu yaxshi variant.
Shrift. Shriftlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan aniq kontrast shaklini namoyon qiladi.
Shuning uchun, garnituralar o‘rtasidagi farq dizaynda katta rol o‘ynaydi. Bunda ehtiyot bo‘lish kerak.
Moslik kontrasti butunligi – bu barcha aytib o‘tilgan kontrastlar birikmasi. Bunda albatta meyorga amal qilib ish yuritish kerak. Masalan, elementga o‘zini rangi mos bo‘lsa, uni yana qandaydir rang bilan ajratish kerak emas.
Nazorat savollari:
Grafik dizayn nima va u bilan ishlovchi grafik paketlarni tavsiflang?
Grafik dizaynda o‘lchamning turlari va obyektlar o‘lchamini ifodalang?
Grafik dizaynda ranglar, ularning tavsifi, ranglar uyg‘unligini izohlang?
Qanday ranglar issiq turga va qandaylari sovuq turga tegishli?
Shakllar, ularning turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang?
Kompozitsiya grafik dizaynda qanday ahamiyat kasb etadi?
Formal tenglik nima va u qanday sifat belgilarini o‘zida ifodalaydi?
Moslikda kontrastning xilma-xilligiga ta’rif bering?
Tayanch iboralar: Dizayn, o‘lcham, shakl, tekstura, rang, ranglar uyg‘unligi, shaklsizlik, garnitura, kegl, kompozisiya, simmetriya, kontrast.
II BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI NAZARIYASI
Kompyuter monitoridagi tasvir (rasm) bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qayta ishlashda uchta asosiy yo‘nalishga ajratishadi: tasvirni o‘rnatish yoki aniqlash, tasvirni qayta ishlash va kompyuter (mashina) grafikasi [4].
Tasvirni o‘rganishning asosiy vazifasi bu mavjud bo‘lgan obrazni (tasvirni) formal, tushunarli (aniq) bo‘lgan belgilar tiliga o‘tkazish. Bu holda qaralayotgan tasvir abstrakt tassavurga aynaltiriladi, ya’ni sonlarga, maxsus belgilar yoki graflar to‘plamiga o‘tkaziladi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
COMPUTER VISION:
input- tasvir (rasm);
output-belgi (matn) va uning tahlili.
Tasvirni qayta ishlashda kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar-tasvirlar. Masalan: tasvirdagi ayrim elementlarni olib tashlash (ovoz, rang, …) ёki qo‘shish, uning hajmini o‘zgartirish va hakazo. Ya’ni uni quyidagicha ёzish mumkin:
IMAGE PROCESSING
input – tasvir (o‘zgartirilmagan);
output - tasvir (o‘zgartirilgan).
Kompyuter (mashina) grafikasi dastlabki, ya’ni kiruvchi axborotni (noma'lum tabiatga ega) tasvir ko‘rinishiga olib keladi. Masalan: ekspert ma’lumotlarni grafik, diagramma yoki boshqa shakllarga vizuallashtirish. Bundan tashqari shakllarni almashtirish, harakatlantirish, virtual tasavvurga yaqinlashtirish. Kompyuter grafikasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
COMPUTER GRAPHICS
input – belgilar, belgili tavsif;
output – tasvir.
Ularning o‘rtasida keskin chegara yo‘q va umumiy sxemada quyidagicha tasvirlash mumkin:
Tasvirni (dastlab matn, formula so‘ng oddiy rasm) shaxsiy kompyuter ekranida chiqarish kompyuter grafikasining rivojlanishida birinchi qadam bo‘ldi. Qisqa vaqt (50-yillardan boshlab) ichida kompyuter grafikasi tezkor rivojlandi va o‘zining e'tiborini ikki asosiy yo‘nalishga qaratdi: tasvirga etarlicha tasavvur (reallik) va harakat (dinamika) berish, va ularni birlashtirish.
Tasvirni kompyuter ekraniga chiqarish va u bilan bog‘liq amallarni bajarish foydalanuvchidan ma'lum darajada geometrik bilimlarni talab qiladi. Geometrik tushunchalar, formulalar, faktlar, (birinchi navbatda ikki va uch o‘lchovga tegishli) kompyuter grafikasida o‘ziga xos maxsus o‘rinni egallaydi. Geometrik yondashish, tasavvur va fikrlar hisoblash texnikasining imkoniyatlarini doimo tezkor kengayishi bilan birgalikda kompyuter grafikasining jiddiy rivojlanishi yo‘lida va ko‘p sohalarda keng ishlatilishiga manba bo‘ldi. Ayrim hollarda oddiy, elementar geometrik metodikalar katta geometrik masalalarni echish bosqichlarida rivojlanishni sezilarli darajada ta'minlaydi.
Ikki va uch o‘lchovli geometrik almashtirishlarni mashina grafikasida qo‘llanilishini [4, 6, 7, 8, 9, 13] adabiyotlari asosida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |