Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik xususiyatlari
To‘siqlaming nomi
|
To'siq turlari
|
1
|
2
|
3
|
Yong'inga qarshi devorlar
|
2,5
|
0,75
|
-
|
Tom yopg‘ich plitalar
|
2,5
|
1,0
|
0,75
|
Eshiklar, derazalar. darvozalar,
tutunga qarshi qopqalar va h.k.
|
1,2
|
0,5
|
0,25
|
Pardevorlar
|
0,75
|
0,25
|
-
|
Tambur- shluzlardagi eshiklar
|
0,75
|
0,6
|
-
|
Devorlar
|
0,75
|
-
|
-
|
Yong‘inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bino
balandligi bo‘yicha uzluksiz davom etishi va tom yopgich qurilma yonuvchi ashyo bilan qoplangan bo‘lsa, uning sirtidan 60 sm ga baland bo‘lishi va agar qiyin yonuvchi ashyolar bilan qopiangan bo‘lsa, 30 sm ga ko'tarilgan bo‘lishi shart. Agar tom yopg‘ich qurilma o‘tda yonmaydigan ashyolardan tarkib topgan bov‘lsagina, yong‘inga qarshi devorlar tom sirtidan ko‘tarilmagan holda bajarilishi mumkin. Yong‘inga qarshi devorlar yong‘ln paytida ularga tayanib turgan tom yopgich va boshqa qurilmalami qulab tushgan chog‘ida ham mustahkam tura olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi devorlarda eshik qo‘yish ayrim holatlarda ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta maxsus, yong‘inga chidamli qilib tayyorlangan bo‘ladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi kamida 1,2 soatga teng bo‘lishi shart. Bunday eshiklar metal karkasdan tayyorlanib, ikkala tomonidan po‘lat tunuka bilan qoplanadi va orasi o‘tda yonmaydigan mineral paxta va boshqa issiqlik saqlagich ashyolar bilan to‘ldiriladi. Bular o‘tda yonmaydigan eshiklar turiga kiradi. Yong‘inga qarshi devorlarda zarurat bo‘lganda ochilmaydigan derazalar qo‘yilishiga ruxsat etiladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi 1,2 soat dan kam bo‘lmasligi lozim. Odatda, ular olovga chidamli bo‘lgan shisha bloklar yoki shisha profilitlardan tayyorlanadi.
Yong‘inga qarshi tomyopgich plitalar deb, o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75 soatdan kam bo‘magan yaxlit qurilmalarga aytiladi. Bunday qurilmalar yong‘in paytida binoning yuqori qavatidan xonalarga tutun va yong‘inning me’yordagi vaqt davomida o‘tmasligini ta'minlash maqsadida qo‘llaniladi. Odatda, bunday plitalar o‘tga chidamlilik darajasi 1 dan V gacha aniq bo‘lgan bino va inshootlarda o‘rnatiladi. Bu toifadagi sanoat korxonalarining o‘tga chidamlilik darajasi I va II bo‘lgan yer osti qavatlarida, yonuvchi moddalar joylashgan xonalarda yoki yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan xonalardagi tom yopgich qurilmalarning o‘tga chidamlilik chegarasi 1 soatdan kam bo‘lmasligi va o‘tga chidamlilik darajasi III, IV va V bo‘lgan bino va inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi shart. Yong‘inga chidamli tom yopgich plitalar uch turga bo‘linadi: o‘tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasa 1- turga, 1 soat bo‘lganda 2 turga va 0,75 soatga teng bo‘lsa 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan ashyolardan tayyorlanadi va me’yor talab etgan o‘tga chidamlilik muddati davomida yong‘inning bino qavatlari bo‘yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Yong'inga qarshi tom yopgich plitalarda qoida bo'yicha tuynuk qo'yilmaydi. Lekin tuynuk qo‘yish lozim bo‘lsa, ular yong‘inda yonmaydigan qopqoqlar yoki maxsus klapanlar bilan himoyalanadi. Bunday toifadagi tom yopgich plitalarning ishlatilish sohalari maxsus hamda tarmoq qurilish me’yorlari va qoidalarida me’yorlanadi. Bu xildagi tom yopgich plitalaming eng ko'p tarqalganlari 2- va 3-turlari hisoblanib, ular asosan I va II darajali o‘tga chidamlilikka ega bo‘lgan bino va inshootlarning yerto'la hamda chordoq tomlarini yopishda qo‘1laniladi.
Agar qolgan barcha qavatlaming tom yopgich plitalari o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va xonaning shifti bo‘yicha tuynuksiz yaxlit o‘matilgan bo'lsa hamda o'tga chidamlilik darajasi 0,75 soatdan kam bo'lmasa, ular yong‘inga qarshi to'siq vazifasini o‘tashi mumkin. Yong‘inga qarshi ishlaydigan 1-turdagi tom yopgich plitalar, asosan, bir qavatli sanoat korxonalari va omborxonalardagi yong‘inga qarshi bo'linmalar, seksiyalar va hududlaming tomini yopishda qo'llaniladi, chunki ularning devorlari ham shu toifadan bo‘lib, bir xildagi o'tga chidamlilik darajasiga ega. I va 11 darajaii yong'inga chidamli binolarning yerosti va barcha qavatlaridagi yong'inga qarshi ishlaydigan tom yopgich plitalarining o'tga chidamlilik darajasi, eng kamida 1 soatga, III va V darajaii o'tga chidamli binolarda esa 0,75 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Evakuatsiya yo'llari (yo'laklar, zinapoya va dahliz) ustidagi tom yopgich plitalar yong'inga qarshi to'siq vazifasini o'taydi, shu boisdan ular o'tga chidamli ashyolardan tayyorlangan bo'lishi va yong'in paytida kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |