Kompetensiyalar


III. Kichik guruhlarda ishlash



Download 1,72 Mb.
bet106/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

III. Kichik guruhlarda ishlash:
1)Krossvord:






1

Y
















2




U
















3

N































4

O

























5

N































6




I






















7

S



















8

T



















9

O



















10




N


















Savollar: 1.Bolqon yarim orolida yashovchi xalq...
2.Afina aholisi guruhi ...
3.Poliklet yasagan haykal nomi.
4.Odamlar yashaydigan hududni yunonlar qanday ataganlar?
5.Yunoniston shimolida qanday daraxtlar o`sar edi?
6.; 8; 10. Yunonistondagi ilk shahar-davlatlar?
7.Yunonlarning yozuv asbobi?
9.Yunonistondagi eng baland tog`.


2)O`qituvchi o`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o`tkazadi. Olma shaklidagi kartochkalarga raqamlar yozilgan va teskari qo`yilgan. O`quvchilar ulardan birini oladi va o`qituvchi o`sha raqamdagi savolni o`qiydi. O`quvchi tezkor javob berishi kerak. Bunda guruhlardan navbat bilan o`quvchi qatnashadi.
1.Yunonistonni xaritadan ko`rsating.
2.Yunoniston atrofidagi dengizlar nomini ayting.
3.Yunonlar o`z yurtini qanday atashgan?
5.Yunonistonda ilk sivilizatsiya qachon vujudga kelgan?
6.Minoy sivilizatsiyasi zavoliga nima sabab bo`lgan?
7.Polis nima?
8.Goplit nima?
9. Yunoniston maktablari necha bosqichli bo`lgan?
10.Palestrada nimalar o`rgatilgan?
11. Yunon-fors urushlari nechanchi yillarda bo`lib o`tdi?
12.Qaysi jangda forslar g`alaba qozondilar?
13.Triyera nima?
14. Yunoniston va Makedoniya birlashishi haqidagi shartnoma qanday ataladi?
15.Afinada boshqaruvning eng zamonaviy usuli qo`llangan, u nima deb ataladi?


IV. Elektron darslikdan videofilm namoyishi:
O`qituvchi film bo`yicha yuzaga kelgan savollarga javob beradi.


V.Dars yakunlarini chiqarish.
1.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
2.Guruhlarning “Bog`”lari taqqoslanadi, daraxtchalari sanab, o`rinlari e`lon qilinqdi.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1.Yangi “Qdimgi Yunoniston madaniyati” mavzusi bilan tanishib kelish.
2.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


7.II.2018.
VI”A”, “B”
TARIX
39-dars
Darsning mavzusi: Fuqaro tarbiyasi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga qadimgi yunon madaniyati, fuqarolar tarbiyasi, Olimpiya o`yinlarining tashkil
topishi, teatrning paydo bo1lishi, haykaltaroshlik va me`morchilik, agomer dostonlari haqida
tushunchalar berish
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jasurlik, ezgulik, vatanni sevish,uni himoya qilish muqaddas burch ekanini
his qilish tuyg`ularini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiy topganligi, teatr ning dastlab Yunonistonda
paydo bo`lganligi, Gomer dostonlarida qahramonlik, mardlikning ulug`lanishi, ezgulikning
yovuzlik ustidan g`laba qozonishikabi axloqiy fazilatlarni o`quvchilar ongiga singdirish
Kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, Kommunikativ kompetensiyani,
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: Guruhlar ishi, “Aqliy hujum”, “4X4X4” usuli, jadvalli test
Dars jihozi: Darslik, buklet, xarita, kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:
O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar, masalan, quyidagicha:
“Iliada”, “Odisseya”, “Olimpiya”, “Gomer”
Guruhlarga o`tgan mavzu bo`yicha quyidagi savollar beriladi:
1.Nima sababdan Yunoniston mag`lubiyatga uchradi?
2.Hal qiluvchi jang qayerda bo`ldi?
3. Demosfen haqida so`zlab bering.
4.Yunoniston bosib olinganidan so`ng qanday ishlar amalga oshirildi?
Javoblar o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.
Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o‘ziga
xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko‘rsatish muhim bo‘lgan. Haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasining go‘zalligini his etmagan bo‘lardik. Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil
harbiy ta’lim ham olishgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi.
Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim- kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular o‘z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoyiligi va jasorati hisoblangan.
Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. Mil. avv. 776-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar
edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda urushlar to‘xtatilgan.
Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafi ga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.
Musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar. G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar. Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda sodir bo‘lgan zilzila
oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan
kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish