Kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Download 3,03 Mb.
bet89/183
Sana20.07.2022
Hajmi3,03 Mb.
#825111
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikasi aõbîrît tåõnîlîgiyalari va kîmmunikatsi

Ot olish - bu suyuq yoki qattiq materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin

yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.

  1. Alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.

  2. O‘z-o‘zidan alangalanish - bu yonishga o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bo‘linadi:

  1. alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‘lishi yoki,

  2. past bo‘lishi mumkin.

Birinchisida materiallaming qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi.
Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi.


, (5.2)
Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori, kg/m3; V- moddaning yonish tezligi, kg/m3;



  1. O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilaming issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlaming faoliyati natijasida materiallaming yonish jarayoni.



Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi.


Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish sodir bo‘ladi.
O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan.
Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi vonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib, ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi kerak.
To'rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar — kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va
boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi.
Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi.
Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:

  • inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;

  • inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;

  • yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;

  • bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;

  • yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi.

Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: «Yong‘inning oldini olish uni o‘chirishdan afzalroqdir».
Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

  • tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

  • qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;

  • muntazaim tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo’ymaslik;

-yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong’inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;

  • muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o'rgatish.




Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish