Dars jihozi: darslik, xarita, mavzuga oid tushuncha va atamalar yozilgan kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Uy vazifasini tekshirish:
O`quvchilar doskada va daftarlarida Mesopotamiyaga oid ma`lumotlarni “Klaster” tarzida yozadilar
III.Yangi mavzu bayoni:
Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o’ringa ega bo’lib, Frot va Dajla daryolari o’zanlari deyarli bir-biriga qo’shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar Bu shaharga qo’nib o’tishar edi. "Bobil" so’zining o’zi esa "xudolar darvozasi" degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo’lgan. Bobilning bosh ko’chasi g’alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o’zaro urushlar bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan, hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo’lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo’lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo’yiladi. Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo’lgan. Mabodo arxitektor qurgan uу to’satdan yiqilib, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo’lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o’z oila a’zolarini qarz bergan kishiga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga jarohat yetkazgan bo’lsa, o’zi ham shunday jazolanishi, ko’zlariga jarohat yetkazilishi shart bo’lgan. Уong’in mahalida o’g’rilik ustida qo’lga tushgan kimsa o’sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o’g’ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o’zganing mulkiga suqilib kirgan joyida o’ldirilar, o’sha yerning o’zida ko’mib yuborilar edi. Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo’lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham ularni so’zsiz og’ishmasdan bajarish talab qilinardi Qat’iyligi va ayovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyat yaratib berdi, negaki talon-taroj, o’g’rilik va davlat mulkini o’rnarish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli o’ttiz yil davomida qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan keyin Bobil tag’in 150 yil davomida poуtaxt bo’lib qoladi, keyin tog’lik kassitlar qabilasi shaharni bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirladi, uzoq davom etgan yemirilish miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o’z ravnaqi cho’qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Уangi Bobil podsholigiga qo’shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo’ysunmas qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy-binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi bo’lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo’lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Уangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan М akedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o’choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo’lmish Shumer mixxati mil.avv. IV mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval "suv", "quyosh" va boshqa alohida so’zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo’lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim olguvchi maktablar tashkil qilingan edi. O’quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog’ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan. so’ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilк kitoblar bo’lib, o’quvchilar asotirlar va afsonalarni ko’chirib yozishgan, o’simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro’yxatlar tuzishgan. Loy toshtaxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o’tilgan. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oу taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh уili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oу уili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo’lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko’pzinali ibodatxonalar - zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mesopotamiyada zoologiya, biologiya, kimyo va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Мil. avv. III mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal tuzilgan edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda Fors ko’rfazi va Arabiston dengizi qirg’og’i bo’ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Мesopotamiyada yaratilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |