Mavzu: Rim respublikasi
Reja:
1.Rim podsholik davrida
2.Etrusklar va Rim
3. Ilk respublika davrida davlat qurilishi
4. Er. avv. VI—III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti
5. Rimni Italiyani bosib olishi
Rim podsholik davrida
Er av I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk qabilalari kelib o‘rnashdi. Latinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar.
Etrusklar tarixi bo'yicha sog‘ona, dafn toshlari, qo‘rg‘oshin taxta, ko‘za, muhrlarda mavjud bo‘lgan II ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi bag‘ishlov, in’om mazmunida bo‘lib qisqa yozilgan.
Etrusklar to‘g‘risidagi ilk aniq ma’lumotlar er av VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgoriiklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida Rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan. Etrusklar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg'ul boMganlar. Temir va misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham shug‘ullanganlar. Etrusk shaharlarini qadimdan rasman podsholar boshqardilar, er av VI asrda ularni o'rnim magistratlar egalladilar. Amalda hokimiyat zodagonlar (harbiy- kohin zodagonlar-luqumonlar) qo‘lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o‘z koloniyalarini barpo qildilar. Er av VII—VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (Bu shaharda etrusklarning oliy xudosi kertumnani ziyoratgohi bor edi) bo‘lgan, etrukslarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan.
Aholisi ko‘p sonli va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo‘lgan, Etrusk, me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo‘lib keng ko‘chalar (kengligi 10—15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suv quvurlari va kanalizatsiyalarni mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar kuchli harbiy flotga ega bo‘lib Misr, Finikiya va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz qaroqchiligi bilan shug‘ullanganlar.
Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqobat qildilar. Er av 535-yilda Etrusklar Alaliya yonidagi jangda (Korsika yaqinida) yunonlami tor-mor qiladilar. Korsikani etrusklar qo‘lga oldi.
Shu vaqtda etrusklar Latsiya, Kampaniya va shimoliy Italiyani bir qismi Etrusklar qo‘lida edi. Er av VI asrning birinchi yarmi Etruriyani iqtisodiy-siyosiv hayotini yuksalish davri edi.
Er av VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Ular birdaniga yunon, rimliklar va gallarni siquvi ostida qoldi. Er av 524-yilda yunonlar Kampaniyada etrusklarni tor-mor qildilar. Er av 509-yilda rimliklar so‘nggi etrusk podshosi Tarkviniy mag‘rurni shahardan haydab yuboradilar. Er av 265-yilda Voliniyani qulashi bilan rimliklar Etruriyani to‘la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar romanlashtirish jarayonida o‘z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo‘shilib ketdilar1.
Etrusk san’ati tarixi to‘rt davrga bo'linadi: Birinchi davr er. av. VIII—VII asrlar, arxaik er avVI asr, klassik er av V—IV asrlar va ellin er av III—I asrlar. Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli muhandislar bo‘lib pishiq ko‘priklar va yoilarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlaming naqshin sog‘onalari, dafn ko'zalari jezdan yasalgan diniy va kundalik, zargarlik nafis, yuksak san’at asarlaridir. Bizgacha Tarkveniy Mag‘rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek, etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari «Kapitoliy ona bo‘risi» va «Ximere» (er av V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi.
Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o‘liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan Vakx-Dionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi.
Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. O'z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Rim podsholik davrida (Er.av.753—510-yillar)Latsiyani qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Rim Tibr daryosi o‘rta oqimida Etruriyadan janubda joylashgan edi. Boshqa latin shaharlari kabi Rim bir necha kichik urug‘ qo‘rg‘onlarini birlashuvi bilan paydo bo'ldi.
Er av VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy bo‘lgan 30 shahar Alba-Longa shahri boshchiligida Latin federatsiyasini tashkil qildilar. Rivoyatlaiga ko‘ra Al’ba-Longani asoschisi Askaniy Yul troya qahramoni Eneyning o‘g‘li edi. Alba- Longaning o‘n to'rtinchi podshosi Numitoming nevaralari aka-uka Romul va Rem rivoyatga ko‘ra Tibr qirg‘og‘idagi Palatin tepaligida yangi shahar Rimga asos soladilar.
Romul janjalda ukasini oidirib qo‘yadi va Rimning yetti podshosidan birinchisi (er av 753—715- yillar) bo'ladi. Rimning ilk aholisini sabin-umbr qabilalari tashkil etadi. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo'ladi, 300 kishilik podsho gvardiyasini tuzib Veya shahrini bosib oldi. Romuldan keyin Numa Pompiliy (er av715—673-yillar), Tull Gostiliy (673—64I- yillar), Ank Martsiy (64I —616-yilIar), Luqiy Tarkviniy qadimgi (616—578-yillar), Serviy Gulliy (578—534-yillar), Lutsiy Tarkviniy Mag‘rur (534—510-yillar) hukmronlik qilganlar.
Dastlab Rim aholisi 3 urug‘-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) tribi, 30 kuriya va 300 urug‘, 3000 familiya (oila)ga bo‘lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo'lishi mumkin. Kuriya erkak jangchilarni diniy, harbiy va shakllanayotgan siyosiy tashkilotning asosi bo'lgan ibtidoiy birlashmasi, gent podsholik davrida yemirilayotgan urug‘ jamoasi, familiya-katta patriarxal oila edi.
Latinlaming bir necha o'nlab mustahkamlangan markazlari ittifoqqa birlashtirilgan bo‘lib, uning boshida Alba-Longa shahri turar edi. Har yili latin jamoalari vakillari hamma uchun umumiy bo‘lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun Alban tog‘i tepaligida to'planar edilar. Barcha latinlar uchun umumiy xudo ma’buda Diana edi. Arxeologik qazilmalaiga ko‘ra eramizdan avalgi X asrda latinlami kichik guruhi Palatin tepaligining g‘arbiy tomonida Tibr daryosi bo‘yida kelib joylashdilar. Bu yerda mudofaa devori bilan o‘ralgan to‘rtburchak shakldagi qishloqlar paydo bo‘ldi.
Palatinda yashagan odamlar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat Alba-Longadagi dafn marosimiga o‘xshar edi. Bu Rimning ilk aholisini kelib chiqishi Alba shahridan ekanligini tasdiqlaydi. Bir necha o‘n yildan so‘ng ular qo‘shni tepaliklar Seliy va Eskvilinni egalladilar. Er avVII—VI asrlarda 285 gektar yerni egallagan Palatin, Seliy, Eskvilin tepaliklaridan boshqa Kvirinal va Viminal tepaliklarini ham qo‘shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o‘rtasidagi bo‘shliq shahar markaziga aylandi.
Shu yerda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti to'plangan Forum Romanum paydo bo‘ladi. «To‘rt kvartalli» shaharni paydo bo'lishida etrusklarni roli katta edi. Ular shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo‘lishlari mumkin. So'nggi Rim tarixchilarining aytishicha, Rimning eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo‘lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada kengaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo'shib olinib, mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli latin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Alba Longadan yetakchilikni tortib oldi.
Ilk Rim jamiyatining asosi bu — urug‘ edi. Urug‘ a’zolari umumiy mulkka ega bo‘lib, diniy marosimlarni biigalikda bajarar edilar. Bu qadimgi urug‘ jamoat tuzilmasining izlari Rim ismlarida ko'rinadi. Rim ismlari uch qismdan tuzilgan: shaxsiy ism, urug‘ni nomi va laqab, misol uchun Gay Yuliy Sezar. Bu keyinchalik merosiy bo lib o'tgan. Vaqt o‘tishi bilan urug'chilik aloqalari zaiflaslidi, oilaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a’zolarini, balki xonaki "qullarni ham qamrab oldi. Podsholik davrida qullar hali ham kam sonli edi. Ana shunday patriarxal oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va o‘limi ustidan cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan «pater familius» (oila otasi) turar edi. O'sha vaqtda rimning to‘la huquqli fuqarolari «Populyus Romanus» (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur lotin, sabin va etrusklarni aks ettirgan uch tribga bo‘lingan edilar.
3 Tribni har biri o'ziga un kuriyani, kuriya esa o‘n urug‘ni o‘z ichiga olgan edi. Shunday qilib Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra, Rimning erkin aholisi dastlab 300 urug‘dan iborat bo'lgan. Podshoning chaqirig‘iga ko‘ra, ular kurial yig‘inlari- komissiyalariga to'planar edilar. Saylov Kuriyalar bo‘yicha o‘tkazilar edi Kuriya yig‘inlarida urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilinar edi. Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasida Kuriya komissiyalarida (xalq yig‘ini) saylanadigan podsho turar edi. Podsho oldida uning hokimiyati ramzini ko‘targan 12 liktorlar borar edi. Davlatni podsho bilan dastlab 100 keyinchalik 300 a’zodan iborat bo‘lgan oqsoqollar kengashi- senat boshqargan. Senat komissiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlar edi. Podsho vafot etgan taqdirda senat yangi podsho saylaguncha o‘z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho («interreks»)ni tayinlar edi. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oliy mansabdor shaxs konsul vafot etganda ham bu odat qo'llanilar edi.
Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‘lib, zaruriyat boMganda bir qancha yordamchilar-kvestorlarga tayanar edi. Kvestorlar odam o‘ldirish ishlari bo‘yicha sudni amalga oshirar edilar. Podsho mutlaq hukmdor boMmasa-da, etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli boMib, Rim oilasi «pater families» hokimiyatini eslatar edi.
An’ana bo‘yicha Rim tarixchilari shahar tarixida yettita podshoni aytib o‘tadilar. Ular: Romul (er av 753—715-yillar), Numa Pompiliy (er av 715—673-yillar), Tull Gostiliy (er. av. 673—64I-yillar), Ank Marsiy (er av 641—616-yillar), Tarkviniy Qadimgi (er av 616—578-yillar), ServiyTulliy (er av 578—534- yillar) va Tarkviniy Mag‘rur (er av 534—509-yillar). Bulardan kelib chiqishi etrusk boMgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin.
Urug‘ tashkilotlari a’zolari rim xalqini (Romanus papulus) tashkil qildi. Boshda ko'chib kelganlar hisobidan toMdiriladigan Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar bo‘yicha taqsimlangan edi. Ank Martsiy davrida jamoa yer fondi (ager publusus) zaxiralari tugadi. Chetdan ko‘chib keladiganlar endilikda qabul qilinmadi va yopiq jamoa hosil bo‘ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toifalari imtiyozli patritsiylar (patricius—«zodagon otani o‘g‘li»), patrisiylar jamoa yer fondidan foydalanish, kuriya komissiyalarida ishtirok etish huquqlariga ega edilar. Ko‘p sonli plebeylar esa o‘z urugMarini saqlab qolib, rim urug'chilik tashkilotidan tashqarida bo‘lib hech qanday huquqlarga ega emas edilar.
Shu sababli patritsiy va plebeylar o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar yuz yillab davom etdi.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebs boyib ketdi, kambag'allashib qolgan plebeylar, xonavayron boMgan fuqarolar hamda ozod qo‘yilgan qullar qudratli patritsiylar homiyligiga o‘tib ularga kliyenni (clients-«qaram kishilar») boMdilar. Klient o‘z patrani urug'ini a’zosi boMib unga bo‘ysunar edi.
So'nggi rim podsholari o‘z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib bordilar. Ular patritsiylarga qarshi kurashda plebeylardan siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning islohotlari rim jamiyatini urug‘ jamoasidan davlatga o'tishda muhim o'rin tutadi. U harbiy islohot va unga bogMiq ssenz (mulk) islohotlarini o‘tkazdi.
Bu o'zgartshlar natijasida kuriyalar bo‘yicha yig‘inlarni ikkinchi darajali qilib qo‘ygan sentsuriy komissiyalari yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Podsholik davri so‘ngida mulkchilikning ar tik shakli bilan rim polisi yoki kivitas fuqarolik jamoasini shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o'tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama- qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug‘chilik tuzumi asoslarini yemirdi.
Serviy Tulliy Rimning barcha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifaga bo‘Idi. Birinchi toifa 100 000 mis assga teng mulkka ega bo'lgan, II—75 000 ass, III—50 000 ass,IV—25 000 assga, V—II 500 ass qiymatli mulkka ega bo‘lishi kerak edi. Barcha kambag‘allar butun boyligi bolalari bo‘lgan VI toifaga proletariy (lotincha proles-«avlod»)larni tashkil etdi. Har bir toifa qo‘shinga belgilangan miqdorda senturiy (yuzlik) berishi shart edi: I toifa-og‘ir qurollangan piyodalar 80 senturiy, suvoriylar 18 senturiy, jami 98 senturiy; II—22 senturiy, III—20 senturiy, IV-22 senturiy,V-30 senturiy yengil qurollangan piyodalarni, VI toifa-I senturiy, jami olti toifa 193 senturiy (yuzlik) berishi shart edi2.
Serviy Tulliy xalq yig‘inini yangi ko'rinishi senturiya komissiyalarni joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdilar. Senturiylarda odamlarning soni bir necha o‘ndan (I toifa) bir necha yuzgacha (proletar senturiylari) tebransada, har bir senturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk senzi toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda senturiy komissiyalarida hal qiluvchi ovozga mulkdor fuqarolar egalik qildilar.
Mulkiy senzdan tashqari yosh senzi ham belgilandi: yoshlami senturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o‘tadilar; keksalar senturiylari (46 yoshdan katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Qo‘shinlar podsho qo‘mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi.
Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o'tkazdi, Rim davlati hududi 21 okrugga (er av 241-yildan ulami 35 taga yetdi) bo‘lindi. Bu okruglar trib deb (ulardan 4 tasi shahar, qolgan 10 tasi qishloq tribi) ataldi.
Patrisiylar va plebeylar o‘rtasida boshdanoq kuchli ijtimoiy- siyosiy qarama-qarshiliklar mavjud edi. U Rim erkin aholisini mulkiy belgisiga qarab ajratdi. Rim xalqi «populus romanus» tarkibiga patrisiylardan tashqari plebeylar ham kiritildi. Bu fuqarolaming barchasi siyosiy huquqlarga ega bo‘ldi. Aholi ro‘yxati asosida u yoki bu kishini mulk, ishlov beriladigan yemi miqdoriga qarab Rim aholisi 6 mulkiy toifaga bo'lindi. Birinchi mulkiy toifa 100 ming ass (pul birligi) mulkka ega bo‘lgan fuqorolar kiritildi. Eng avalo, mulkiy belgisiga qarab harbiy majburiyat taqsimlandi. Birinchi toifa og‘ir qurollangan piyodalardan 80 senturiy va 18enturiy suvoriylar; qolgan toifalar hammasi bo‘lib yengil qurolli piyoda yordamchi qismlar 95 senturiy berish kerak edi. Hammasi bo‘lib senturiy komissiyalarga to'planadigan 193 senturiy paydo bo‘ldi. Senturiy komissiyalariga kuriya komissiyalarining muhim vakolatlari qonunlarni qabul qilish, mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabi o‘tdi.
Amaldagi hokimiyat eski patrisiy urug‘lari qo‘lida saqlanib qoldi. Chunki ular yerning eng ko‘p miqdoriga ega bo‘lib, birinchi tabaqani tashkil etib sentual komissiyalarda ko'pchilikni 95 % ni qarshi 98 % ni tashkil qiladi.
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho‘ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o‘zlashtirib oldilar. Etrusklarni tajribasidan foydalanib rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan markaziy zalga ega tomida tuynugi bo‘lgan uyning maxsus tipi—atriyni o'zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning rivojlanishi uchun shahaming geografik jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv yo‘li—Tibrda joylashganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqalarini pul muomalasisiz pekus (hayvon) ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini janubiy Italiyadagi yirik shaharlar bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini olib bordilar. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda plebeylar shug‘ullandilar. Bu yerda Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‘rtasida etrusk kvartali «Vikus tuskuss» muhim rol o‘ynadi.
Dastlabki Rim dini animistik ko'rinishda va unda totemizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib Rim shahrini asoschilari Romul va Remni emizgan ona bo‘ri to‘g‘risidagi afsonani aytish mumkin.
Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to‘la edi. Ularni sehrgarlik, qurbonlik va duolar o‘qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho'ponni barcha ishlariga homiylik qiladigan ko‘pgina xudolarga sig‘inar edilar.
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo quruq yerni haydashda odamlarga yordam ko‘rsatgan. Yerlarni o‘g‘itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekishga Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga, g‘alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o‘tlardan ekinlarni Runsinator, g‘allani chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqni yetilishi xudo Latumaning, gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o‘rimni xudo Messis boshqargan.
Uy-joyni Lara va Penat, eshiklami Yanus, uy o‘chog‘ini ma’buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o‘zining homiy xudosiga ega edi.
Rim e’tiqodi, eng avalo, barcha diniy urf-odatlarga qat’iy rioya qilish edi. Shu sababli ko‘p sonli kohinlar mavjud bo‘lib, ular barcha xudolarni nomlari va vazifalarini yaxshi bilar edilar. Kohinlar duolarni rasmiy tasdiqlagan to'plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarish baxtli va baxtsiz kunlarni aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning maxsus kollegiyasi mavjud edi. Kohin-folbin paruspiklar qurbonlik hayvonlarni ichki a’zolariga qarab fol ochar edilar. Kohinlar rimda saylab qo'yiladigan mansabdor shaxslar edilar, lekin alohida toifani tashkil qilmas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |