Paketli ma’lumotlarni deytagrammali uzatish. Paketlar tarmoqning bitta tugunidan ikkinchi tuguniga bir-biridan mustaqil ravishda umumiy qoidalar bo‘yicha uzatiladi (2.8-rasm.). Paketni qayta ishlash protsedurasi faqat unda bo‘lgan parametrlar va tarmoq holati bo‘yicha aniqlanadi. Uzatilgan paketlar bo‘yicha axborot tarmoq tomonidan saqlanmaydi va buni paket qayta ishlash paytida nazarga olinmaydi. Har bir alohida paket tarmoq tomonidan mustaqil uzatish birligi deb ko‘rib chiqiladi – deytagramma. Paket uzatish bo‘yicha qaror, kommutatsiya (marshrutizatsiya) jadvali asosida qabul qilinadi, bu ma’lumot bo‘yicha keyingi tranzit (oxirgi) tugun marshruti aniqlanadi.
2.8- rasm. Deytagrammali tarmoq
Paketli ma’lumotlarni logik ulanish orqali uzatish. Logik ulanishni o‘rnatish orqali uzatish – bu xost– uzatuvchi va xost–qabul qiluvchi orasida, paket almashish jarayonining bir nechta parametrlari (ikkita oxirgi tugunlar kelishuv protsedurasi) borligi hisoblanadi. Bu protsedura qo‘yidagicha aniqlanadi (2.9- rasm):
Ulanishni initsiator tuguni qabul qiluvchi tugunga ulanishni o‘rnatish taklifi bilan xizmat paketini yuboradi.
Agar qabul qiluvchi tugun uni qabul qilsa, ulanishni o‘rnatishni tasdiqlaydigan va bu logik ulanish chegarada ishlatiladigan, bir nechta parametrlarni taklif qiladigan boshqa xizmat paketi yuboriladi.
Ulanishni initsiator tuguni uchinchi xizmat paketi yuborganida ulanishni o‘rnatish jarayonni tugatish mumkin, unda taklif qiladigan parametrlar unga mos tushadi deb xabar beradi.
2.9- rasm. Logik ulanishni o‘rnatish orqali uzatish
Virtual kanalni o‘rnatish orqali uzatish. Virtual kanalni o‘rnatish orqali uzatish – logik ulanishning xususiy misoli hisoblanadi. Unda barcha paketlar uchun marshrut kattiq aniqlangan. Bitta ulanish chegarasida uzatilayotgan barcha paketlar bitta aniq yo‘l bo‘yicha o‘tishi kerak (2.10- rasm). Paketli kommutatsiya tarmog‘ida oxirgi tugunlarni ulaydigan, bitta oldindan qo‘yilgan fiksatsiyalangan marshrut virtual kanal deb nomlanadi (virtual circuit yoki virtual channel VC). Virtual kanallar barqaror axborot oqimlari uchun o‘rnatiladi. Umumiy trafikdan axborot trafigini ajratish uchun har bitta paket maxsus belgi — metka bilan belgilanadi.
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish protsedurasi qo‘yidagi qadamlarni o‘z ichiga oladi:
Virtual kanalni o‘rnatish – maxsus paketni manba tugunidan jo‘natish - ulanishni o‘rnatish so‘rovini (qo‘yiladigan shu virtual kanal yuboradigan adresi va oqim metkasi uchun).
Tarmoq bo‘ylab o‘tish paytida so‘rov, har bir kommutatorda yangi yozuvni shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo‘lgan paketni kommutator qanday xizmat qo‘rsatishi kerakligini ko‘rsatadi.
2.10- rasm. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish.
Shakllantirilgan virtual kanal shu metka bilan identifikatsiyalanadi.
Virtual kanal o‘rnatilganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot oqimlarini bu kanal bo‘yicha yuborishi mumkin.
Kirish interfeysiga paket qabul qilinganidan keyin kommutator paket boshidan metkani o‘qiydi va o‘zining kommutatsiyalash jadvalini ko‘rib chiqadi, bu jadval bo‘yicha paketni qaysi chiqish portiga yuborishni aniqlaydi.
Xulosa.
Men ushbu amaliy mashg’ulotni bajarish davomida o’zimga kerakli bo’lgan barcha bilim va konikmalarga ega bo’ldim. PAKETLI KOMMUTATSIYALASH BLOKINING TUZILISH PRINSIPINI O‘RGANISH mavzusini barcha jarayonlarini ko’rib chiqdm. Bu mavzu o’rganib fanga bo’lgan qiziqishmni yana ham ortdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Adabiyotlar
Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oily o’quv yurtlari uchun uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi” 2006
Internet ma’lumotlari.
www.forum.uz , www.evo.uz , www.cdma.uz , www.tuit.uz saytlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |