Asosiy ranglar: oq va qora.
Siz asosiy ranglarni ko‘rib chiqqanimizda e'tibor bergan bo‘lsangiz kerak lekin ikki alohida rangni aytib o‘tmadik, qaysiki ranglar orasida hamma joyda bor bo‘lgan, ayni vaqtda ular xech qayerda ko‘rinmaydi, bu - oq va qora.
Oq xursandchilik rangi. Tiniq havo bilan birlashgan holda bu rang yengillik, ozodlik va vaznsizlik xissini uyg‘otadi. Tomir urishini tezlatib, qorachiqni kengaytiradi. Fon yaratishda ko‘pincha oq rangdan foydalanishadi.
Qora rang o‘zining takrorlanmasligi bilan og‘ir rang, u o‘zida xafachilik, dard olib yuradi. Noqulaylik va charchash xissini uyg‘otadi. Shunga qaramay, odamlar shu rangdagi kiyimlarni tanlashadi. Ushbu vaziyatda u “mumtozlikka” qaratilgan, shu bilan birga alohida yo‘nalish yaratadi. Shuningdek bu rang u yoki bu darajada barcha rang bilan uyg‘unlasha oladi. Qora ayniqsa, qizil rang bilan uyg‘unlikka boy rang. Bizning udumlarga ko‘ra uni motam rang deyiladi.
Oq rang o‘zida xech qanday axborot olib yurmaydi, ammo qolgan ranglar bilan yaxshi uyg‘unlashib, yanada ochroq tonlar hosil qiladi. Bu rangni poklik va aybsizlik deb hisoblashadi.
Ranglar uyg‘unligi.
Ranglar uyqunligi – bu dizayndagi eng tortishuvli va bir necha ma’noli masalalardan biridir. Darhaqiqat bu yerda har kimning o‘z didi haqidagi gapi kuchga ega. Shuning uchun universal qoidalar haqida gapirishga o‘rin yo‘q.
Biroq ba'zida qonuniyatlarni topish mumkin. Shunday qilib, birinchi va oddiyroq tartib–yaqin rangdosh tanlash. Xuddi kiyim rangini tanlaganimizdek, web sayt uchun ham ranglarni tanlash mumkin.
To‘g‘risi, bunday yondashuv professional ish uchun yaramaydi. Uyg‘unlasha oladigan ranglarni topishda ranglar jilosidan foydalanish qiziqarliroq.
1.12-rasm. Ranglarning o‘zaro uyg‘unligi.
Yonma-yon ranglar yaxshi uyg‘unlashadi, biroq bunday tanlash varianti odatda zerikarli va jo‘n hisoblanadi.
Qarama-qarshi turgan ranglar bir-biriga nomutanosib hisoblanadi. Birgina holat – ko‘k rang sariq rang bilan yaxshi ko‘rinadi.
Eng yaxshi tanlov – bir rang oralab 1.12-rasmdagidek, to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirilgan. Ular o‘zining ko‘pchilik jilolaridan a'lo darajada uyg‘unlashadi, eng asosiysi, ranglar yorqinligida katta farq bo‘lmasligi.
Ahamiyatlisi yana shuki, oq va qora rang deyarli barcha boshqa ranglar bilan ideal uyg‘unlashadi, ayniqsa, bir-biri bilan. Shuning uchun agar tanlash imkoni bo‘lsa, bu ranglar bilan ish qilish har doim oson.
Lekin baribir ranglar majmuini tanlashda asosiy mo‘ljal did (kimdaki bu tug‘ma bo‘lsa omadli) va tajriba (vaqt mobaynida ortirilgan) bo‘lib qolishi kerak. Hech qanday ranglar nazariyasiga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘pgina yechimlar bor, lekin o‘z orasida sifatli va iste'dodli dizaynerlik ishi uchun namuna bo‘la oladi.
Shakl.
Shakl bu har qanday obyektning muhim qismidir. Biz rang, tuzilish, hajm haqidagi axborotni o‘tkazib yuborishimiz mumkin, lekin shaklni unutmasligimiz kerak.
Har qanday dizaynerlik ishi aynan obyekt shaklini tanlashdan boshlanishi yoki ular bir nechta bo‘lsa, moslashdan boshlanishi kerak.
“Shakl” so‘ziga aniqlik kiritish yetarlicha mushkul vazifa. Agar biroz bo‘rttirilsa, unda bu shaklning barcha geometrik munosabatlar majmuidir. Umuman shakllarning turlari ko‘p, shuning uchun ularni faqatgina tuzilishi bo‘yicha ajratish mumkin.
Ko‘pburchakli. Bunday figuralar to‘g‘ri chiziqlardan tuzilgan. Bular sirasiga biz uchun oddiy bo‘lgan to‘g‘ri chiziq, uchburchak, kvadrat, yulduz kiradi, shuningdek, yanada murakkabroq figuralar ham shular sirasidandir (1.13-rasm, a-tasvir).
Egri chiziqli. Bu silliq chiziqlarga asoslangan figuralardir (1.13-rasm, b-tasvir). Ularga aylana, oval, yarim aylana va boshqalar kiradi.
Amorfli. Bu noaniq murakkab shakllar (1.13-rasm, c-tasvir). Amorf shakllar teksturalarga juda yaqin, shuning uchun vaqti-vaqti bilan ularni differensiallash qiyin emas.
a b c
Do'stlaringiz bilan baham: |