Dars turi: aralash
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: “Kim chaqqon” o`yini, “Kichik ma`ruza”, test, savol-javob
Dars jihozi: darslik, rasmlar, mavzuga oid atama va tushunchalar yozilgan kartochkalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 12 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 10 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Uy vazifasini tekshirish:
“Kim chaqqon” o`yini orqali o`tgan mavzu so`raladi:
1.Qadimgi Misrdagi eng mashhur piramidalar nomini ayting.
J:Xufu, Xafra, Menkaura.
2.Xufu piramidasi qachon qurilgan?
J:Miloddan avvalgi 2600-yilllar atrofida.
3.Piramidalar qaysi podsholik davrida qurilgan?
J:Qadimgi va O`rta podsholiklar davrida.
4.Fir`avn jasadi nimaning ichiga joylashtirilgan?
J: Toshtobut – sarkofak.
5.Dahmalar ichi nima bilan qoplangan?
J: Munojootlar va qarg`ishlardan iborat bitiklar bilan.
6.Piramidalarni nima qo`riqlagan?
J: Sfinks.
7.Eng mashhur tosh maqbara qaysi fir`avnga tegishli?
J:Tutanxamonga.
8.Misrliklar nima uchun inson jasadini mumiyolaganlar?
J: Marhumning u dunyoda Osiris oldida chiroyli qad rostlashi uchun.
9.Mumiyolashda qancha mato ishlatilgan?
J: Ko`pdan ko`p mato.
III.Yangi mavzu bayoni:
”Kichi ma`ruza”
Qadimgi Misrliklar yozuvi birinchilardan bo’lib vujudga kelgan yozuvlardan biridir. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg’ishlar va marosimlarni yozib borishda foуdalanishgan, shuning uchun ham uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashgan. Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Qadimgi yunonlar ularni "iyerogliflar" deyishgan (“toshga chekilgan muqaddas bitiklar" ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo’lgan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon l822 yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o’qish kalitini topdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklar nazariy bilimlarining duyoga kelishi va rivoj topishi ularning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo’lib taqvim tuzishdiAnhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon, hajmni o’lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani - yer yuzasini o’lchash ilmi dunyoga keldi.. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklkarga tibbiyotdek bir fan yaxshigina tanish bo’lgan. Mumiyolangan mayyitlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o’rgandilar. Tomir urishiga qarab inson kasalliklari sabablarini aniqlashgan.. Misrda asosiy o’lchov birligi "tirsak" bo’lib u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo’lgan uzunlikka teng edi. Qo’llar uzunligi turlicha bo’lgani sababli "podsho tirsagi" degan yagona o’lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo’lgan. " Misrda vaqt suv soatlari yordamida o’lchangan, u 24 ta bo’lmaga ajratilgan maxsus idish bo’lgan. Odamlar xatti-harakatiga xudolar aralashadi, ezgulik yovuzlik ustidan g’alaba qozonadi. Masalan, "Haqiqat va Qing’irlik haqida ertak"da Qing’irlik Haqiqat ustidan sud o’tkazgani, ko’zlarini ko’r qilgani to’g’risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik ustidan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. "Og’a-inilar" degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir’avn timsoli yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |