Kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Download 3,03 Mb.
bet88/183
Sana20.07.2022
Hajmi3,03 Mb.
#825111
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikasi aõbîrît tåõnîlîgiyalari va kîmmunikatsi

Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi:


Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi. Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda, masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi 10-15 m/min ga teng bo‘ladi.
Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon, bunda issiqlik va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi.
Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo‘lishi zarur.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham to‘xtaydi.
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik kuchlari, alanga va cho‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan. taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi
kiradi.
Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda
alanga tarkibida yonuvchi gazlar hududi keltirilgan:

  1. hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 4000C dan oshmaydi.

  2. hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.

  3. hududda moddalarni to‘la yonishi sodir bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni 11000C gacha ko‘tariladi.

Yonuvchi muxitdagi alangani balandligi, yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq bo‘ladi.

5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1- yonuvchi gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-


diffuziyali yonishning chegaralari.

Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200-1300°C hosil bo‘ladi.


Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur bo‘lgan quvvat miqdoridir.
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni


V = A*S(T-Ti), (5.1)


bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S- idish devorlari yuzasi; T-aralashma harorati; Ti-idish devori harorati.
Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga,yog‘ochniki - 400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.
Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishigaasosiysabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi va yangi aktivmarkazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-o‘zidan yonish.


  1. Download 3,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish