2-AMALIY MASHG‘ULOT
PAKETLI KOMMUTATSIYALASH BLOKINING TUZILISH PRINSIPINI O‘RGANISH
Mashg‘ulotning maqsadi
Paketli kommutatsiyalashning afzalliklari va kamchiliklari, ma’lumotlar paketining tuzilishi, paketli kommutatsiyalash blokining tuzilishi, paketli ma’lumotlarni ulanishni o‘rnatish usullari, marshrutizatorlarning vazifalarini o‘rganishdan iborat.
Topshiriq
Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarning: 2 va ma’ruzalar matni, [1] adabiyotning 1- bo‘limlarini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
Yangi pedagogik texnologiya turlari bo‘yicha paketli kommutatsiyalash usullarini keltiring.
Nazorat savollari
Paketlar kommutatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Paketli kommutatsiyaning afzalligi va kamchiligi nimada?
Paketli kommutatsiyalashning qanday usullarini bilasiz?
Paketlarni virtual kommutatsiyalash usulini tushuntiring, uning afzalligi va kamchiligi nimada?
Paketlarni datagram usulini tushuntiring, uning afzalligi va kamchiligi nimada?
Marshrutizatorlar qanday funksiyani amalga oshiradi?
Kanallar kommutatsiyasi bilan paketlar kommutatsiyasining farqi nimada?
Javoblar
Paketlar kommutatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Paketlar kommutatsiyasi, kompyuter trafigini uzatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ma’lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi.
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilar aro uzatilayotgan xabarlar kichik qismlar-paketlarga bo‘linadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi hisoblanadi.
Katta xajmdagi xabarlarni kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda ma’lumot uzatish tezligini keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikga ega bo‘lishi mumkin ya’ni bir necha baytdan o‘nlab megabaytgacha, shuningdek paketlar o‘zgaruvchan uzunlikga ega bo‘lishlari mumkin.
Har bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun manzil ma’lumotlari belgilangan sarlavxa qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat va u
quyidagilartarkibiga kirishi shart:
uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba manzili;
uzatilyotgan ma’lumotlar;
qabul qiluvchining (destination) manzili;
tarmoq vositalariga ma’lumot uzatilishi lozim bo‘lgan marshrut axboroti;
xabarni dastlabki ko‘rinishda taqdim etish uchun axborot;
uzatish aniqligini ta’minlovchi xatoliklarni tekshirish axboroti.
Bu qismlar uchta guruxga bo‘linib, paketning sarlavxa, ma’lumot va treyler qismlarini shakllantiradi.
Sarlavxa qismi paket uzatilishi signali, manba manzili, makon manzili, uzatishni sinxronlash kabilarni o‘z ichiga olgan.
Ma’lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‘ljallangan ma’lumolardan iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5-4 Kbit bo‘lishi mumkin.
Treyler qismi ko‘p xollarda xatoliklarni tekshirishga mo‘ljallangan (misol uchun, syclic Redundancy Check siklik kod yordamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelini qo‘llanish pog‘onasida boshlanadi. Uzatishga mo‘ljallangan axborot yuqori (qo‘llanish pog‘onasi)dan quyi pog‘onaga etkaziladi va har bir pog‘ona ma’lumot qismiga tegishli axborot qo‘shadi (2.1- rasm).
Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborotli bloklar sifatida uzatiladi. Paketli kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‘lib, unda paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‘lgan xolatda, paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi.
Paketlar uzatilishini shunday yo‘sinda tashkil etish trafik pulsatsiyasini bartaraf etishga va tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.
Paketlar kommutatsiyasida bir vaqtda uzatilayotgan ma’lumotlar xajmi nisbatan yuqori bo‘ladi va uzatish tezligi oshadi.
Sarlavxalar uzatilishiga vaqt sarflanishi, xar bir keyingi paketni uzatishga zarur bo‘lgan vaqt, paket buferizatsiyasi va kommutatsiyasiga sarflangan vaqt-
2.1-rasm. Paketli uzatishni tashkil etish
tarmoqdan paketni umumiy uzatish vaqtiga ta’sir ko‘rsatadi va to‘sqinliklar manbai bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |