Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet40/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:
1.Giksos qabilalari Misrga qachon bostirib kirishadi?
A.Mil. aw. XVIII asr boshlarida B.Mil. aw. XVIII asr oxirlarida
C.Mil. aw. XVIII asr o'rtalarida D.Mil. aw. XVII asr oxirlarida
2.Rivoyatlarga aytilishicha, Osiris misr xalqini... o'rgatgan edi.
A.mo'miyolashga B.dehqonchilikka C.temirchilikka D.olov olishga
3.Qadimgi Misrda "podsho tirsagi"ning uzunligi qancha bo'lgan?
A.52,5 sm B.54,5 sm C.53,5 sm D.51,5 sm
4.Qadimgi misrliklarning asosiy mashg'ulotlari ...dan iborat boigan.
A.dehqonchilik, termachilik va ovchiiik B.dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
C.hunarmandchilik, terma­chilik va ovchilik D. dehqonchilik, chorvachilik, terma­chilik
5.Qadimgi Misrning janubdagi chegaradoshi ... bo'lgan.
A.Liviya B.Nubiya C.Suriya D.Mesopotamiya
6.Osiris ibodatxonasi xarobalari ... joylashgan edi.
A. Qohira B. Megido C. Geliopol D. Abidos
7.Misrliklar yozuvlarini “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb atalishiga nima sabab bo`lgan?
A.yozuvdan o`limdan keyingi hayotni yozib borishda foydalanganliklari uchun;
B. yozuvdan fir`avnlar hayotini yozib borishda foydalanganliklari uchun;
C. yozuvdan an`analarni yozib borishda foydalanganliklari uchun;
D. yozuvdan qarg`ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanganliklari uchun;
III.Yangi mavzu bayoni:
Misrliklar nazariy bilimlarining duyoga kelishi va rivoj topishi ular­ning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo’lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab, hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklkarga tibbiyotdek bir fan yaxshigina tanish bo’lgan. Mumiyolangan mayyitlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o’rgandilar. Turiп papirusi bizga qadar saqlan­gan (qattiq shikastlangan holda), unda podsholar sulo­lasi xronologik izchillikda keltirilgan.Misrda asosiy o’lchov birligi "tirsak" bo’lib u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo’lgan uzunlikka teng edi. Qo’llar uzunligi turlicha bo’lgani sababli "podsho tirsagi" degan yagona o’lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo’lgan. "Podsho tirsagi" butun mamlakat uchun andazaga
aylangan. Misrda vaqt suv soatlari yordamida o’lchangan, u 24 ta bo’lmaga ajratilgan maxsus idish bo’lgan. Bir bo’lmadan ikkin­chisiga oqib o’tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Qadimgi yunonlar matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa sohalardagi ko’plab yutuqlarni misrliklardan o’zlash­tirib olishgan. Xattotlar mehnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan.. Masalan, "Haqiqat va Qing’irlik haqida ertak"da Qing’irlik Haqiqat ustidan sud o’tkazgani, ko’zlarini ko’r qilgani to’g’risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik usti­dan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. "Og’a-ini­lar" degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir’avn timsoli yoritiladi.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish