Компьютер графикаси



Download 15,78 Mb.
bet20/128
Sana14.07.2022
Hajmi15,78 Mb.
#795608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
Bog'liq
1 O\'quv qo\'llanma Kompyuter grafikasi (1) (2)

1.9-rasm. Yorqin fondagidan to‘q obyektlardan ko‘ra yorqin obyektlar to‘q fonda yaxshi ajralib turadi.

Bunga albatta katta e'tibor berishingiz kerak, agar yorqinligi bo‘yicha katta farq qiluvchi biror bir obyektlarning simmetriyasini ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, masalan logotipda. Ish sifatsiz qilingandek tuyilmasligi uchun to‘q elementni kattalashtirishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.


1.10-rasmda qora aylananing radiusini 2% ga oshirdik, bo‘lmasa logotipimiz biz o‘ylagandek chiqmay qolishi mumkin.



1.10-rasm. Bu ishda aylanalar bir xil ko‘rinishi uchun qora aylana diametrini 2% ga oshirdik.

Yorqin qizil bilan to‘q ko‘k ranglardan foydalanilganda xuddi shunday holatga duch kelamiz. Buni e'tiborga olish va ishda foydalanish lozim.




Rang.
Biz rangli dunyoda yashaymiz. Har kuni uydan chiqmasdan turib ham juda katta hajmda turli xil tuslarni inson ko‘radi. Bunga biz ko‘nikib qolganmiz va bu ranglar bizga va o‘zimizni tutishimizga qanday ta’sir qilishiga e'tibor bermaymiz. Bu narsa noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin: ixtiyoriy ayol biladiki qizil rang qanday holatda, kul rang qanday holatlarda kerak bo‘ladi.
Biz ranglar asrida yashaymiz. Bizning hayollarimiz, emotsiyalarimiz o‘z rangiga ega. Qora fikrlar, yashil zerikish, to‘q sariq kayfiyat kabi tushunchalarni eslashimiz kifoya: jismni psixologik qabul qilish uning rangiga bog‘liq.
Bu kundalik hayotda unchalik katta ahamiyatga ega emas. Lekin, hozir kompyuter grafikasida qo‘llanilishi haqida gap bormoqda va bu yerda nafaqat ranglar farqini, balki tuslarni ham aniq sezishimiz kerak, chunki ularni qayerda, qay holatda ishlatsak, yaxshi chiqishini bilishimiz kerak. Tasvirda to‘g‘ri tanlangan ranglar yaxshi ta’sir qilishi mumkin bo‘lganidek, aksi ham chiqishi mumkin. Rangni almashtirish quvonch, qiziqish, zerikish, qo‘rquvni keltirib chiqarishi mumkin.
Tuslar juda ko‘p bo‘lgani bilan har bir shaxs psixologiyasidan kelib chiqib, sevimli tuslariga ega bo‘ladi. O‘rtacha shaxsning psixologik portretidan kelib chiqib ranglarni tanlashimiz kerak.


Diqqat.
Qo‘shimcha qiyinchilik shundan kelib chiqadiki, rang obyektiv fizik o‘lcham sifatida tabiatda mavjud emas. Rangni his qilish elektromagnit to‘lqinlarining obyektiv faktorlarining ta'siri ostida shakllansa ham u subyektivdir. Bundan tashqari, rangni tasvirlash uchun turli davlatlar milliy-madaniy qadriyatlari mos har xil rang modellarini ishlatishadi. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi ixtiyoriy professional bunday rangning tasvirini yaratishning turli xil usullaridan eng yaxshisini tanlab olishiga to‘g‘ri keladi.
Shakldan farqli ravishda rang subyektiv tushuncha bo‘lsa ham dizayner amaliyotda qo‘llashi kerak bo‘lgan universal qonunlar mavjud.
Avval rang qanday tashkil qilinganligi bilib olamiz. Umuman olganda bu savol jiddiy, lekin biz fiziologik tomonlariga to‘htalmasdan soddaroq qilib tushuntiramiz.
Avval rangni tashkil qiluvchilariga ajratamiz. Mavjud bo‘lgan rang modellaridan HSV modelini ko‘ramiz.
HSV tizimini 3 ta tarkibiy qismlarga ajratamiz;

  • Tus - bu rang haqida bevosita ma’lumot. Bu mashhur tillar bilan tushuntirish qiyin, shuning uchun o‘z intuitsiyangizga ishoning.

  • To‘yinganlik - bilamizki ranglar yo yaxshi to‘yingan yoki uncha yaxshi to‘yinmagan bo‘ladi. Xo‘jalik tilida to‘yingan rangni yorqin rang deb atashadi.

  • Yorqinlik - yorqin ranglarni bir pastda aniqlash mumkin.

Bitta rangga nafaqat har xil odamlar, balki butun xalqlar ham turlicha munosabatda bo‘ladi. Masalan oq rang yevropa xalqlarida tozalik, poklikni bildirsa, ba’zi sharq mamlakatlarida bu rang aza rangi hisoblanadi.
Asosiy ranglarning harakteristikasini berib ko‘tamiz.


Download 15,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish