Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik subyektlari tomoni- dan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgafligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbus- kor faoliyat (“Tadbirkorlik faolityati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda berilgan ta’rif).
Tadbirkorlik (umumiy falsafiy ma’noda) - har qanday ishga tashabbus- korlik bilan ijodiy yondashuv.
Tadbirkorlik (ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda) - qo‘yilgan aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tawakal qilib amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |