Rim podsholik davrida


Er avVI—III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti



Download 407,5 Kb.
bet3/5
Sana03.06.2022
Hajmi407,5 Kb.
#631581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rim respublikasi

Er avVI—III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti
Er av VI—III asrlarda Italiya hududlarini iqtisodiy- ijtimoiy taraqqiyoti notekis bordi. Etruriya va Kampaniya viloyatlari, janubiy Italiyadagi yunon koloniyalarini iqtisodiyoti yaxshi rivojlandi. Latsiya viloyati qo'shni etrusk shaharlari va yunon koloniyalaridan qoloq edi. Italiyaning tog‘li hududlaridagi qabilalar ibtidoiy-urug‘ jamoa sharoitida yashar edilar. To‘qimachilik zaif rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi.
Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik sohalaridan biri kulolchilik edi: turli xil idish-tovoqlar, suv quvurlari, cherepitsa, xom g‘isht, chiroqlar etrusk qora rangli «bukkero» bo'rtma bezakli idishlari mashhur edi. Kulolchilikning eng katta markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er.avVI—V asrlarda etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab-yashnadi. Ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berishda, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlaiga erishdilar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er av VI—III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o‘sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Vol’siniyada va Latsiyaning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar edi.
Er av VI—III asrlarda tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan suv yo'Ii bilan amalga oshirildi. Er avVI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida Rimning Ostiya portiga asos solindi. O'sha vaqtning eng katta dengiz davlati Karfagen bilan Rim er av509, 348 va 280-yillarda uch marta savdo shartnomalarini tuzdi.
Etrusklar va janubiy Italiya yunonlari gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo aloqalarini o‘matdilar. IPva va Populoniyada qazib olingan temir Kampaniya va Etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi.
Italiyaning ko‘pgina hududlari xo‘jaligini yetakchi sohasi dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti yuqori hosil olishni ta’minlar edi. Bu yerda bug‘doy, arpa, tariq, polba Kampaniya va janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun keng tarqalgan edi. Etruriya g'allasi Rim va Latin shaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog‘i, Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi.
Er av VI—III asrlarda jamoa yer egaligini yemirilishi bilan birga yerga xususiy mulkchilik rivojlanib bordi. Urug‘ning yerlari kichik bo‘laklarga bo'linib yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o‘zlariga tegishli yer maydonida ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari davlat yer fondi (ager publikis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan ijara to'lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqiga ega edilar. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo'jaligi edi. Mayda va o'rta yer egaligi yetakchi rol o‘ynar edi. Er avIV asrdan boshlab patritsiylar jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo boiib, qullar mehnatidan ko‘proq foydalanila boshlandi.
Boshida qadimgi Italiyaga ayirboshlashning keng tarqalgan vositasi bo‘lib, choiva hayvoni (pesus, shundan pulni lotincha nomi-pesunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab rimda er avIll asrgacha pul sifatida og‘irligi 2 -2,5 kg.gacha boigan ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. Ulami er. av. V asrdan og‘irligi 1000—1830 gramm xudo va hayvonlar tasviri boigan quyma jez parchalari siqib chiqara boshladi. Er av V— III asrlaming II yarmidan 327,45 gramm og'irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er av IV asming II yarmidan boshlab natural xo'jalik o‘miga pul tovar xo‘jaligi keldi. Rim pul birligi mis ass paydo boidi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasida zarb qilina boshlandi. Shundan «mo net a» so‘zi kelib chiqdi.
Er avIll asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 173 grammga keldi. Jez tanganing tressis, dupondiy, semis kabi turlari mavjud edi. Er av III asrdan Rimda kumush tangalar, jumladan, denariy (4,55 gramm) va sestersiy (I,13 gramm) zarb qilina boshlandi. Er. av . VI—III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi Er av VI—IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi murakkab va olaquroq edi. Rim jamiyatida patritsiy, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida chiqdilar. Bu guruhlaming har biri jamiyat va ishlab chiqarishda o‘z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‘rinni egalladilar. Patritsiylar o‘z nomlarini pater (ota) so'zidan oldilar. Pater-ota, ko‘p sonli oilani unga kiradigan boshqa qaram kishilar va qullarni xo‘jayini edi. Qadimgi Rimda otalar deb yana oliy boshqaruv organi senat a’zolarini ham aytar edilar. Patritsiylar ilk Rimni imtiyozli hukmron sinf-toifasi edilar. Ular barcha fiiqarolik huquqlaridan foydalanar edilar. Kuriya komissiyalarida ovoz berib, senatga saylandilar, og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinda, imtiyozli otliq qo'shinlarda xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi ko‘p sonli familiya (familias)ning boshlig‘i bo‘lib, bu jamoani ta’minlash uchun jamoa yer jamg‘armasidan katta ulushlarni olish va foydalanish huquqiga ega edilar. Er avIV asr o'rtalarigacha asosiy magistrate lavozimlari patritsiylar bilan to‘ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug‘chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‘ guruhlari (gentes)ga bo‘lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami bo‘lgan holda urug'chilik aloqalari muhim o‘rin egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‘siq edilar4.
Ilk Rimning asosiy sinf-toifalardan biri plebeylar edi. Plebeylarni bir qismi qaram klientlar sifatida patritsiy urug‘lariga qabul qilingan edi. Lekin plepsning ko'pchiligi tub joy fuqaro patritsiylar ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo‘lib, huquqiy jihatdan erkin bo'lsalarda, fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. Plebeylaming asosiy qismi o‘zining avalgi vatani bilan va Rimdan tashqarida bo‘lgan urug‘ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kelgindi kishilar edi.
Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib savdo- hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Ularning ko'pchiligi asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‘z jamoa tashkilotlari, o‘zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyatini shakllanayotgan jamoa-dehqon tarkibini asosiy qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi- Plebeylaming asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo‘lsalar, o‘ziga to‘q va boy plebeyL:' birinchi navbatda patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar.
Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko‘ngillilari tarkibiga kiritildi, lekin qo‘shindagi barcha boshliq lavozimlari patritsiylar qo‘lida edi. Bundan tashqari, plebeylar patritsiylar ozod etilgan harbiy soliq (tribut) to‘lar edilar. Shu davrda Rim shahrini o‘zida plebeylar va patritsiylar o‘rtasida yer uchun keskin kurash boshlandi. To'xtovsiz urushlar natijasida xonavayron boigan, qarzlarga botib qolgan Rim plebsi bosib olingan yerlarni taqsimlashda o‘z hissasini talab qildi.
Shuningdek, patritsiylaming zo‘ravonligidan qonuniy himoya va o‘z siyosiy huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash er av494-yilda o‘ta keskinlashdi. Og‘ir qarz majburiyatlari qarz beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushga ishtirok etishdan bosh tortdilar. Ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida, 494-yilda Rimdan 4,5 km. shimoldagi «muqaddas toqqa» chiqib ketishga (setsessiya) majbur bo'ldilar.
Setsessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur qildi. Natijada plebey yig‘inlarida har yili ikki yoki to‘rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq tribunlari soni o‘ntaga yetdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo‘lmay plebs vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo‘ldilar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining faoliyatiga aralashishlari, mansabdor shaxslar va senatning qarorlarini bajarilishini to'xtatishlari mumkin edi, Komissiyalarda qabul qilingan qarorlaiga plebeylar veto (taqiq) qo‘ysa, bu qaror yana ovozga qo‘yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o‘zlari hali faqat plebeylar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilishlari mumkin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib daxlsizlik huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo‘l ko‘targan kishi qonundan tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan kishini har kirn jazosiz o‘ldirishi mumkin edi.
Yarim asr o'tgach er av V asr o'rtalarida plebeylar tazyiqi ostida patritsiylardan tuzilgan detsemverlar («о‘п erkak») komissiyasi mavjud qonunlarni kodifikatsiya qildilar. Komissiya mis taxtachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim forumiga, bozor va Rim koloniyalariga osib qo‘ydilar. XII jadval qonunlari birinchi va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rimda ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o‘tish davrini aks ettirdi.
Ilk rim jamiyatida kambag‘al va siyosiy huquqsiz kishilarning ko‘p sonli qatlami—klientlami tashkil qildi. Ozod qo‘yilgan qullar yoki Rimga ko'chib kelgan boshqa urug‘ vakillari patritsiylarda himoya va homiylik qidirishga majbur bo‘lib, ularga klient bo‘lishlari mumkin edi. Klientlar patritsiylaming urug‘iga qaram a’zo sifatida kirib, o‘z homiylari urug‘i nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi, patronni yurishda, shahaiga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari yuklandi. Klient vasiyat qoldirmagan bo‘lsa, o‘limidan keyin uni mulki patronga meros qolar edi. Agarda klient patronga bo‘ysunmasa, sud orqali u qulga aylantirilishi mumkin edi. 0 ‘z navbatida patron klientni boshqalami tazyiqidan himoya qilishga majbur bo'lib, sudda uning manfaatlarini himoya qilar edi. Er avIll asrga borib yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan klientlaming katta qismi o‘z patronlaridan ozod boiib, davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlaiga aylandilar.
Er. av. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) edi. Er av V asrdan boshlab qul mehnati xo‘jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish er av 326-yildagi qonun bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlarda olingan asirlar hisobidan toidirila boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi, inson shaxsi huquqlari kam darajada bo‘lsada, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‘rtasidagi farq unchalik keskin emas edi.
Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulkka daxl qilish og‘ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan oiim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‘ilganlarga nisbatan og'ir edi. o‘g‘rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa savalanganidan so‘ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo‘r qarzdomi qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi.
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Er.av. 447-yildan 2 konsul bilan birgalikda senat qarori bilan 3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar saylana boshlandi. Plebeylarga er av 445-yildagina tribun Kanuley qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o‘tishga uxsat berildi. Yangi senzor mansabi joriy qilinib, ularning vazifasi fuqarolaming mulk senzi majburiyatini bajarishini nazorat qilish, keyinchalik senarorlar ro‘yxatini tuzish edi.
Senzor hukmi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari, ular daromad-xarajatlar to‘lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini tashkil qilar edilar.
Er av 367-yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonunni qabul qilinishiga erishdi. Birinchi qonun; qarz foizlarini tartibga soldi, ikkinchi qonun; barcha rmi fuqarolari patritsiylar va plebeylarining jamoa yerlaridan foydalanishni teng huquqini berdi; uchinchi qonun bo‘yicha konsullik lavozimini plebeylar ham egallashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri plebeylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o‘zida konsullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs pretorlarga olib borildi. Pretorlar konsullar kabi senturiat komissiyalarida saylanar edi. Er av356- yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. Besh yildan so‘ng birinchi plebey senzor, er.av. 332-yildan senzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan bo‘ldi. Shundan yana o'ttiz yil o‘tgach plebeylardan Rimning oliy kohini pontifik saylanadigan bo‘ladi. Plebeylami patritsiylaiga qarshi to‘la qonli teng huquq uchun so‘nggi kurashi er av 287-yilgi Gortenziy qonunini qabul qilish bilan yakunlandi. Shu davrdan plebey yig'inlarining qarorlari Rimning barcha fuqarolari uchun plebey senatning tasdig'isiz majburiy qonun bo'ladi.
Rimda patritsiy va plebeylaming ikki yuz yillik ijtimoiy- siyosiy ziddiyatlari er av III asr so‘ngida nihoyasiga yetdi. Er. av. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlaridan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Nobillar yirik yer- mulkka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylandi. Nobillar hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo‘lib, u yerda patritsiy umgiari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy plebey urug‘i muhim rol o‘ynadilar.
Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo‘lib, yirik va o‘rta quldor yer egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan birga hukmron qatlam tarkibiga kirdi.
Qolgan fuqarolar kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plepbsni tashkil etdi. Imtiyozli toifalar va plepisga qarama-qarshi hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan ko‘p sonli qullar qatlami turar edi.

Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish