Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish.
II.Nazorat ishini yozish. Test:
I variant
1.Tangalarni tadqiq qilish bilan qaysi fan shug`ullanadi ?
A)numizmatika; B)epigrafika; C)lingvistika; D)antropologiya.
2.So`nggi paleolit davri qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?
A)mil.avv.100-40-mingyillik. B)mil.avv.40-12-mingyillik.
C)mil.avv.12-7-mingyillik. D)mil.avv.6-4-mingyillik.
3.So`nggi paleolit davrida yashagan odam manzilgohlari O`zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan?
A)Farg`ona va Surxondaryo hududlaridan;
B)Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo hududlaridan;
C)Surxondaryo va Qashqadaryo hududlaridan;
D)Samarqand, Farg`ona va Toshkent hududlaridan;
4.Odamlar tosh asrining qaysi davridan boshlab taqinchoqlar yasay boshladilar?
A)ilk paleolit; B)o`rta paleolit; C)so`nggi paleolit; D)mezolit.
5.Qadimda qabila qay tariqa shakllangan?
A)har joyda yashab turgan bir qancha oilalardan tashkil topgan;
B)bir joyda yashab turgan qo`shni urug`lardan tashkil topgan;
C)turli joyda yashab bir tilda gaplashuvchi urug`lardan tashkil topgan;
D)bir joyda yashab turgan bir qancha urug`lardan tashkil topgan.
6.Sun’iy olov qanday hosil qilingan?
A)yog`ochni bir-biriga ishqalash orqali; B)chaqmoqtoshni bir-biriga urish orqali;
C)vulqon yoki chaqmoq chaqish natijasida;
D) yog`ochni bir-biriga ishqalash va chaqmoq toshni bir-biriga urish orqali.
7.Neolit davri oxirida odamlarning ixtiro va kashfiyotlari orasida eng buyuklaridan birini aniqlang.
A)kulolchilikning kashf etilishi; B)to`qimachilikning vujudga kelishi;
C)g`ildirakning kashf etilishi; D)misning kashf etilishi.
8.Eneolit davri qaysi mingyilliklarni o`z ichiga oladi?
A)mil.avv.12-7-mingyiliklar; B)mil.avv.6-4-mingyillik;
C)mil.avv.4-3-mingyillik; D)mil.avv.3-2-mingyillik.
9.Bronza qaysi metallar qorishmasidan tayyorlanadi?
A)mis, qo`rg`oshin , temir; B)qalayi va mis;
C)kumush,mis, qo`rg`oshin ; D)mis, qalayi, qo`rg`oshin.
10.Qachondan boshlab bronza mehnat qurollari, qurol-yarog`lar va zeb-ziynat tayyorlashda asosiy xomashyo bo`lib qoldi?
A)mil.avv.3-mingyillik boshlaridan; B)mil.avv.3-mingyillik o`rtalaridan;
C)mil.avv.2-mingyillikdan; D)mil.avv.2-mingyillik oxirlaridan.
11.Qaysi davrda chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi?
A)mezolitda; B)neolitda; C)eneolitda; D)bronzada/
12.patriarxat qachondan boshlandi?
A)mil.avv.3-mingyillikdan; B)mil.avv.1-mingyillikdan;
C)mil.avv.2-mingyillikdan; D)mil.avv.4-mingyillikdan.
13.O`zbekistondagi bronza davri dehqonlarining manzilgohlarini aniqlang.
1)Zamonbobo; 2)Oltintepa; 3) Ko`lbuloq; 4)Siyob; 5)Namozgoh; 6)Machay; 7)Qo`shilish; 8)Sarazm; 9)Zarautsoy; 10)Sopollitepa; 11)Kaltaminor; 12)Jarqo`ton.
A)1,10,12. B)1,3,7,11,12. C)2,4,5,8,10,12. D),13,6,7,9,11.
14.Zamonbobo manzilgohi O`zbekistonning qaysi hududidan topib o`rganilgan?
A)Buxoro viloyati; B)Samarqand viloyati; C)Surxondaryo viloyati; D)Qashqadaryo viloyati.
15.Ptax xudosining yer yuzidagi qiyofasini aniqlang.
A)Ra; B)Amon; C)Xapi; D)Apis;
16.Qadimgi Misrda qaysi xudo fir`avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
A)Isida ; B)Set ; C)Amon-Ra ; D)Xapi.
17.Xapi bu…
A)Nil xudosi-Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni;
B)Misrdagi yer osti saltanati xudosi; C)Memfis shahrining xudosi ;
D)Ptax degan xudoning yer yuzidagi qiyofasi.
18.Quyidagi xudolarning faqat Misrga tegishli bo`lganini aniqlang.
1)Ptax; 2)Indra; 3)Ganesha; 4)Ahuramazda; 5)Osiris; 6)Nika; 7)Xapi; 8)Amon-Ra; 9)Aid.
A)2,4,6,9. B)3,5,7,8. C)1,5,7,8. D)1,3,4,6
19.”Rigveda” qaysi xalqlar tarixi haqida ma`lumot beradi?
20.Qadimgi Misrga qaysi davlatlar qo`shni bo`lgan ?
21.Misrliklar yozuvlarini “muqaddas” yoki “xudolar kalomi’ deb nomlashlariga sabab nimada edi?Ular bilan qanday yozuvlar yozishgan?
22.Kim Misr iyerogliflarini o`qish kalitini topgan ?
23.Misrliklar dehqonchilik qilish vaqtini qanday aniqlashgan.
24.Misrda asosiy o`lchov birligi;
25.Bir “tirsak’ni tashkil etgan barmoqlar sonini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |