Islohotchilik (tadbirkorlikda) - ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg'unlashtirish, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, uni tuzilmaviy qayta qurish, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish demakdir.
Moddiy javobgarlik - tadbirkorlik faoliyati natijasida ko‘riladigan zarar uchun mas’uliyat.
Notijorat tadbirkorligi - daromad ko‘rish, foyda olish emas, balki boshqa ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan tadbirkorlik turi.
Novatorlik (tadbirkorlikda) - yangi tovarlar yaratish, xomashyoning yangi manbalarini va yangi bozorlarni ochish, yangiliklami tadbirkorlikka tat- biq etish bilan bog‘liq faoliyat.
Sarmoya - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va rivoj- lantirish uchun kerak bo'ladigan moddiy va nomoddiy (tadbirkorlik qobiliyati va mehnatdan tashqari) ishlab chiqarish vositalari majmuyi.
Sarmoyador - tadbirkorlik uchun ishlatiladigan sarmoya egasi.
Tadbirkor - yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, etmagan holda ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |